Ona tili fanini o‘qitish metodikasi 1- ma’ruza



Yüklə 58,34 Kb.
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü58,34 Kb.
#168465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu 2s nazariy (1)

Lingvistik kompetensiya:
o‘zbek tilidagi nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qiladi;
talaffuz me’yorlariga va bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi;
o‘zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi;
mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi;
nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana oladi;
tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A1+
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
nutqida ot, sifat, son, fe’l so‘z turkumlaridan o‘rinli foydalanib, matn yoza oladi; 55-65 so‘zli diktant yoza oladi.
Lingvistik kompetensiya:
o‘rganilgan ifoda vositalaridan nutqda o‘rinli foydalana oladi.
NUTQ O‘STIRISh. Matn. Matnni mazmunan tugallangan kichik qismlarga bo‘lish: matn qismlariga sarlavha tanlash. Voqeaband matnga o‘qituvchi rahbarligida reja tuzishni uddalash. Matnning qismlarini va har bir qismdagi gaplarni o‘zaro bog‘lay olish. Matn mazmunidagi asosiy fikrni aniqlash. Matnning tuzilishi: kirish (muqaddima) qism, asosiy qism, yakuniy qism; matndan ana shu qismlarni aniqlay bilish.
Xabar (hikoya). Biror voqea-hodisa haqida tayyor reja yoki ko‘pchilik ishtirokida tuzilgan reja asosida bayon - axborot yozish.
Voqeaband bir rasm yoki turkum rasmlar, shuningdek, o‘quvchilarning hayoti bilan bog‘liq bir mavzuda (o‘yinlari, sayr-sayohatlari, tabiatni kuzatish kabilar haqida) sinf jamoasining oldindan ko‘rgan hozirligi bilan og‘zaki yoki yozma kichik hikoyalar yozish.
4-sinf.O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
o‘qituvchi nutqini va mavzuga oid tushunchalarni, o‘zaro savol-javob, topshiriqlarni, kichik matnlarni, mavzu doirasidagi video va audio (multimedia ilovalari) matnlarini tinglab tushuna oladi;
kishilik olmoshining kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishini, fe’l, uning so‘roqlari, gapdagi vazifasi, bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllarini, fe’l zamonlari, fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi tuslanishini, lan,-illa,-sira,-la,-lash fe’l yasovchi qo‘shimchalar ekanini, fe’llarning talaffuzi va imlosini biladi, o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila oladi, ruxsat, iltimos, uzr so‘rash, minnatdorchilik, taklif kabi muloqot odobi qoidalariga amal qila oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
mashq matnidagi so‘zlarni, turli matn va topshiriqlarni gap ohangiga rioya qilgan holda to‘liq, to‘g‘ri, ravon va tushunarli qilib o‘qiy oladi;
65-70 ta so‘zgacha bo‘lgan diktantni yoza oladi; grammatik tahlil qila oladi; 5-6 gapdan iborat xabar, tasvir, muhokama shakllarini qo‘llab matn yarata oladi, ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga rioya qilgan holda va xatboshi, imlo hamda husnixat qoidalariga amal qilib yoza oladi, diktant turlarini farqlay oladi, rasm asosida ijodiy matn yarata oladi, grammatik tahlil qila oladi, do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma, xat yoza oladi.

Yüklə 58,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin