Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə6/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

104. Qaysi so’zlarda urg’u so’zning birinchi bo’g’iniga tushgan?
A) har kim, qaysi B) albatta, o’qiyman
C) chollar, tollar
D) barchasida birinchi bo’g’inga tushadi
105. Quyidagi juftliklardan qaysi biri o’zaro paronim bo’lishi mumkin?
1. qurut – qurit 2. mis-muz 3. rioya – risola 4.rizolik-rozilik 5. kitob-oftob 6.musht-go’sht
A) 1, 2, 6 B) 1, 2, 4, 6 C) 1 D) 1, 2
106. Qaysi so’zni talaffuz qilganda oldingi tovush keyingi tovushni o’ziga moslab keladi?
A) maqsad B) ishda
C) manba D) izsiz
107. Qaysi qatordagi yasama so’z unli va jarangli undoshlardan iborat?
A) yigitlarcha B) marvarid
C) boyi D) vatandosh
108. Pasay, shahrim, burni, singlisi o’zak va qo’shimchali so’zlarda qaysi tovushlar tushib qolgan?
A) a, i B) t, o’ C) t, a, u, i D) a, i, u, l
109. Kuz kelib barglar sarg’aydi. Sarg’aydi so’zida qanday fonetik o’zgarishlar mavjud?
A) tovush tushishi
B) tovush tushishi va almashishi
C) tovush tushishi, almashishi va orttirilishi D) tovush almashishi
110. Og’zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan qismi...
A) harf B) nutq tovushi
C) urg’u D) bo’g’in
111. Fonema bilan morfemaning bir-biridan qanday farqi bor?
A) fonema so’zning tarkibiy qismlari, morfema ma’no anglatishda ishtirok etgan nutqning eng kichik qismlari
B) fonema ma’no anglatishda ishtirok etgan nutqning eng kichik qismi, morfema so’zning tarkibiy qismlari.
C) fonema unli va undosh tovushlar, morfema barcha qo’shimchalar
D) fonema bo’g’inni o’rganuvchi, morfema o’zak va negizni o’rganuvchi soha.
112. Ushbu so’zlarda bo’ladigan fonetik hodisalar haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
1.ketdi 2.tanla 3.nonni 4.to’g’ramoq
A) 1-regressiv assimilyatsiya, 2-progressiv assimilyatsiya, 3-dissimilyatsiya, 4-metateza
B) 1-dissimilyatsiya, 2-regressiv assimilyatsiya, 3—dissimilyatsiya, 4-metateza
C) 1-metateza, 2—progressiv assimilyatsiya, 3-regressiv assimilyatsiya, 4-metateza
D) 2-progressiv assimiliyatsiya, 2—regressiv assimilyatsiya, 3-dissimilyatsiya, 4-metateza
113. Faqat jarangli undoshlardan iborat bo’lgan yopiq bo’g’inli so’zlarni belgilang.
1.barbod 2.issiq 3.qochqoq 4.bog’bon 5.yomg’ir 6.zambil 7.to’sqich
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 4, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) yuqoridagilarning barchasi.
114.Sirg’aluvchi va portlovchi undoshlar yonma-yon kelgan so’zni aniqlang.
A) iqbol B) soxtalik
C) Akbar D) abjad
115. Qaysi qatorda jarangli undoshlar va ularning jarangsiz jufti to’g’ri berilgan?
A) v—f, g’—q B) b—p, ng—n
C) d—t, g’—x D) j—ch, g—q
116.Tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq ...
A) og’zaki nutq B) yozma nutq
C) og’zaki va yozma nutq
D) to’g’ri javob berilmagan
117.Tovushning yozuvdagi ifodasi ...
A) belgi B) harf C) fonema D) nutq
118.Harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq...
A) yozma nutq B) og’zaki nutq
C) aralash nutq
D) harflar ketma-ketligi asosida nutq emas, so’z hosil bo’ladi
119.Ulg’aydi so’zida qaysi tovush ma’noni farqlash uchun xizmat qilmoqda?
A) u B) l C) g’ D) a
120.Qaysi juftlikda xatolik mavjud?
A) urush - urish B) yurush - yurish
C) qurut - qurit D) rivoyat - rioyat
121.Qaysi so’zlarda e harfi to’liq talaffuz qilinmoqda?
A) telefon, teatr B) okean, material
C) kecha, ekran D) telegramma, televizor
122.Tilimizda nechta undosh tovush bor?
A) 25 ta B) 24 ta C) 23 ta D) 22 ta
123.Asosiy vazifasi so’zlarning ma’nolarini farqlash bo’lgan birlik... deyiladi?
A) urg’u B) tutuq belgisi
C) nutq tovushlari D) talaffuz
124.Og’zaki nutqda bir necha xil talaffuz qilinuvchi tovush, qo’shimcha va so’zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi...
A) imlo me’yori sanaladi
B) to’g’ri talaffuz me’yori sanaladi
C) tinish belgilarini to’g’ri ishlatish me’yori sanaladi D) A, B

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin