111. Qaysi zamon shakllari harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan so‘ng yuz berishini bildiradi? A) O‘tgan zamon B) Kelasi zamon D) Hozirgi zamon
112. Qaysi zamon shakllari fe’l asoslariga -a, -y, -(a)r qo‘shimchalarini va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi? A) O‘tgan zamon B) Kelasi zamon D) Hozirgi zamon
113. Fe’l ifodalagan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllari nima deyiladi? A) mayl shakllar B) zamon shakllari D) A va B javoblar to‘g‘ri
114. Fe’llarning nechta mayl shakli mavjud va ular qaysilar? A) 3 ta – 1) xabar mayli; 2) buyruq-istak mayli; 3) shart mayli.
B) 2 ta – 1) xabar mayli; 2) buyruq-istak mayli
D) 1 ta – xabar mayli
115. Harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi xabar, darakni bildiruvchi fe’l shakli nima deyiladi? A) xabar mayli shakli B) buyruq-istak mayli D) shart mayli
116. Qaysi mayli shakli maxsus qo‘shimchaga ega emas. Zamon va shaxs-son qo‘shimchalarini qabul qilgan fe’llar hisoblanadi. A) xabar mayli shakli B) buyruq-istak mayli D) shart mayli
117. Harakat va holatni bajarish yoki bajarmaslik haqidagi buyruq, istak, iltimos, maslahat ma’nolarini bildirgan fe’l shakli nima deyiladi? A) xabar mayli shakli B) buyruq-istak mayli D) shart mayli
118. Qaysi mayl shakllari fe’l asoslariga quyidagi qo‘shimchalarni qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi: -(a)y, -(a)yin,
-gin (-kin, -qin), -(i)ng, -sin, -(a)ylik, -(i)nglar. A) xabar mayli shakli B) buyruq-istak mayli D) shart mayli
119. Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo‘lgan harakat va holatni, shuningdek, istak-xohishni bildirgan fe’l shakli shakli nima deyiladi? A) xabar mayli shakli B) buyruq-istak mayli D) shart mayli
120. Shart mayli qaysi qo‘shimcha bilan yasaladi? A) -sa B) -(a)y, -(a)yin D) -gin (-kin, -qin)