Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan yakuniy nazorat uchun test


d)Topishmoqlar zaminida kishilarning qadimiy e’tiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bo‘lgan intilishlari yotadi



Yüklə 178,09 Kb.
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü178,09 Kb.
#186194
1   2   3   4   5   6
javoblar TEST OO\'M talabalarga berish uchun(1)

d)Topishmoqlar zaminida kishilarning qadimiy e’tiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bo‘lgan intilishlari yotadi.
e)Topishmoq o‘quvchilarni adabiyotga bo‘lgan qiziqishi uyg‘otish, kitobni sevish, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalaydi.
66.Tez aytish berilgan ta’rif qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
a) Tez aytish ma’lum so‘zni, so‘z birikmasini yoki tovushni to‘g‘ri talaffuz qilishga, uni boshqa tovushlardan farqlashga o‘rgatadigan, xotirani mustahkamlaydigan va nutqni o‘stiradigan janr hisoblanadi.
b)Tez aytish narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir.
d)Tez aytish ma’lum so‘zni, so‘z birikmasini yoki tovushni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘stiradigan janr hisoblanadi.
e)Tez aytish narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriq.
67. Maqolga berilgan ta’rif qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
a)Maqolni tahlil qilinayotganda voqea rivojini jonli tasavvur qilish uchun ifodali o‘qish usulidan foydalanish lozim.
b)Maqol turmush tajribalari zaminida tug‘ilgan adabiy janr.
d)Maqol xalq og‘zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo‘lib, unda xilma-xil badiiy ifoda vositalari - ohangdor tovushlar takrori bo‘ladi}
e)Maqol turmush tajribalari zaminida tug‘ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko‘pincha she’riy shakldagi hikmatli so‘zlar, chuqur ma’noli iboralardir.
68.Masalda inson xarakteriga xos xususiyatlar nimalar dunyosiga ko‘chirilishi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
a) Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar-hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar dunyosiga ko‘chiriladi.
b) Masalda inson xarakteriga xos xususiyatlar kinoyaviy xarakterdagi obrazlar dunyosiga ko‘chirilgan bo‘ladi.
d) Inson xarakteriga xos xususiyatlar insonlar obrazlari orqali ochib beriladi.
e) Masal kichik hajmdagi kinoyaviy obrazlarga boy asardir.
69.Boshlang‘ich sinflarda ko‘rgazmali ta’limning asosiy shakli nima hisoblanadi?
a) Hikoyani tez o‘qish
b) She’rni yod olish
d)She’rni tez o‘qish.
e) She’rni ifodali o‘qish
70.Qaysi turdagi she’rlar yoki she’riy usuldagi adabiy ertaklar kishilar hayotida yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan biror voqeani umumlashtirgan holda ifodalash bilan hikoyalarga o‘xshaydi?
a) Epik
b) Lirik
d) Dramatik
e) Hajviy.
71.Lirik she’rlar o’zida nimani aks ettiradi.
a) Lirik she’rni tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil qilishda qo‘llangan ish turlarid6789-an foydalanish mumkin.
b) Lirik she’r biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tug‘ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg‘ular orqali turmushni aks ettiradi.
d) Lirik she’rni tahlil qilishda faktlar mulohazalar xulosalarni taqqoslash, voqea hodisalar o‘rtasida bog‘lanishni aniqlash mumkin.
e) Lirik she’r o’zida real hayot tasviri, fantastik elementlarni o’zida aks ettiradi.
72.To‘g‘ri o‘qish deganda nimani tushunasiz?
a)Unsurlar adabiy tasavvurlarini shakllantirish
b)O‘quvchilar xayolot olamini boyitish
d)To‘g‘ri o‘qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o‘qish tushuniladi
e) O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish.

73.“To‘g‘ri o‘qish –bu materialning tovush tomonidan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko‘chirishdir”. Ushbu fikr muallifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.


a) Yakovleva
b) M.Odilov
d) T. Ashrapova
e) Sh. Sariyev.
74.O‘quvchilar to‘g‘ri o‘qish jarayonida nega xatolarga yo‘l qo‘yadi?
a) Yaxshi o‘qiy olaman, deb o‘ylagani uchun
b) Ko‘p shug‘ullanmaganligi uchun
d) So‘zni talaffuz qilish va uning ma`nosini tushunish o‘rtasida puxta sintez bo‘lmaganligi uchun
e) To‘g‘ri o‘qish ahamiyatsiz deb o‘ylaganligi uchun.
75. O‘qilayotgan asar mazmunini o‘zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan o‘qish nima deyiladi?
a) to‘g‘ri o‘qish
b) ifodali o‘qish
d) tez o‘qish
e) ongli o‘qish
76.O‘qish malakalarining sifatlarini aniqlang.
1)shivirlab o‘qish
2)to‘g‘ri o‘qish
3)ifodali o‘qish
4) tez o‘qish
5)ichda o‘qish
6)ongli o‘qish
a) 2,3,4,6
b) 1,2,3,4
d) 2,4,5,6
e) 2,3,4,5.
77.Ongli o‘qishning muhim sharti nima?
a) O‘qish sifatlarini yaxshi o‘zlashtirish
b)Asar qurilishi va mazmunini tushunish
d) So‘zga urg‘uni to‘g‘ri qo‘yib o‘qish
e) Matnni o‘qishdan oldin undagi o‘qilishi qiyin so‘zlarni aniqlash.
78.Matnni ongli o‘qish uchun o‘quvchilar nimani bilishi kerak?
a) To‘g‘ri, me`yorida o‘qishni
b) Tez o‘qishni
d) To‘g‘ri o‘qishni
e) Bo‘g‘inlab o‘qishni
79.Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘ying. … intonatsiya –ohang yordamida asarning g‘oyasi va jozibasini to‘g‘ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir.
a) Ovozli o‘qish
b)Shivirlab o‘qish
d) Ichda o‘qish
e) Ifodali o‘qish
80.Ifodali o‘qish adabiyotni aniq va ko‘rgazmali o‘qitishning dastlabki va asosiy shaklidir. Ushbu fikrlar kimga tegishli?
a) Ribnikova
b) Shokirjon Rahimiy
d) Mahmudjon Yusupov
e) Ushinskiy.
81.Ifodali o‘qishning asosiy vositalaridan biri, ya`ni nafas bilan uzviy bog‘langan vosita nima?
a) so‘z
b) ovoz
d)bo‘g‘in
e)talaffuz
82.Ifodali o‘qishga tayyorlanish shartli ravishda nechta bosqichga bo‘linadi?
a) 3
b) 2
d) 5
e) 4
83.Ovozli o‘qishning qanday usullari mavjud?
a)Yakka va jo‘r
b)Yod aytish
d)Rollarga bo‘lib o‘qish
e)Barcha javoblar to‘g‘ri
84.Tovushga asoslangan, lekin ovozsiz o‘qiladigan o‘qish turi qaysi?
a)Ichda o‘qish
b)Ovozli o‘qish,
d)Shivirlab o‘qish
e) Ifodali o‘qish
85.Malakali kitobxon o‘qishning nechta turini bilishi zarur?
a) 2
b) 3
d) 1
e) 4

Yüklə 178,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin