80. Ravishdoshning -a//-yshakliga qo‘shiluvchi boshlamoq ko‘makchi fe’li harakatning 1…, olmoq ko‘makchi fe’li esa harakatni 2 ... ma’nosini ifodalaydi. Nuqtalar o‘rniga kerakli jumlalarni qo‘ying. A) 1) davomiyligini 2) bajarishga imkoniyat mavjudligi
B) 1) tez va oson bajarilishini 2) Boshlanishi
D) 1) Boshlanishi, 2) bajarishga imkoniyat mavjudligi
81. Yotmoq, yurmoq, turmoqko‘makchi fe’llari ravishdosh-ning -(i)b shakliga qo‘shilib, harakatning qandayligini bildiradi? A) Davomiyligini B) tez va oson bajarilishini D) Boshlanishi
82. Yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq ko‘makchi fe’llari harakatning qandayligini ifodalaydi? A) tez va oson bajarilishini
B) davomiyligini D) bajarishga imkoniyat mavjudligi
83. Chiqmoq ko‘makchi fe’li harakatning qandayligini bildiradi? A) to‘la yakunlanganini
B) tez va oson bajarilishini D) davomiyligini
84. Nisbat va bo‘lishsizlik shakllari … tarkibida kelishi mumkin. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni toping. A) yetakchi fe’l tarkibida B) ko‘makchi fe’l
D) a va b javoblar to‘g‘ri
85. Zamon, shaxs-son qo‘shimchalari qaysi ko‘makchi fe’llarga qo‘shiladi? A) yetakchi fe’l tarkibida B) ko‘makchi fe’l
D) A va B javoblar to‘g‘ri
86. -la, -a qo‘shimchalari qaysi so‘z turkumlaridan fe’l yasaydi? A) ot, sifat, undov so‘zlardan
B) sifat, undov so‘zlardan D) ot, undov so‘zlardan
87. -(a)y, -i, -sira, -saqo‘shimchalari qaysi so‘z turkumlaridan fe’l yasaydi? A) ot va sifatlardan B) ba’zan ravishlardan
D) A va B javoblar to‘g‘ri
88. -(a)rqo‘shimchasi qaysi so‘z turkumlaridan fe’l yasaydi? A) Sifatlardan B) Otdan D) Undov so‘zdan
89. -sira qo‘shimchasi qaysi so‘z turkumlaridan fe’l yasaydi? A) Otdan B) sen, siz olmoshlaridan D) olmoshlaridan
90. Fe’l yasovchi -a qo‘shimchasi qanday so‘zlar kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda, bu so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inidagi unlisi talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi? A) O‘yin, qiyin B) past, sust D) A va B javoblar to‘g‘ri