59. -ar qo‘shimchasi orqali qaysi zamon ma’nosi ifodalanishi mumkin? A) o‘tgan zamon B) kelasi zamon D) o‘tgan va kelasi zamon
60. Fe’ldan anglashilgan ish-harakatning tinglovchiga tegishli ekanligini bildiruvchi qo‘shimcha qo‘llangan qatorni toping. A) Men ham o‘zimni kulgidan to‘xtata olmadim.
B) Atirgul shunday chiroyli ediki, Oqiljon qarab to‘ymasdi.
D) Yer haydasang, kuz hayda.
61. Harakatning holatini ifodlagan ravish qaysi qatorda qo‘llangan? A) Qayerda ahillik bo‘lsa, o‘sha yerga qayg‘u yaqin kelolmas.
B) Tez-tez kitob o‘qib turilsa, fikr ravshanlashadi.
D) Alisher koptokni do‘stiga berdi.
62. Uyushiq bo‘laklarni bog‘lash uchun qo‘llangan bog‘lovchini toping. A) Qaynoq va sho‘x kuylarga, joydir go‘zal vatanim.
B) Keyin Salima va oyisi mezbonlar bilan xayrlashib uylariga qaytishdi.
D) Barcha javoblar to‘g‘ri
63. Qaysi qatorda ko‘makchi otni sifatga bog‘lab kelgan? A) Ona kabi mehribon. B) Halimdan katta.
D) Do‘stlar bilan suhbat.
64. Qaysi qatordagi nuqtalar o‘rniga ko‘makchi qo‘llab bo‘lmaydi? A) Mustaqillik … gaplashdik. B) Onam … salom berdim.
D) Maktab … jo‘nadim.
65. Ko‘makchilar haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri? A) otlarni felga bog‘lab keladi B) otlarni sifatga bog‘lab keladi
D) otlarni ravishga bog‘lab keladi
66. Chiziqcha bilan ajratib yoziladigan yuklamalar qatorini toping. A) -chi, -u(-yu), -a(-ya) B) -mi, -oq(yoq), -chi
D) -a(-ya), -u(-yu), -oq(-yoq)
67. Qaysi qatorda qo‘shma fe’l berilmagan? A) sotib olmoq B) yozib olmoq D) olib chiqmoq
68. Qaysi qatordagi qo‘shma so‘zda imloviy xato mavjud? A) umrboqiy B) olijanob D) bir yo‘la
69. Qaysi qatorda qo‘shma so‘z berilmagan? A) erksevar B) har yon D) o‘qib chiqmoq
70. Qaysi qatorda juft so‘z berilmagan? A) oz-moz B) mo‘l-ko‘l D) barchasi to‘g‘ri