Tadqiqotning maqsadi. «Yordamchi maktabning o’qish daslarida aqli zaif o’quvchilar ko’rgazmali-obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llarini o’rganish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning vazifasi. Tadqiqotning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi:
- «Maxsus yordamchi maktabda ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari» masalalariga bag’ishlangan adabiyotlarni o’rganish, taxlil qilish;
- «Yordamchi maktabda ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llarini o’qish darslarida kuzatish, o’rganish, taxlil qilish;
- O’qish daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarning xolatini o’rganish;
- Maxsus yordamchi maktabda o’qish darslarida o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish ishlari samaradorligini oshiruvchi metodik tavsiyalarni ishlab chiqish, ularni amalda tadbiq etish yo’llarini aniqlash va umumlashtirish;
Tadqiqot usullari: Tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagi usullardan foydalandik:
-muammoga doir adabiyotlarni o’rganish;
-yordamchi maktabda ona tili darslarini kuzatish;
-ona tili o’qituvchilari va o’quvchilari bilan suxbatlar o’tqazish;
-ta’kidlovchi va ta’limiy eksperiment.
Tadqiqot predmeti. Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari.
Tadqiqot ob’ekti. Yordamchi maktabda o’qish daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning nazariy va metodologik asosi sifatida quyidagilar xizmat qildi: Prezident I.A.Karimovning ta’lim va tarbiya muammolariga doir asarlari, Vazirlar Maxkamasining xalq ta’limiga doir qarorlari, «Ta’lim to’g’risida»gi, «Kadrlar tayyorlash» milliy dasturi to’g’risidagi Qonunlar, “Bola xuquqlari kafolatlari” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy ximoya qilish to’g’risida”gi Qonuni , sharq mutaffakirlari va xozirgi zamon jaxon olimlarining ta’lim va tarbiyaga, oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya, maxsus ona tili metodikasiga oid asarlari.