Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə43/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

17.Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang .
A) Rota yana bir qator bo’lib yo’lida davom etmoqda .
B) Sarimsoqboy bolalarga rosa maqtandi .
C) Yangi do’ppi va liboslar kiyildi .
D) U to’yga borish uchun kiyindi, yaxshilab tarandi .
18.Orttirma nisbat fe’llari berilgan qatorni aniqlang.
A) aytmoq, tomchilamoq
B) anglamoq, asramoq
C) tasvirlamoq, ko’rilmoq
D) bitirmoq, ko’rsatmoq
19.Qaysi nisbat qo’shimchalari fe’lga birdan ortiq tarzda qo’shiladi?
A) birgalik nisbat B) o’zlik nisbat
C) orttirma nisbat D) majhullik nisbat
20.O’zlik va majhul nisbatdagi fe’llar bir- biridan qay tarzda farqlanadi?
A) qo’shimchasiga qarab
B) bajaruvchining aniq bildirishi va bildirmasligiga qarab
C) fe’lning zamoniga qarab
D) fe’lning shaxs-son va mayl qo’shimchasiga qarab
21.Bolakayni opalari obdan yuvintirishdi .
Ushbu gapdagi yuvintirishdi fe’li qaysi nisbatda?
A) o’zlik nisbatda B) orttirma nisbatda
C) birgalik nisbatda D) A, B, C
22.Orttirma nisbat qo’shimchalari berilgan qatorni toping.
A) -sh(-ish), -l(-il) B) -ir, -ar, -iz
C) -sh(-ish), -n(-in) D) -t, -ch, -im
23.Orttirma nisbat qo’shimchalarining qaysilari unli bilan tugagan fe’llarga qo’shiladi? 1. -t 2. -dir(-tir) 3. -giz (-kiz) 4. -iz 5. -ar
A) -t, -tir B) -t
C) -t, -tir, -giz D) -t, -iz, -dir
24.Xo’kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe’llar berilgan?
A) majhul nisbat B) o’zlik va majhul nisbat
C) aniq va majhul nisbat D) aniq nisbat
25.Qaysi qatorda –l va –n qo’shimchali majhul nisbat fe’llari berilgan?
A) tarandi, kerildi B) tovlandi, qiynaldi
C) qaraldi, ushlandi D) o’pkalandi, teshildi
26.Qaysi gapda birgalik nisbatdagi fe’l berilgan?
A) Maqsadimiz –tinch yashash, o’qish, ishlash va qurish .
B) Paxtani toza terish o’z burchimizdir .
C) U uyqudan turgach, maza qilib kerishdi .
D) Birgalik nisbatdagi fe’l berilmagan .
27.Fe’llarning vazifa shakllariga qaysilar kiradi? 1.sof fe’l shakli 2.harakat nomi shakli 3.sifatdosh shakli 4.mayl shakli 5.ravishdosh shakli
A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 5 C) 3, 4, 5
D) yuqoridagilarning barchasi
28. Fe’lning vazifa shakllari haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri?
A) Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan bo’ladi .
B) O’z mustaqil ma’nolarini yo’qotib, yordamchi vazifada keladi .
C) Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiradi.
D) Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo’lishini bildiradi .
29.Fe’llar gapda qanday vazifalarda kelishi mumkin?
A) hol va kesim B) faqat kesim
C) kesim, ega, to’ldiruvchi, hol, aniqlovchi
D) kesim, hol, to’ldiruvchi, aniqlovchi
30.Fe’lning otga xoslangan shakli ...... deyiladi?
A) sifatdosh B) ravishdosh
C) harakat nomi D) shart mayli
31.Qaysi gapda sifatdosh ishtirok etgan?
A) SHohjahon hazin kayfiyatga berilgach, ko’ngil qarong’uligini na o’yin-kulgu, na sayr-sayohat yorita olardi .
B) O’z o’rnida aytilmagan so’z hech kim yo’q yerda chalingan kuyga o’xshaydi .
C) Sidiqjon borishni ham, qaytishni ham bilmay qoldi .
D) Aslida, qosh qorayguncha yetib olish kerak
32.Xalqnig sha’niga, ming yillar davomida to’plagan obro’-e’tiboriga dog’ tushirishga hech kimning haqi yo’q. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysi biri mavjud?
A) harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh
B) sof fe’l, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh
C) sifatdosh, harakat nomi
D) sof fe’l, harakat nomi
33.Harakat nomi qo’shimchalari to’g’ri berilgan qatorni belgilang.
1.-ish 2.-uv 3.-gan 4.-gani 5.-moq 6.-ar 7.-mak
A) 1, 2, 5 B) 1, 2
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 5, 7
34.Sifat bilan sifatdoshning bir-biridan farqi qaysi javobda to’g’ri izohlangan?
A) Sifat otlashadi, sifatdosh otlashmaydi .
B) Sifatlar shaxs va narsaning turg’un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar o’zgarish, harakat belgisini ifodalaydi.
C) Sifat gapda asosan aniqlovchi vazifasini bajaradi, sifatdosh esa hol vazifasini bajaradi . D) B va C

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin