102. Qanday fe’l qismlari doimo chiziqcha bilan yoziladi? A) takroriy fe’llar B) juft fe’llar
D) A va B javoblar to‘g‘ri
103. Fe’llar harakat-holatni ifodalashiga ko‘ra qanday ma’no guruhlariga ajraladi? A) nutqiy faoliyat fe’llari, aqliy faoliyat fe’llari
B) jismoniy faoliyat fe’llari, holat fe’llari
D) A va B javoblar to‘g‘ri
104. Qaysi zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin bo‘lganini bildiradi? A) O‘tgan zamon B) Kelasi zamon D) Hozirgi zamon
105. Qaysi zamon shakllari fe’l asoslariga -di, -(i)b, -gan
(-kan, -qan) qo‘shimchalarini va ulardan so‘ng shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi? A) O‘tgan zamon B) Kelasi zamon D) Hozirgi zamon
106. Qaysi qo‘shimchasi bilan yasalgan o‘tgan zamon shakli so‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan harakat va holatni bildiradi. Bu qo‘shimchadan so‘ng shaxs-son qo‘shimchasining -m, -k (qoldim, qoldik), -ng, -ngiz (qolding, qoldingiz) shakllari qo‘llaniladi? A) -(i)b B) –di D) -gan
107. Qaysi qo‘shimchasi bilan yasalgan o‘tgan zamon shakli ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi va bu qo‘shimchadan so‘ng shaxs-son qo‘shimchasining -man, -miz, -san, -siz, -di(-lar) shakllari qo‘shiladi? A) -(i)b B) -di D) -gan
108. Qaysi qo‘shimchasi bilan yasalgan o‘tgan zamon shakli harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi va bu qo‘shimchadan so‘ng shaxs-son qo‘shimchasining -man, -miz; -san, -siz shakllari qo‘shiladi? A) -(i)b B) -di D) -gan
109. Qaysi zamon shakllari fe’l asoslariga -yap(ti), -moqda, -(a)yotir, -(a)yotib qo‘shimñhalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi? A) O‘tgan zamon B) Kelasi zamon D) Hozirgi zamon
110. Qaysi zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi. Shaxs-son qo‘shimchalari zamon qo‘shimchalaridan so‘ng qo‘shiladi? A) O‘tgan zamon B) Kelasi zamon D) Hozirgi zamon