Ona tili o’qitish metodikasi fanidan taqdimot Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar


Metodika fani quyidagi masalalarni o‘rganadi



Yüklə 83,24 Kb.
səhifə2/5
tarix28.03.2023
ölçüsü83,24 Kb.
#90564
1   2   3   4   5
Maruza 1

Metodika fani quyidagi masalalarni o‘rganadi:
1. O‘qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o‘qitish kerak? sawoliga javob beradi, ya’ni boshlang‘ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta’lim mazmunini belgilab beradi, o‘quvchilar uchun darsliklar va qo‘lanmalar yaratib, ularni takomil-lashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi.
2. O‘qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o‘quvchilar amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni „Qanday o‘qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi.
3. O‘quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko‘nikma hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni „Nega xuddi mana shunday o‘qitish kerak?" savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni, metodlarni o‘rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining dast-labki bosqichi bo‘lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o‘rgatadi. Shu bilan birga, boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitish grammatika, imlo va unga bog‘liq holda nutq o‘stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o‘rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o‘qish metodikalarini ham o‘z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) boshlang‘ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning (xat-savod o‘rgatish, o‘qish, gram­matika, imlo, nutq o‘stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash;
b) o‘qish va yozuvdan bilim va ko‘nikmalarning shakllanishi jarayonini hamda bu jarayonda o‘quvchilar duch keladigan qiyin-chiliklarni o‘rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to‘g‘rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;
d) ona tilidan beriladigan o‘quv materialini o‘quvchilar aniq tushunishi va puxta o‘zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o‘quvchilarning umumiy taraq-qiyotiga, ya’ni ular­ning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o‘ylashini, nutqini o‘stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish;
e) ona tilini o‘rgatish bilan bog‘liq holda maktablar oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o‘quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish.

Yüklə 83,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin