54. Qaysi juftlikdagi har ikkala so’zdan biri noto’g’ri yozilgan? A) qurt – qurut B) yog’du – yog’di C) saf – sap D) xo’p – xo’b
55. Qaysi javobda shakliy yozuvning ta’rifi berilgan? A) Boshqa tillardan kirgan so’zlar qanday yozilgan bo’lsa, shu holicha yozish
B) So’z va qo’shimchalarni talaffuziga qarab emas, balki qabul qilingan qoidalar asosida yozish
C) So’z va affikslar qanday aytilsa, shunday yozish
D) to’g’ri javob berilmagan
56. Qaysi so’z noto’g’ri yozilgan? A) xatti-harakat B) radiokarnay
C) velosoped D) taqozo
57. Qaysi juftlikdagi so’zlar to’g’ri yozilgan?
A) aql – aqil B) arizaboz – arzaboz
C) aqalli—aqlli
D) barcha juftlikdagi so’zlar to’g’ri yozilgan
58. Qaysi so’zda bo’g’iz undoshi to’g’ri qo’llangan? A) hartum B) hirgoyi
C) harj D) hayhotday
59. Qaysi javobda fonetik yozuvning ta’rifi berilgan? A) boshqa tillardan o’zlashgan so’zlarni o’sha tillarda qanday yozilsa, shu holicha yozish
B) so’z va qo’shimchalarni qanday eshitishimizga qarab emas, balki asliga muvofiq yozish
C) so’z va qo’shimchalarni qanday eshitsak, shunday yozish D) A va C
60. Qaysi qatorda bo’g’in ko’chirish qoidasi buzilgan? A) mang-lay B) mash-g’ulot
C) saroy-bon D) barchasi to’g’ri
61. Qaysi qatordagi kishi nomlari to’g’ri yozilgan? A) Mir Sulton, Xo’jam berdi
B) Nursaid, Umarxo’ja, Azizbek
C) Ostona qul, Xo’ja nazar
D) SHoh jahon, Malik boy
62. Quyidagi so’zlarning qaysi biriga jo’nalish va egalik qo’shimchalari qo’shilsa, fonetik yozuv qoidasiga binoan yoziladi? A) buloq B) baland C) daryo D) rubob
63. Quyidagi birliklarning qaysi birlarida chiziqcha ishlatiladi? 1.dam//badam 2. ko’pdan//ko’p 3. yuzma//yuz 4. yangidan//yangi 5. ochiqdan//ochiq
A) 1, 5 B) 1, 2, 3, 4, C) 1, 3
D) barchasida chiziqcha ishlatiladi
64. Qaysi qo’shma so’zlar noto’g’ri yozilgan? A) sarf qil, olib kel
B) jiqqa ho’l, temir yo’l
C) kelin tushdi, qashqar gul
D) Ko’hna Urganch, O’rta CHirchiq
65. Qaysi gapda imloviy xato mavjud? A) Men ukamni yo’lakkacha kuzatib qo’ydim. B) Dil hamon lovullaydi.
C) Alinazarning bor-yo’qi bilinmas edi.
D) Raqib oxiri dushmanini bo’yin egdirdi.
66. Qaysi so’zda tutuq belgisi qo’yilmaydi? A) shu’la B) Nu’mon C) ra’y
D) barchasida tutuq belgisi ishlatiladi
67. Quyidagi birlikning qaysi biri to’g’ri yozilgan? A) O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi
B) O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi
C) O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi
D) O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi
68.Quyidagi yasama so’zlarning qaysi biri noto’g’ri yozilgan? 1.gij-gijla 2.hay-hayla 3. pirpirak 4.cho’lyalpiz 5. tog’olcha
A) 1, 5 B) 1, 2 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 5
69. Qaysi qo’shma so’zlar ajratib yoziladi? A) karnay//gul, qo’zi//qorin, osh//rayhon
B) ot//quloq, oy//bolta, mol//qo’ra
C) bodom//qovoq, sher//yurak, nos//qovoq D) barchasi qo’shib yoziladi.
70. Qaysi qo’shma so’zlar ajratib yoziladi? A) bir//oz B) kartoshka//gul
C) qay//kuni D) bira//to’la
71. Qaysi qatorda izofali biirikma berilgan? A) ko’pdan ko’p B)dardi bedavo C) tim qora D) dil izhori
72. Qaysi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi (harakat tarzi) qo’shilib yozilishi mumkin? A) so’rab qo’y B) bera boshla
C) bora oldi D) ko’rib tur
73. Qaysi olinma so’zlar noto’g’ri yozilgan? 1. aerostat 2.poema 3. vakum
4. ukrain 5. mozaika
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 3 D) 2, 5
74. Qaysi so’z noto’g’ri yozilgan? A) projektor B) gurgut
C) yonma-yon D) badxo’r
75. Qaysi so’z noto’g’ri yozilgan? A) bulduruq B) yutuq
C) uzuq D) burusgiq