38. Fikrning tartibini anglatuvchi kirish so‘zni toping.
A) avvalo B) xullas D) demak
39. Qaysi gap tarkibidagi kirish so‘z yakuniy fikr ifodalagan?
A) Mayli, qo‘shiq aytinglar, – debdi Tulki.
B) Xullas, bu ish menga juda foydali bo‘ldi.
D) Bizni do‘stimiz sog‘insin, albatta.
40. Ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gap qatorini toping.
A) Kuz keldi va mevalar g‘arq pishdi.
B) G‘azab, jaholat, adovat, g‘iybat, ta’ma, zulm – yomon xulqlar kishini tubanlik qa’riga tashlaydi.
D) Yurt tinch – sen tinch.
41. Qaysi qatorda ko‘chirma gap muallif gapi orasida kelgan?
A) Majmud Koshg‘ariy “Botir jangda, dono majlisda sinaladi”, – deb aytgandi.
B) Xalqimiz shunday deydi: “Hunar – zar, hunarsiz – xor”.
D) “Inson har doim quvnoq, xushchaqchaq bo‘lishi va baxtiyor yashamog‘i lozim”, – degan edi Forobiy.
42. Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanishi haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) undov belgisi qo‘shtirnoqdan so‘ng qo‘yiladi.
B) Nuqta qo‘shtirnoqdan so‘ng qo‘yiladi. Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelsa, undan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi.
D) Nuqta qo‘shtirnoqdan so‘ng qo‘yiladi.
43. So‘z turkumlaridan qaysi biri atash ma’nosiga ega?
A) barcha so‘z turkumlari B) mustaqil so‘z turkumlari
D) yordamchi so‘z turkumlari
44. U dushman bilan sher kabi olishdi. Ushbu gapda nechta mustaqil so‘z mavjud?
A) 6 ta B) 4 ta D) 3 ta
45. Otlar gapda qanday vazifada keladi?
A) bosh va ikkinchi darajali bo‘lak B) ega va to‘ldiruvchi
D) bosh va ikkinchi darajali bo‘lak, undalma
46. Otlarga qo‘shilib, ularni o‘zidan keyin kelgan boshqa so‘zlarga tobelashtirib bog‘lab keladigan qo‘shimchalar …
A) kichiraytirish qo‘shimchalari B)kelishik qo‘shimchalari
D) ko‘plik qo‘shimchasi
47. Qaysi qatordagi so‘zlar tushum kelishigidagi so‘z bilan birga qo‘llanishi mumkin?
A) bordi, o‘qidi B) tushundi, ko‘rdi D) o‘rgandi, chiqdi
Dostları ilə paylaş: |