Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə81/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

55. Sabig’ eshitib birikmasining bugungi shakli...
A) fikriga e’tibor qaratish
B) so’zini eshitib
C) so’zidan xulosa chiqarish
D) diqqat bilan eshitish
56. Eski, ammo hozir ma’lum maqsadda qo’llanadigan so’zlar...
A) arxaik so’zlar B) tarixiy so’zlar
C) sheva va lahja so’zlari
D) jargon so’zlar
57.Qaysi qatorda tabu so’zlarning ta’rifi berilgan? A) ma’lum katta yoki kichik hududda yashovchi aholining o’ziga xos so’zlari
B) shaklan turli xil, mazmuni bir-biriga yaqin so’zlar
C) boshqa tillardan olingan so’zlar
D) ma’n etilgan, aynan aytilmaydigan so’zlar
58. Qaysi qatorda arxaik so’zlar berilgan?
A) podshoh, qozi B) tillaqosh, omoch C) qul, sarboz D) ochun, ayru
59. Och bo’ron o’kirdi. Ushbu gapda so’z ma’nosining ko’chishi qanday usulda amalga oshgan?
A) metonimiya B) metafora
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
60.Antonimlar ko’proq qaysi uslubda qo’llanadi?
A) badiiy uslubda B) so’zlashuv uslubida C) publitsistik uslubda D) ilmiy uslubda
61. Omonimlar og’zaki ijodning ko’proq qaysi janri uchun material bo’lib xizmat qiladi?
A) ertak B) xalq qo’shiqlari
C) askiya D) topishmoq
62. Tuyuq janri qaysi so’zlar yordamida ijod qilinadi? 1. sinonim 2. omonim 3. paronim 4. antonim
A) 2 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 1
63. Qaysi qatorda boshqa tildan so’z olish natijasida sinonimlar paydo bo’lgan?
A) bet—yuz B) kishi – kimsa
C) chiroyli – suluv D) vatan—diyor
64. Mehmonlar goh qovundan, goh uzumdan tatib ko’rishdi. Ushbu gapdagi chiqish kelishigi o’rniga qaysi kelishikni almashtirib qo’llash mumkin?
A) jo’nalish kelishigi B) qaratqich kelishigi
C) tushum kelishigi D) o’rin-payt kelishigi
65. Kelishik qo’shimchalari xato qo’llangan gapni aniqlang.
A) Men seni tushunaman, albatta.
B) Biz sizlarga gazetaning sharhi bilan tanishtirdik.
C) Salima bilan Xorun podshohning buyrug’idan mamnun bo’lib, ketishga ruxsat so’radi.
D) SHahrimizning bir chetidan yer ajrataylik, o’sha yerga mevali ko’chatlar o’tqazaylik.
66.Qaysi gapda egalik qo’shimchasining uchinchi shaxs qo’shimchasi birinchi shaxsni ifodalayapti?
A) Dadamning orzusi amalga oshdi.
B) Mening kitoblarim yuqori qavatda saqlanadi.
C) Kaminaning fikri ham yaxshilikka yo’nalgan.
D) Bizning irodamiz doimo mustahkam.
67. –lar qo’shimchasi qanday uslubiy ma’nolarni ifodalaydi? 1. hurmat
2. kuchaytirish 3. umumlashtirish, jamlash 4. kesatish 5. sof ko’plik 6. tur
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4
68. Erkalash qo’shimchalari qaysi so’zlarga qo’shiladi?
A) otlarga B) sifatlarga
C) ot va sifatlarga
D) barcha mustaqil so’z turkumlariga
69. Erkalash, suyish ma’nosi qaysi qo’shimmchalar orqali ifodalanmaydi?
A) –gina B) xon, jon C) –im
D) barchasi erkalash, suyish qo’shimchasi sifatida kelishi mumkin.
70. So’z birikmalari va gaplarning uslubiy bo’yog’ini ochishda qaysi grammatik birliklar xizmat qiladi?
A) ajratilgan bo’laklar
B) ritorik so’roq gaplar
C) kiritmalar
D) yuqoridagilarning barchasi
71. Gulasalni nega tanimas ekanman? Ushbu ritorik so’roq gapdan anglashiladigan ma’noni aniqlang.
A) inkor B) tasdiq
C) so’roq D) his-hayajon
72. Majoziy ma’no ifodalagan sifatlovchi aniqlovchili gapni toping.
A) Kumush qoshiq stollar ustiga terib qo’yildi.
B) Go’zal Oysuluvning chehrasida ter ko’rindi.
C) Oltin nashvatilar, yoqut olmalar to’kilib tagiga tushibdi.
D) CHeki yo’q ko’klarni kezar bo’lsam.
73. SHartli sinonimlar qo’llangan qatorni aniqlang.
A) Hayotdek go’zal, ilhombaxsh , musaffo tilimizni sevaylik va e’zozlaylik.
B) Nega kerak edi shu chiroy, shu o’t, shu yoniq yulduzni ko’zga yashirmoq
C) Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati.
D) U aqlli va hayoli qiz edi.

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin