ONA TILI FANIDAN NAMUNAVIY DARS ISHLANMASI
Jumayeva Shahlo Uralovna
Toshkent viloyati Nurafshon shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli
19 -sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu dars ishlanmasi umumta'lim maktablarining yettinchi sinf ona tili fanidan bir
soatlik “mustahkamlash ”darsi uchun tayyorlangan bo‘lib, yangi
pedagogik texnologiyalar
asosida o‘qitishga mo‘ljallangan.
Kalit so‘zlari. Yuklama, ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l, morfologiya.
Аннотация
Этот курс рассчитан на одночасовое «усиление» предмета родного языка седьмого
класса в общеобразовательных школах и рассчитан на преподавание на основе новых
педагогических технологий.
Ключевые слова. Скачать, существительное, прилагательное, число, рифма, форма,
глагол, морфология.
Annotation
This course is designed for one-hour "strengthening" of the seventh grade mother tongue
in secondary schools and is designed to teach on the basis of new pedagogical technologies.
Keywords. Download, noun,
adjective, number, rhyme, form, verb, morphology.
Dars mavzusi “Mustahkamlash” bo‘lib,
darsning ta’limiy maqsadi
o‘quvchilarning
barcha so‘z turkumlari bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlash, o‘quvchilarning mustaqil
fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish, o‘quvchilarning savodxonligi va fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirish, adabiyot fani bilan darsni bog‘lab, o‘quvchilarning og‘zaki nutqini
rivojlantirishdir.
Darsning tarbiyaviy maqsadi
o‘quvchilarning ijtimoiy va ma’naviy tafakkurini
rivojlantirish; o‘quvchilar orasida do‘stona munosabatlarni qaror toptirishdir.
Darsning
rivojlantiruvchi maqsadi
o‘quvchilarni mustaqil ishlash, malakasini oshirish,
yozma
savodxonligini o‘stirish va ijodiy fikrlashga o‘rgatishdir.
Darsning uslubi
guruhlarda ishlash, bahs-munozara, yangi pedagogik texnologiya asosida
(aqliy hujum, klaster usuli) o‘qitish.
Darsning jihozi 7
-sinf darsligi, didaktik tarqatmalar, test,
kompyuter, oq
qog‘oz va marker.
Darsning jarayoni quyidagicha:
1.
Tashkiliy qism. Salomlashish, navbatchi axborotini tinglashdan iborat.
2.
O‘tilgan mavzuni so‘rash. Darslikda berilgan savol va topshiriqlar orqali
hamda uyga berilgan mashq asosida uyga vazifa so‘raladi.
3.
Yangi mavzu bayoni:
O‘qituvchi:
Aziz o‘quvchilar, ona tili fanining bir necha bo‘limlari bor. Shulardan biri
grammatika bo‘limi bo‘lib, u 2 qismdan iborat.