Оnа tili dаslаridа аqli zаif o’quvchilаrning оbrаzli tаfаkkurini rivоjlаntirish yo’llаri



Yüklə 396 Kb.
səhifə6/16
tarix15.11.2022
ölçüsü396 Kb.
#69204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ona tili daslarida aqli zaif oquvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirish yollari

I-bob yuzasidan xulosa
Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari muammosiga bag’ishlangan adabiyotlar taxlili shuni ko’rsatdiki, ushbu muammo psixologik, defektologik, metodik adabiyotlarda yetarli darajada o’rganilmagan.
Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari xorijiy mualliflar tomonidan juda kam tadqiq etilgan.
O’zbekistonda ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari masalasi birinchi bor o’rganilmoqda. Psixologik adabiyotlarda me’yorda rivojlangan bolalar tafakkuri psixik jarayon sifatida keng yoritilgan. Biroq obrazli tafakkur, ko’rgazmali obrazli tafakkur mexanizmlari yetarli darajada yoritilmagan. Boshlang’ich va o’rta maktabda o’quvchilar obrazli, ko’rgazmali –obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’l va usullari ona tili va adabiyot o’qitish metodikalarida kam yoritilgan.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning taxlili aqli zaif bolalar rivojlanishining ba’zi tomonlarini yoritib beradi, ammo ular maxsus yordamchi maktabda o’qish darslarida o’quvchilarning ko’rgazmali –obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’l va usullarini belgilab berish imkoniyatiga ega emas.
Xulosalab shuni aytish mumkinki, intellektida nuqsoni bo’lgan bolalar psixologik-fiziologik rivojlanishining xamma tomonlari maktabgacha davrning barcha bosqichlarida o’rganilishi lozim.
Maktabgacha va maktab yoshidagi aqli zaif bolalarning bilish faoliyatidagi nuqsonlarini korrektsiyalash borasida ularning ko’rgazmali–obrazli tafakkurini rivojlantirish ishlari muhim axamiyatga ega.
Respublikamiz defektologlari oldiga ushbu toifadagi nuqsonli bolalarni o’qitish va tarbiyalash ishlarining mazmunini takomillashtirish vazifasi qo’yilmoqda.
Aqli zaif bolalar bilish faoliyatini ilk hamda maktabgacha yoshda korrektsiyalash muhim. Maxsus ta’limsiz aqli zaif bolalarning bilish faoliyatlari, shu qatorda tafakkuri, nutqi, tasavvuri va boshqa psixik jarayonlari rivojlanmaydi.

Yüklə 396 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin