Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə8/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

11. Qaysi so’zlarda imloviy xato mavjud?
A) achchiqtosh, badxat B) darra, farah
C) husnixat, ignabarg
D) burushuq, uchuruq
12. Og’zi , tanlov so’zlari imlo qoidalarining qaysi biriga asoslanib yozilgan?
A) fonetik yozuvga B) morfologik yozuvga
C) shakliy yozuvga
D) fonetik va shakliy yozuvga
13. Qaysi so’zlarda tutuq belgisi qo’yilishi lozim?
A) aerobus, taassuf B) taqiq, tarif
C) saodat, alvon D) Numon, shula
14. Qaysi birlik noto’g’ri yozilgan?
A) Sog’liqni saqlash vazirligi
C) Fanlar Akademiyasi
D) Tilshunoslik instituti
B) Fan va texnika davlat qo’mitasi
15. Qaysi so’z satrdan satrga noto’g’ri ko’chirilgan?
A) mono-grafiya B) silin-drik
C) mai-shat D) diag-ramma
16. Qaysi birikmalarda qo’shtirnoq ishlatiladi?
A) Jahon Tinchlik kengashi
B) Sino sovutgichi
C) Bobur nomli bog’
D) Xotira kuni
17.Qaysi birikma qo’shib yoziladi?
A) dardi bedavo B) tarjimayi hol
C) gul beor D) och sariq
18. Qaysi takroriy so’zlarda chiziqcha qo’yilmaydi?
A) hamma // hammasi B) uy // uyiga
C) bitta // bittalab
D) barchasida chiziqcha qo’yilishi lozim.
19. Qaysi so’zda qo’sh undosh noto’g’ri qo’llangan?
A) munavvar B) tazarru
C) muntazzam D) hurriyat
20. Metateza hodisasi ro’y bergan so’zni toping.
A) ketti (ketdi) B) kannay (karnay)
C) intifoq (ittifoq) D) surpa (supra)
21. CHiniqqan so’zi qaysi qoidaga ko’ra yozilgan?
A) fonetik yozuv B) morfologik yozuv C) shakliy yozuv D) B, C
22. So’zni talaffuzidan qat’iy nazar o’zlashma (olinma) shakliga muvofiq yozish nima deb ataladi?
A) fonetik yozuv B) morfologik yozuv
C) shakliy yozuv
D) bunday yozuv mavjud emas
23. Qaysi gapda planeta nomi kichik harf bilan yozilishi lozim?
A) Yer Quyosh atrofida aylanadi. B) Galaktikamizdagi Oy Yerning tabiiy yo’ldoshidir.
C) Biz shaharga Quyosh botganda kirib keldik. D) Barcha gaplarda bosh harf bilan yozilgani to’g’ri.
24. Muhr, zikr so’zlari qaysi qoida bo’yicha yoziladi?
A) fonetik yozuv B) shakliy yozuv
C) morfologik yozuv
D) barcha javoblar noto’g’ri
25. Yosh—yasha, o’g’il – o’g’li, qorin—qorni, sen—seniki juftliklarining ikkinchisida fonetik
o’zgarishlarning qaysi turlari vujudga kelgan?
A) tovush almashishi
B) tovush tushishi C) A, B
D) tovush almashishi, tovush tushishi va tovush orttirilishi
26. Qaysi qatordagi so’zlarning ikkinchisi imlo qoidalariga ko’ra xato yozilgan?
A) bo’shliq – bo’shlik B) quvg’in – quvgin
C) sarob – sarof D) qism – qisim
27. Qachon “Davlat tili haqidagi Qonun”ning yangi tahrirdagi shakli qabul qilindi?
A) 1989 - yil 21- oktabrda
B) 1995 - yil 6-7 - mayda
C) 1995 - yil 21- dekabrda
D) 1995 - yil 24 - avgustda
28. Qismlari bir-birini izohlagan qo’shma so’zni toping.
A) yozib oldi, e’lon qildi
B) devsifat, ko’zoynak
C) belbog’, oshqozon
D) temir eshik, o’rta keng
29. 1995 - yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko’ra qaysi qatordagi so’zlar xato yozilgan?
A) so’z boshi, tok qaychi
B) lang ochiq, jiqqa ho’l
C) to’q qizil, yildan yilga D) A va C
30.Qaysi yasama so’zlarning yasalishida imloviy xatolar mavjud?
1. o’qi+v=o’quv 2.qazi+v=qazuv 3. og’ri+q =og’ruq 4. qavi+q =qavuq 5. sovi+q =sovuq
A) 3, 4, 5 B) 3, 4 C) 4, 5 D) 1, 3, 4
31. Qaysi qo’shma so’zlar to’g’ri yozilgan?
A) qush qo’nmas, ish yoqmas B) qirg’iy ko’z, achchiq tosh
C) olmaqoqi, kelintushdi, Urto’qmoq D) timqora, liqto’la, ochsariq
32. Qaysi qatordagi joy nomlari xato yozilgan?
A) shimoliy Kavkaz, markaziy Qizilqum
B) Misr Arab Respublikasi
C) Amerika Qo’shma SHtatlari
D) barchasi to’g’ri yozilgan

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin