Ta’lim yo‘nalishi: 5111700 -Boshlang‘ich ta’lim va sport –tarbiyaviy ish
Mavzu:
Boshlang‘ich sinflarda ona till o‘qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari
Ma’ruza mashg’ulotining rejasi:
1.Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti.
2. Metodika fani masalalari.
3. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fani bo‘limlari.
4.Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish tarixidan.
5.Ona tili - boshlang‘ich sinflarda o‘quv predmeti sifatida.
6.Boshlang‘ich ta’limda Davlat ta’lim standartlari
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti o‘quvchilarga o‘zbek tilini o‘rgatish yollari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o‘qish va yozishni, grammatika va imloni o‘zlashtirib olish to‘g‘risidagi ilmdir. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (1-9-sinf) ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fani ni o‘qitish-ning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan iborat .
Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflarda o‘qish fani o‘quvchilarni ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantiradi. O‘quvchilarni har tomonlama rivojlan-tirishga xizmat qiladi