Yangi imlo qoidasiga ko’ra quyidagi so’zlarning qaysi biri qo’shib yoziladi?
A) lang ochiq B) liq to’la
C) och sariq D) asal ari
Qaysi qatordagi gapda so'z qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik mavjud?
A) Boshliq aytgan har bir so'zni qayd etib borishing shart!
B) Malika yigitni qutqarish uchun yer ostidan lahm qazdiribdi.
C) Mehmonlar kelgach, olmalarni archib, stol ustiga tera boshladi.
D) Qars ikki qo'ldan chiqadi, deb bekorga aytishmagan.
Quyidagi so’zlarning qaysilari shakldosh so’zlar hisoblanadi?
1) bas; 2) band; 3) banda; 4) bal;
5) bog’; 6) soliq; 7) akkord;
A) 1,2,3,5 B) 1,2,3,5,6,7 C) 2,5,6; D) 1,2,3,4,5
Predmetni boshqa biror narsaga o'xshatish yo'li bilan bildiruvchi so'z berilgan javobni aniqlang.
A) olmaqoqi B) oshrayhon
C) nosqovoq D) karnaygul
Ukalaringga ko'z-quloq bo'lib tur.
Ma'no ko'chish turini aniqlang.
A) Metafora B) Metonimiya
C) Sinekdoxa D) Vazifadoshlik
Qaysi gapda so'z yasovchi qo'shimchalar soni nisbatan ko'proq?
A) Zargar firibgar bo'lsa, oltin ham zanglaydi.
B) Ochiq til osh yedirar, achchiq til bosh yedirar.
C) Tirishganning labi yog'li, erinchoqning boshi qonli.
D) Elning yirtig'iga yamoq bo'l, uzug'iga uloq bo'l.
Tarkibida so’z yasovchi qo’shimcha mavjud bo’lgan qo’shma so’zlarni aniqlang.
1) bilaguzuk; 2) achchiqtosh; 3) kamunum;
4) tinchlikparvar; 5) tekintomoq; 6) olibsotar;
A) 1,2,3,4 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,2,3,4,5,6
Hayotiy tajribalar va olimlarning xulosalari shundan dalolat bermoqdaki, odamzod dunyoga kelib neki topgan bo’lsa, hayo va ibo tufayli, neki yo’qotgan bo’lsa, hayosizlik va ibosizlik tufaylidir.
Berilgan gapda ot turkumiga mansub nechta so’z qo’llangan?
A) 9ta B) 8ta C) 10ta D) 7ta
Donalab sanalmaydigan otlarda ma'no kuchaygan gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Bozordagi unlar yangi texnologiyalar bilan tayyorlangan.
B) Sinfdagi shovqindan boshlarim og'rib ketdi.
C) Qancha suvlar oqib o'tdi-sen kelmading.
D) Mirzacho'llar obod qilingani xalqimiz zahmatidan dalolat emasmi?
So’z yasovchi qo’shimchalar sonini aniqlang.
Ig’vo, avvalo, shu bilan dahshatli: u odamlarda bo’lgan ishonchga futur yetkazadi, ishonchsizlik boshqalar ruhini yaralab, ba’zan fojiaga olib borishi mumkin.
A) 7ta B) 4ta C) 5ta D) 6ta
Besh-oltita tinish belgi kelib bugun,
O’tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig’in.
Berilgan gapda sonning qanday turi ishtirok etgan?
A) sanoq son B) dona son
C) chama son D) taqsim son
Qaysi qatordagi so’z kontekstda hid, maza-ta’m va xususiyat sifati bo’lib kela oladi?
A) keng B) katta C) shirin D) achimsiq
Qaysi ijodkorlar o’z hikoyalari asosida pyesa yaratgan?
A) X.To’xtaboyev B) Said Ahmad
C) A.Qahhor D) A.Muxtor
Mirtemirning qaysi she’rida yoshlik damlaridagi “Yoramazon” aytar paytlarini eslanadi?
A) ”Qishlog’im” B) ”Baliq ovi”
C) ”Shudring” D) ”To’rg’ay”
Kasbiga ko’ra transport injeneri bo’lgan shoir kim?
A) Shuhrat B) Mirtemir
C) Maqsud Shayxzoda D) Mirkarim Osim
Bibixonim obrazi quyidagi qaysi asarda uchraydi?
A) “Yulduzli tunlar” B) “Ulug‘bek xazinasi”
C) “Sohibqiron” D) “O‘tkan kunlar”
“Uzlatda kechgan o‘n besh yil davomida kamina bu o‘tkinchi dunyo hayotini miridan sirigacha o‘rgandim. To‘g‘ri, uzoq yillar men na quyoshni, na odamlarni ko‘rdim, ammo-lekin sizlarning kitoblaringizdan ajoyib musallaslar no‘sh etib, diltortar navolar tingladim, o‘rmon va yobonlarda ohular-u g‘izollar ortidan quvdim, ofatijon xonimlarning ko‘nglini ovladim...”
Mazkur parcha quyidagi qaysi asardan olingan?
A) “Omon ovchining o‘limi” (Sh. Xolmirzayev)
B) “Garov” (Chexov)
C) “Hayotga muhabbat” (J. London)
D) “Oq kema” (Ch. Aytmatov)
. “…zulhijjа оyining yigirmа bеshidа, yakshаnbа kuni erdi…” deya xotirlangan voqeani belgilang.
A) “Sohibqiron” dramasida Amir Temurning Sulton Boyazid bilan suhbati shu sanada bo‘lgan.
B) “O‘tkan kunlar” romanida Kumush Otabekka shu sanada xat yozadi.
C) “Zulmat ichra nur” qissasida zamona hukmdori shu sanada vafot etadi.
D) “Kecha va kunduz” romanida mingboshi shu sanada “o‘ldirilgan”.
O‘zbekiston xalq shoiri, xalqaro «Nilufar», Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlarini qo‘lga kiritgan?
A) S. Zunnunova B) H. Xudoyberdiyeva
C) Zulfiya D) O. Hojiyeva
Qismlari deb so‘zi vositasida ergashgan qo‘shma gap berilmagan qatorni toping.
A) Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda.
B) Yovlar yakson bo‘lsin deb, yigitlar jang boshladi.
C) Ukalarim bezovta bo‘lmasin deb, to‘ng‘ich botir to‘qayning bir chekkasiga qochdi.
D) Bir kun bularni bir shaharning eshikinda josus deb tuhmat bilan tuttilar.
Quyidagi doston qahramonlari nomi bilan kanizaklari nomi o‘zaro muvofiq kelgan javobni belgilang.
1) Xolbeka; 2) Zulxumor;
3) Barchin; 4) Huroyim.
a) Suqsuroy; b) Ximcha;
c) Oqqiz; d) Bahragul.
A) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a
“Doktorlar endi bo‘lmadi, pensiyaga chiqing, deb maslahat berishgandan keyin …. ministrlikka ariza yozib, ishdan bo‘shatishlarini so‘radi. Ministrlik uning talabini qondirib o‘rniga…”.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) “Qiyomat qarz” B) “Ikki eshik orasi”
C) “Sobiq” D) “Qoplon”
Dostları ilə paylaş: |