4. Nutq til vositalariga boy bo’lsin. Mazmunni aniq ifodalash uchun o’quvchi nutqi til vositalariga boy bo’lishi, u har qanday vaziyatda ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan gaplardan mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Albatta, boshlang’ich sinf o’quvchilariga til boyligi yuzasidan yuqori talab qo’yib bo’lmaydi, ammo o’qituvchi o’quv ishlarida ularning so’z boyligini oshirib borishni har vaqt ko’zda tutishi kerak.