225. G‘oz va qo‘ylarning umumiy soni 6 ta. Ularning oyoqlarining soni esa 18 ta. G‘ozlar nechta? A) 3 B) 4 D) 5
226. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni yozish uchun nechta raqam ishlatiladi? A) 10 B) 100 D) 190
227. Agar Nigora do‘kondan 4 ta daftar sotib olsa, 100 so‘m ortib qoladi. Agar 5 ta sotib olsa, 100 so‘m yetmaydi. Daftar necha so‘m turadi? A) 150 so‘m B) 200 so‘m D) 250 so‘m
228. Uchinchi qavatga chiqish uchun 36 ta zina bosiladi. Oltinchi qavatga chiqish uchun nechta zina bosiladi? A) 72 B) 90 D) 108
229. Otasi 45 yoshda,o‘g‘illari 7, 11, 15 yoshda. Necha yildan keyin o‘g‘illari yoshining yig‘indisi otaning yoshiga teng bo‘ladi? A) 5 B) 6 D) 7
230. Asror sport musobaqasida 4 kun ishtirok etib, har bir keyingi kun oldingi kunlari olgan jami balga teng ball to‘pladi. Agar Asror 4 kunda jami 208 ball to‘plagan bo‘lsa, birinchi kun necha ball olgan? A) 20 B) 26 D) 52
231. Sarvar va Zafar ikki soat shaxmat o‘ynashdi. Ularning har biri necha soat o‘ynagan? A) 1 B) 2 D) 4
232. Olmaxon 1-kuni 3 ta yong‘oq topib, iniga olib keldi. Ertasi kuni esa 4 ta yong‘oq topdi. Shu tarzda keyingi har bir kuni oldingi kundagidan 1 ta ortiq yong‘oq topib, iniga olib keldi. Olmaxon 7 kunda iniga nechta yong‘oq tashib kelgan? A) 42 ta B) 46 ta D) 50 ta
233. Agar 1-qatorda 8 ta toshchalar biri ikkinchisidan 2 cm masofada joylashtirilgan bo‘lib, ikkinchi qatorda 15 ta toshchalar biri ikkinchisidan 1 cm masofada joylashtirilgan bo‘lsa, qaysi qator uzun bo‘ladi? A) teng bo‘ladi B) 1-qator D) 2-qator
234. Arqon 6 joyidan qirqilgan bo‘lsa, nechta bo‘lak hosil qilingan bo‘ladi? A) 5 B) 6 D) 7
235. Kiyim tikuvchida 24 m li gazlama bo‘lib, u har kuni 3 m gazlamani qirqib olib ishlatadi. Necha kundan so‘ng u oxirgi bo‘lakni kesib oladi? A) 7 B) 8 D) 9
236. 24ta ustunni bir qatorga har 2 metrga bittadan qilib ko‘mib chiqilib, devor o‘rnatilgan bo‘lsa, bu devorning uzunligini toping. A) 46 m B) 50 m D) 54 m