ONA TILI MAJBURIY
Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zni aniqlang.
A) dargox B) vaxima C) zahira D) vajohat
O’zbek tilida jarangli portlovchi til oldi undoshlari nechta?
A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta
Jalil qo’yin cho’ntagidan gazetaga o’ralgan pulni olib sanamoqchi edi, yamoqchi urishib berdi.
Ushbu gapda necha o’rinda fonetik o’zgarishga uchragan?
A) 2o’rinda B) 3o’rinda
C) 4o’rinda D) 1o’rinda
So’zning eng kichik ma’noli qismini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limni aniqlang.
A) Fonologiya B) orfoepiya
C) morfemika D) morfologiya
Tug’ilgan kunimga dugonalarim Amilov sovg’a qilishdi.
Ma’no ko’chish turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
Ma’noviy sinonimlar berilgan qatorni aniqlang.
A) doston, poema
B) respublika, jumhuriyat
C) ho’l, shalabbo
D) tilshunoslik, lingvistika
To’g’ri hukmni aniqlang.
A) Qisqartma so’zlar har doim ajratib yoziladi.
B) Izofali birikmalar ajratib yoziladi.
C) Marosim va afsona nomlari chiziqcha bilan yoziladi.
D) Birinchi qismi chiqish kelishigida ikkinchi qismi bosh yoki jo’nalish kelishigidagi takroriy so’zlar chiziqcha bilan yoziladi.
Akkord so’zi qaysi yozuv asosida yozilgan?
A) fonetik yozuv B) differensial yozuv
C) morfologik yozuv D) shakliy yozuv
“Bog’imizda qizil, sariq, pushti rangdagi gullar ochilgan.”
Ushbu gapda mantiqiy urg’uni toping.
A) ochilgan B) bog’imizda
C) gullar D) qizil, sariq, pushti
Jarangli undoshlar berilgan qatorni aniqlang.
A) v,k,y,r B) z,q,r,l C) s,f,t,k D) d,j,g,v
ONA TILI ASOSIY
Qaysi gapda otlashgan sifat mavjud?
A) Tanimaganni siylamas derlar, xafa bo’lmaysiz endi.
B) Tekin osh tatimaydi, arzon molning esa qadri kam bo’ladi.
C) Bu yerga sovuqqa chidamli ekinlarning bir necha xilini ekkanmiz.
D) Do’st achitib gapirar, dushman-kuldirib.
Berilgan qaysi gapda lablangan yuqori tor unlisi boshqa gaplarga qaraganda ko'proq qo'llangan?
A) Dildorning bari gaplari haqiqat edi.
B) Har bir inson o'z baxti uchun kurashadi.
C) Kela berdilar bari kattakon chinor sari.
D) Gilosning yonidan o'tayotganimda allanima baloga turtinib ketdim.
Berilgan qaysi qatordagi so'zlar noadabiy qatlamga mansub?
A) yasavul, otaliq, otarchi
B) shoti, tovoq, inak
C) ildiz, urg'u, metateza
D) yakan, bedana, oftobi olam
Hammamizning ongimizdir shu Vatan,
Yov qoldirgan siynasida ming tikan,
Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan,
Yur, o'g'lonim, elni ko'tarish uchun.
Ushbu she'riy parchada sonorlar qatnashgan yopiq va ochiq bo'g'inlarni aniqlang.
A) 6ta ochiq va 20ta yopiq
B) 7ta ochiq va 18ta yopiq
C) 5ta ochiq va 20ta yopiq
D) 8ta ochiq va 15ta yopiq
Yaxshi so'zdan ko'rasan mehr-u vafo,
Nomunosib so'zlasang, yetgay jafo.
Ushbu misrada og'izning ochilish darajasiga ko'ra va hosil bo'lish o'rniga ko'ra bir guruhga mansub bo'lgan tovushlardan tashkil topgan so'zlar miqdori nechta?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
.-Oynatoqqa chiqqandim.-Keyin u Alimardonga qaradi-da, tag'in qaytardi:-Marhamat!-Bo'lmasa men to'yxonaga qaytaveraymi?
Ushbu adabiy parchada fonetik o'zgarishlar soni nechta?
A) 5ta B) 4ta C) 6ta D) 3ta
Quyidagi so'zlarning nechtasida paronimlik yuzaga keltiruvchi tovushlar faqatgina ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra farqlanadi?
Tambur, nufuz, yoqilg'i, ham, qat, hirs, qarz, dars, ehson, ellik
A) 3ta B) 4ta C) 6ta D) 5ta
Ma'nodosh so'zlar noto'g'ri berilgan qatorni aniqlang.
A) gavdali, jussali, norg'ul
B) gangimoq, kalovlanmoq, talmovsiramoq
C) boshqacha, ajib, alomat
D) durust, mixdek, antiqa