3.Ikki hafta davomida erta tongdan qorong’u tushguncha loy tashishdi. 4.Hovlimizdagi atirgullarning uch donasi ochildi . A) 2 B) 2, 4 C) 4 D) 1, 2, 3, 4
16. Qaysi gapda chama son qatnashgan? A) To’tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o’z qishlog’i Rafqonga olib ketdi.
B) Nafis chayqaladi bir tup na’matak, Yuksakda shamolning belanchagida.
C) Anjumanda viloyatlardan o’ntacha vakil ishtirok etdi .
D) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi
17.Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. Ushbu gapdagi sonning turi ...... A) chama son B) dona son
C) sanoq son D) taqsim son
18.Donalab sanalayotgan narsalarning turini ta’kidlash uchun –ta qo’shimchasi o’rnida qaysi hisob so’zlarini keltirish mumkin? A) bosh B) nafar C) tup D) A, B, C
19.Qaysi sonlarning yozilishida chiziqcha noto’g’ri ishlatilgan? 1. 14-bob 2. 26-uy 3. XV-asr 4. 1980-yil 5. 8-Mart A) 1, 2, 3 B) 4, 5 C) 3 D) 2, 3
20. Qaysi songa egalik qo’shimchasi ikki marta qo’shilgan? A) beshovini B) yuztachasini
C) yarmisini D) o’ntasiga
21.CHama son yasovchi qo’shimchalarni belgilang. A) –tacha, -lab, -larcha B)-ta, -tadan C)-ovlashib, -ov, -ala D)-larcha, -cha, -nchi
22.Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar .... deyiladi ? A) chama son B) taqsim son
C) sonoq son D) kasr son
23.Qaysi gapda hisob so’zi qo’llanmagan ? 1.Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to’rt piyola choy ichdi. 2.Uch-to’rt qadam narida yotgan aravani endi ko’rdi. 3.Hali o’ngga, hali so’lga burilib, ikki soat, uch soat yo’l yurdik. 4.SHoikrom uni har kuni maktabdan o’zi olib ketar, ikkinchi smenada dars tugaguncha poylab turar edi. 5.Abdulla qovunchiga o’sha va’da qilingan 50 gektar yer berildi. A) 1, 5 B) 4 C) 3
D) barcha gaplarda hisob so’zi qo’llangan
24. –ov, -ala jamlovchi son qo’shimchalari qaysi sonlarga qo’shilib kelmaydi? A) sakkiz, to’qqiz B) uch, o’n
C) bir, o’n bir D) olti , etti
25.Sanoq sonlar qatnashgan qatorni toping. A)Bayroq dastasida, stanokda, g’ishtda ming-minglab qo’llar taftini sezaman .
B) Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi .
C) Eshakning ustiga ikkitadan bo’lib mindik .
D) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi .
26.Qaysi gapda chama son qo’llangan? A) Biz bozordan kilolab baliq sotib oldik .
B) U akasiga beyuzlarcha o’shqirib berdi .
C) Grammlab yig’ilgan oltin obro’yim SHu maydan to’kildi tonnalab attang .
D) Uzoqdan besh-oltita otliq ko’rindi .
27.Bir onasiga qaraydi, bir dadasiga . Ushbu gapdagi bir so’zining vazifasi....
A) noaniqlik ma’nosidagi so’z
B) ayiruv bog’lovchisi
C) yuklama
D) kuchaytirish ma’nosidagi so’z
28.Qaysi sonlar omonimlik xususiyatiga ega bo’lishi mumkin? 1.ikki 2.yuz 3.yigirma 4.to’rt 5.uch 6.qirq
A) 2, 4, 6 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) barcha javob noto’g’ri
29.Qaysi gapda son so’z turkumi bilan bog’liq paronimda xatolikka yo’l qo’yilgan? A) Sotuvchi ikki enlik materialni xaridorga ko’rsatdi
B) Mansur qalamning uchini yaxshilab chiqardi
C) U yaxshi tayyorlangani uchun o’qishga kirdi va maqsadiga yetti.
D) Bugun Gulnorning yettisi o’tkazildi.
30.Qaysi gapda bir so’zi chegaralash ma’nosini bildiryapti? A) Qonun oldida hamma bir .
B) Hamma keldi, bir Sobir kelmadi .
C) Bir menga qaraydi, bir ukamga qaraydi .
D) Ot bir chopdi, asti qo’yaverasiz .
31.Qaysi otlar miqdor ifodalaydigan hisob so’zlari bo’lishi mumkin? A) hafta, yashar, paysa,
B) qovurma, bostirma, bosma
C) terak, chinor, tol
D) fevral, iyun, avgust