Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fani quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 1. Savod o‘rgatish metodikasi.Ya’ni elementar o‘qish va yozishga o‘rgatish. Bolalarga savod o‘rgatish pedagogika fanida-gina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki, xalqning savodxonligi mustaqillik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir.
2. Husnixat metodikasi.Boshqa fanlar kabi husnixat o‘qitish metodikasining ham o‘z predmeti bor. Husnixat o‘qitish metodika-sining o‘rgatish predmeti ta’lim berish sharoitida chiroyli yozuvni egallash, grafik jihatdan to‘g‘ri, chiroyli yozishga o‘rgatish jarayoni hisoblanadi.
3. O‘qish metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish pred-metining vazifasi bolalarni to‘g‘ri, tez (me’yorida), ongli va ifodali o‘qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
4. Grammatika, fonetika, so‘z yasalishini o‘rganish metodikasi. Bu bo‘lim unsurar to‘g‘ri yozuvga va husnixatga o‘rgatishni, grammatik tushunchalar, boshlang‘ich imlo malaka-larini shakllantirishni nazarda tutadi.
5. Nutq o‘stirish metodikasi. Bu bo‘lim boshlang‘ich sinflarda alohida o‘rin tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o‘quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o‘ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o‘zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfblogik shakli bilan ham og‘zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar.
Ona tili - boshlang‘ich sinflarda o‘quv predmeti sifatida Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni ifodalashda muhim o‘rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o‘zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta’sirchan ifoda-lanadi. Demak, kishilarning o‘zaro munosabati, his-tuyg‘ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi. Maktabda ona tilini chuqur o‘rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘rganishga katta ahamiyat beriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ona tili darslarida ongli o‘qish va savodli yozishga o‘rganadilar, og‘zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini egallaydilar. Ona tili sohasidagi ko‘nikma-malakalar (nutq, o‘qish va yozishga oid malakalar) o‘quvchilaming o‘quv mehnatining zaruriy sharti va vositasidir.
O‘quvchi o‘qish ko‘nikmalarini egallash bilan bir qatorda, birinchi navbatda, o‘zining ona tilini o‘rganishi zarar, chunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir.