48. Nima qilmoq?, nima bo‘lmoq? so‘roqlariga javob bo‘lib, shaxs yoki narsalarning harakat, holatini ifodalagan so‘z turkumi nima deyiladi? A) Fe’l B) Ot D) Sifat
49. Fe’llar nimani atab kelishiga ko‘ra qanday fe’llariga bo‘linadi? A) harakat fe’llari va holat fe’llari
B) harakat fe’llari D) holat fe’llari
50. Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar qanday fe’llar hisoblanadi? A) harakat fe’llari B) holat fe’llari
D) harakat fe’llari va holat fe’llari
51. Shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish jarayonini ifodalovchi fe’llar qanday fe’llari sanaladi? A) harakat fe’llari va holat fe’llari
B) holat fe’llari D) harakat fe’llari
52. Tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanadigan fe’llar (1) ..., bunday xususiyatga ega bo‘lmagan fe’llar (2) ... sanaladi. A) 1) o‘timli fe’llar 2) o‘timsiz fe’llar
B) 1) o‘timsiz fe’llar 2) o‘timli fe’llar
D) 1) harakat fe’llari 2) holat fe’llari
53. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nima deyiladi? A) nisbat shakllari B) holat fe’llari D) harakat fe’llari
54. Fe’lda nechta nisbat shakli bor? A) 4 ta B) 6 ta D) 5 ta
55. Bajaruvchisi aniq bo‘lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli qanday nisbat deyiladi? A) Aniq nisbat B) O‘zlik nisbat D) Birgalik nisbat
56.Bajaruvchining o‘zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli qanday nisbati deyiladi? A) Aniq nisbat B) O‘zlik nisbat D) Birgalik nisbat
57.O‘zlik nisbati shakli fe’l asosiga qanday qo‘shimchalarining qo‘shilishi bilan hosil bo‘ladi? A) -(i)n, -(i)l B) -(i)m, -(i)l D) -(i)k, -(i)l
58. Bajaruvchisi noma’lum bo‘lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe’l shakli qanday nisbat deyiladi? A) O‘zlik nisbat B) Majhul nisbat D) Ortirma nisbat