Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə20/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

98. Qaysi qo’shimcha faqat so’z yasovchi qo’shimcha sifatidagina qo’llanadi?
A) –ir B) –chan C) –y D) –sh
99. Qaysi so’zlar gapda juftlashib kela olmaydi?
1. ot 2. sifat 3. son 4. ko’makchi 5. olmosh 6. fe’l 7. ravish 8. bog’lovchi 9.yuklama 10. modal so’z 11. undov so’z 12. taqlid so’z
A) 4, 7, 8, 9, 12 B) 3, 5, 9.10 C) 4, 8, 9, 10
D) barchasi juftlashib kela oladi.
100. Qaratqich kelishigi bilan qo’llanadigan ko’makchilarni toping.
A) orqali, bo’ylab, yo’sinda
B) ortida, ostida, kabi
C) qarata, qadar, muvofiq
D) bo’lak, narida, boshlab
101. Muhtaram o’rnidan turib, o’g’li yashayotgan xonadagi chiroq piligini pasaytirdi. Ushbu gapdagi nechta yasama so’zda fonetik hodisa yuz bergan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
102. –cha qo’shimchasi erkalash, suyish ma’nosida kelgan gapni aniqlang.
A) Jajji karavotcha olib keldi.
B) So’ylagil, ey kelinchak, buncha chopasan, nega?
C) Baxtingdan o’rgilay, do’ndiqchalar, tuf-tuf, ko’z tegmasin.
D) Salqinga ko’rpacha solib o’tirdik.
103. Quyidagi so’zlarning qaysi birida ikkitadan so’z yasovchi qo’shimcha mavjud?
1. ilmsizlik 2. sanoqsiz 3. bee’tibor
4. tupirmoq 5. toraytirmoq 6. chidamli 7. uyatchan
A) 1, 2, 6 B) 1, 5, 6.7 C) 2, 4, 5 D) 1, 6
104. Qaysi so’zdagi –cha qo’shimchasi o’rniga –dek yoki singari ko’makchilarini qo’llash mumkin emas?
A) Qani do’stim, bir erkakcha gaplashaylik.
B) Biz shu maydoncha joyga uy qurdik.
C) Sen shu bolacha ham emasmisan?
D) Haligi qizcha bir gapirib, o’n kulardi.
105. Quyidagi so’zlarning qaysilarida so’z yasovchi qo’shimcha mavjud?
1.so’lim 2. qo’lim 3. bo’lim 4. kesim 5. elim 6. bo’rim 7. bosim 8. bitim 9. tunim
A) 2, 3, 8, 9 B) 3, 4, 7, 8
C) 3, 7, 8 D) 3, 4, 5, 7.9
106.Sportchilar har doim chidamli va matonatli bo’lishlari, chaqqonlikni o’zlariga shior qilib olishlari lozim.
Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha mavjud?
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta
107.Bizning rangli televizor ishlatilaverib ancha eskirdi.
Ushbu gapda nechta yasama so’z mavjud?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta
D) yasama so’z berilmagan
108.Kechasi bilan tinimsiz yoqqan yomg’ir ko’p joylarni ivitib, loygarchilikka sabab bo’lgan edi.
Ushbu gapda nechta so’z yasovchi, nechta sintaktik shakl yasovchi, nechta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar bor?
A) 2 ta so’z yasovchi, 3 ta sintaktik shakl yasovchi, 4 ta lug’aviy shakl yasovchi
B) 3 ta so’z yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi, 4 ta lug’aviy shakl yasovchi
C) 3 ta so’z yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi, 5 ta lug’aviy shakl yasovchi
D) 2 ta so’z yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi, 5 ta lug’aviy shakl yasovchi
109.Quyidagi affikslardan qaysi biri ham so’z yasovchi, ham shakl yasovchi qo’shimcha bo’lib kelishi mumkin?
1. -a 2. -cha 3.-lar 4.-sa 5.-gan 6.-in 7.-xon
A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5, 6,
C) 1, 2, 4, 7 D) 1, 2, 4, 6, 7
110.Asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qolipli so’zni aniqlang.
A) mevazorimizga B) do’kondorlarni
C) beoqibatlilik D) daryolarimizga
111.Barakali bu kunlarda butun O’zbekiston bo’ylab paxta yig’im - terimi tezlab ketdi.
Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha bor?
A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 6 ta
112.Qaysi undosh tovushlar so’z yasovchi qo’shimcha sifatida qo’llanmaydi?
A) -ch, -m, -t, B) -r, -k, -v C) -b, -g, -p
D) barchasi so’z yasovchi qo’shimcha sifatida qo’llanadi
113.-ki va gi qo’shimchalari qo’shilishi lozim bo’lgan so’zlarni belgilang.
1.oldin... 2.chilla... 3.past... 4.yoz... 5.kech... 6.ost... 7.tong...
A) 1-, 5-, 6- raqamli so’zlarga gi, 2-, 3-, 4-, 7- raqamli so’zlarga ki
B) 1-, 4-, 7- raqamli so’zlarga gi, 2-, 3-, 5-, 6- raqamli so’zlarga ki
C) 2-, 5-, 6- raqamli so’zlarga gi, 1-, 3-, 4-, 7- raqamli so’zlarga ki
D) 1-, 4-, 6-raqamli so’zlarga gi, 2-, 3-, 5-, 7- raqamli so’zlarga ki
114.m qo’shimchasi bilan yasalgan so’zni toping.
A) biram B) karam C) qaram D) alam
115.Qachon uning qorasini ko’rsa, qachon ovozini to’satdan eshitsa, yigit qaltiraydi, rangi oqaradi. Yuqoridagi gapda hammasi bo’lib nechta qo’shimcha bor?
A) 11 ta B) 12 ta C) 13 ta D) 14 ta
116.Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning so’zlovchi, tinglovchi yoki o’zgaga tegishli ekanligini bildiruvchi qo’shimchalar...
A) egalik qo’shimchalari
B) kelishik qo’shimchalari
C) shaxs-son qo’shimchalari
D) zamon qo’shimchalari
117.Qaysi qo’shimchalar uch xil aytiladi va shunday yoziladi?
1.faqat jo’nalish kelishigi qo’shimchasi
2. -gacha, -gin, -gina qo’shimchalari
3.-gach, -guncha, -gani, -gundek qo’shimchalari 4. -gan qo’shimchasi
5.o’rin - payt kelishigi qo’shimchasi.
A) 1 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4
118.Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda fonetik o’zgarish yuz bermaydi?
1.ishtirok 2. chelak 3.nok 4.ocherk 5.yuk 6.chaqmoq 7.erk
A) 3, 4, 5, 7 B) 1, 2, 3, 7
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 3, 4, 5, 7
119.Buningiz hali ko’p qiliqlar ko’rsatadi, shekilli.
Buningiz ko’rsatish olmoshiga qanday qo’shimchalar qo’shilgan?
A) tushum kelishigi
B) egalik qo’shimchasi C) A, B
D) qo’shimchalar yaxlitlanib qolgan
120.-la fe’l yasovchi qo’shimchasi qaysi so’zlarga qo’shilishi mumkin?
A) ravish, sifat, son, olmoshga
B) undov so’z va taqlid so’zga
C) faqat otga
D) yuqoridagilarning barchasiga qo’shiladi
121.Nuri giloslar ostiga qo’yilgan panjaralari ko’k bo’yoq bilan sirlangan katta yog’och karavotga qalin ko’rpacha yoyib, yostiqqa yonboshlab o’tirar edi.
Ushbu gapda nechta sodda yasama so’z mavjud?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin