Ona tili fanidan namunaviy dars ishlanmasi



Yüklə 51,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix26.12.2023
ölçüsü51,76 Kb.
#197410
1   2   3   4   5
337-Текст статьи-845-1-10-20201222 (1)

1-o‘quvchi – ot turkumi. 
Siz egalik qo‘shimchalarini olasiz – Siz kimsiz? 
Siz kelishik qo‘shimchalarini olasiz – Siz kimsiz? 
Siz ko‘plik qo‘shimchalarini olasiz – Siz kimsiz? 
Urg‘u ko‘pincha sizning oxirgi bo‘g‘iningizga tushadi – Siz kimsiz? 
Sizning kichraytirish-erkalash shakllaringiz bor – Siz kimsiz? 
Siz shaxs va narsalarning ma’nolarini, shuningdek joy nomlarini bildirib kim?, nima?, qayer? 
so‘roqlariga javob bo‘lib kelasiz – Siz kimsiz? 
Siz juft, takroriy va qo‘shma holda qo‘llanasiz – Siz kimsiz? 
2-o‘quvchi – sifat so‘z turkumi. 
Siz asliy va nisbiysiz turlarga bo‘linasiz? – Siz kimsiz? 
Siz sodda, qo‘shma, juft tuzilishga egasiz? – Siz kimsiz? 
Sizning oddiy, qiyosiy, orttirma, ozaytirma darajalaringiz bor – Siz kimsiz? 
Siz rang-tus, maza-ta’m, hajm-o‘lchov,xususiyat bildirasiz – Siz kimsiz? 
Siz otlashib kelasiz – Siz kimsiz? 
Siz qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lib kelasiz – Siz kimsiz? 
O‘quvchilar bu savollardan so‘ng o‘zining kimligini bilib oladilar. Agar 1-2-3-savollardan so‘ng 
o‘zining kimligini aytolmasa, savol bergan o‘quvchilar aytishadi. 


O‘qituvchi: Bilimimizni o‘stirish hamda o‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun test 
savollaridan foydalanamiz. Har ikkala guruhga bittadan savol beriladi. Qaysi guruh testni tez va 
to‘g‘ri bajarsa, rag‘batlantiriladi.
 1-guruhga test savollari
Men-ku bu haqda o‘ylab ko‘rdim. Siz-chi? Ushbu gapda yuklamaning qaysi turi ishlatilgan? 
A)
Kuchaytiruv-ta’kid, so‘roq yuklamalari 
B)
So‘roq-taajjub yuklamalari 
C)
Ayiruv-chegaralov yuklamasi 
D)
O‘xshatish-qiyoslash yuklamasi 
2-guruhga test savollari 
Xayriyat, shukur modal so‘zlari qanday ma’noni anglatadi? 
A)
Gumon ma’nosini 
B)
Achinish, pushaymonlik ma’nosini 
C)
Tasdiq va ishonch ma’nosini 
D)
Quvonch ma’nosini 
(Birinchi savolning javobi A, ikkinchi savolning javobi D qatori belgilanadi) 
O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar mana yig‘ilishimiz ham oxiriga yetdi. yuqoridagilar asosida 
yig‘ilish
QAROR QILADI: 
1.
 
Barcha so‘z turkumlari ma’lum bir so‘roqlarga javob bo‘lib, gap bo‘laklari vazifasida 
kelishi yodimizda qolsin.
 
2.
 
4-topshiriq uyga vazifa sifatida bajarilsin. Unda berilgan 
lapang-lapang, hoy, aftidan, 
xullas, qiy-chuv
so‘zlar ishtirokida gaplar tuzilsin.
 
3.
 
Uyga berilgan vazifani bajarishni nazorat qilish ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, 
yig‘ilish raisi Jumayeva Shaxloga yuklatilsin.
 
 

Yüklə 51,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin