1. Tushuntirish xati. 2.Asosiy qismi. Tushuntirish xatida ona tili predmetining tutgan o’rni, uning vazifalari ko’rsatilib, metodik yo’l-yo’riqlar beriladi.
Dasturning asosiy qismi quyidagi bo’limlardan tashkil topgan bo’lib, ularda har bir sinfda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar ko’rsatiladi:
1. Savod o’rgatish va nutq o’stirish. 2. Sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish. 3. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi 203-sonli qarorida umumiy o’rta ta’lim ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi:
1. Boshlang’ich ta’lim.
2. Umumiy o’rta ta’lim.
Respublikamizda uРmumiy o’rta ta’limning standarti yaratildi. Unda boshlang’ich bosqich va umumiy o’rta ta’lim nihoyasida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi.
Hozirda o’quvchilarga bilim berish, bilimlarni oshirishda mustaqil ishlarni uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, grammatik ta’limiy o’yinlarni joriy etish keng tus olmoqda, ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan holda mashg’ulotlar uyushtirilmoqda.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ona tili o’quv fani sifatida shakllanib, rivojlanishning murakkab yo’lini bosib o’tmoqda.
1.3. Multimedia ilovali metodik qo‘llanmalar tahlili va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, ulardan ta’lim sifatini oshirishda o‘rinli va maqsadli foydalanish 2014 yil, 19 fevral kuni tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining PQ-2133 sonli «Sog‘lom bola yili davlat dasturi to‘g‘risida»gi qaroridagi 71, 75-bandlarida e’tirof etilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanmalar yaratish, nashr etish hamda darsliklarning multimedia li ilovalarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etishning 2014-2017-yillarga mo‘ljallangan rejasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2014-yilning 7 mart kuni tasdiqlandi va rejaga asosan ijodiy guruh tomonidan yaratilish muddatlari belgilab olindi.
2014-yilda 1-sinf uchun: “Savodga o‘rgatish”, “Ona tili”, “O‘qish”, “Matematika”, “Atrofimizdagi olam” fanlaridan, 2015-yilda 2-sinf uchun: “Ona tili”, “O‘qish”, “Matematika”, “Atrofimizdagi olam” fanlaridan, 2016-yilda 3-sinf uchun: “Ona tili”, “O‘qish”, “Matematika”, “Tabiatshunoslik” fanlaridan, 2017 yilda 4-sinf uchun: “Ona tili”, “O‘qish”, “Matematika”, “Tabiatshunoslik” fanlaridan ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida metodik qo‘llanmalar yaratilishi rejalashtirildi.
Mazkur qarorning ijrosi sifatida shu kunga qadar 1-4-sinf ona tili fani bo‘yicha multimedia elektron ilovalar, metodik qo‘llanmalar yaratildi. Bu metodik qo‘llanmalarda ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib o‘qitiladigan dars ishlanmalari, multimedia elektron ilovalar, dars jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullar, didaktik o‘yin texnologiyalar, mantiqiy mashqlar va darslikdagi mualliflar haqida ma’lumotlar o‘rin olgan. Ular o‘quvchilarni o‘ylashga, izlanishga, xulosalar chiqarishga undaydi.
Metodik qo‘llanmalarda o‘quvchilarni o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitish, so‘zlardan nutqida to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishga o‘rgatish maqsad qilib olingan.
Har bir o‘qituvchi 1-4-sinf ona tili fanidan yaratilgan multimedia ilovali metodik qo‘llanmalardan ta’lim sifatini oshirishda o‘rinli va maqsadli foydalanishi zarur. Ayniqsa, ona tili darslarida matn ustida ishlashga va ularning xususiyatlari haqidagi mavjud bilimlarini yanada boyitishga alohida e’tibor qaratish lozim. Shuning uchun mazkur metodik qo‘llanmalar mazmuni, unda berilgan didaktik materiallar, savol-topshiriqlarga ilmiy va tanqidiy yondashuv asosida amaliyotga tatbiq etish talab etiladi.