O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
TARIX VA FALSAFA FAKULTETI
SHARQ MAMLAKATLARI TARIXI YO‘NALISHI
KURS ISHI
MAVZU: “Fors tilida aorist (hozirgi-kelasi zamon shart-istak mayli) ishlatilishi”
Bajaruvchi: Sharq mamlakatlar tarixi yo‘nalishi 4-kurs sirtqi ta’lim 4-kurs fors-ingliz guruhi talabasi Turonboyeva Gulbahor
Ilmiy rahbar: Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi
Toshkent-2022
MUNDARIJA
Reja……………………………………………………………………
Kirish …………………………………………………………………
I. Fors tilida fe'lning shart-istak mayli…………………………………………
1.1. Hozirgi-kelasi zamon shart-istak mayli ……………………………………..
II. Fors tilida hozirgi-kelasi zamon shart-istak maylining
Ishlatilish holatlari……………………………………………………
2.1. Orzu-istak bildirgan sodda gaplarda ……………………………
2.2. Modal fe'llar va modal so'zlardan so'ng ….…………………….
2.3. Maqsad ergash gapda ………………………………………….
2.4 To'ldiruvchi ergash gapda……………………………………….
2.5 Shart ergash gaplarda …………………………………………
Xulosa ………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .…………………………….
KIRISH
SHART-ISTAK MAYLI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Harakatning real borliqqa bo’lgan munosabatini ko’rsatuvchi grammatik kategoriyaga mayl deyiladi. Mayl kategoriyasi predikativlik aloqasining ifodalanishida asosiy formalardan biridir. Shunga ko’ra mayl kategoriyasi harakatning voqelikka munosabatini emas, balki so’zlovchi bilan fe’ldan anglashilgan harakat aloqasining real borliqqa munosabatini ifodalaydi. Jumladan; yoz, kel, o’qi, yozsa, kelsa, o‘qisa kabi, fe’l formalarida voqelikda yuz bermagan, reallashmagan, faqat uning bajarilishi bilan bog’liq so’zlovchining turlicha munosabatini ko’rsatgan harakat ifodalansa, yozdi, kelgan, o‘qiyotir kabi formalar esa harakatning bajarilganligini yo bajarilayotganini, uning reallashganini, nutq momentida uning natijasi mavjudligini bildiradi. Mayl kategoriyasi orqali anglashilgan ma’nolar modal ma’nolar ham hisoblanadi. Chunki fe’l formalari bilan ifodalangan harakat, voqea-hodisani bajarishga xohish, istak, aniqlik kabilar bevosita modallik kategoriyasi bilan bog`langan. Lekin modallik maylga nisbatan kengroqdir. Fikrning real voqelikka munosabatini ko’rsatgan modallik kategoriyasi fe’lning mayl formalaridan tashqari, tilning boshqa vositalari orqali ham ifodalanadi. Mayl kategoriyasi zamon va shaxs kategoriyasi bilan uzviy bog`langan bo’lib, fe’lning tuslanish sistemasiga kiradi.
O’zbek tilida fe’lning mayl formalari turli ko’rinishlarga ega bo’lib, bular ma’no va morfologok ifodalanish jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Hozirgi o’zbek tilida maylning quyidagi turlari bor: aniqlik mayli, buyruq mayli, istak mayli va shart mayli.
Beshta eron tilshunosi tomonidan yozilgan fors tili grammatikasida fe‟lning quyidagi mayllari keltirilgan:
1. وجه اخباری [vajh-e axbāri] – darak mayli
2. وجه التزامی [vajh-e- eltezāmi] – shart-istak mayli
3. وجه شرطی [vajh-e šarti] – shartli mayl
4. وجه امری [vajh-e amri] - buyruq mayli
5. وجه وصفی [vajh-e vasfi] – aniqlovchi mayl
6. وجه مصدری [vajh-e masdari] – noaniq mayl
Eron tilshunosi doktor Parviz Notel Xonlari tomonidan yozilgan fors tili dasturida دستور زبان فارسی' (Dastur-e zabān-e fārsi ) fe’lning to’rt mayli berilgan:
1. وجه اخباری [vajh-e axbāri] – darak mayli
2. وجه التزامی [vajh-e- eltezāmi] – shart-istak mayl
3. وجه شرطی [vajh-e šarti] – shartli mayl
4. وجه امری [vajh-e amri] – buyruq mayli
Lekin rus va o’zbek eronshunoslari tomonidan yozilgan fors tili grammatikalarda maylning quyidagi turlari ko’rsatilgan:
1. darak mayli – وجه خبری
2. buyruq mayli – وجه امری
3. shart-istak mayli – وجه شرطی
.۲٩ -۱۳. „ دکتر پرویز ناتل خاتلری ' دستور زبان فارسی'۳۱٣١ تهران Ю.А.Рубинчик. Грамматика современного персидского литературного языка.,М.2001г. 238стр
Fors tilida fe’lning shart-istak mayli
وجه التزامی
Fors tilida shart-istak mayli biror ish-harakatning yuzaga chiqishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo’lgan ish-harakatni bajarilish-bajarmaslik haqida istak, maslahat, gumon, imkon, faraz hamda zaruriyat kabi ma’nolarni anglatadi va وجه التزامیdeb ataladi.
Fors tilida shart-istak mayli ikki zamonga ega: hozirgi-kelasi zamon (aorist) va o‘tgan zamon.
Hozirgi-kelasi zamon shart-istak mayli
Fors tili grammatikasida مضارع التزامی deb atalgan bu fe’l shakli rus tilida nashr etilgan ko’pgina fors tili darslik va grammatikalarida “AORIST” deb nomlanadi. Bu Grammatik kategoriya shart-istak mayli deb atalsa ham, gapda shart va istakdan boshqa yana bir qancha ma’nolarni anglatib keladi. Agar hozirgi- kelasi zamon fe’li biror ish-harakatning bajarilishi aniq ekanligini ko’rsatsa, مضارع التزامی ish-harakat ma’lum shart, istak, imkon, zaruriyat, majburiyat orqali amalga oshishi yoki uning bajarilishi gumon ekanligini bildiradi.
Fors tilida مضارع التزامی fe’llarning hozirgi zamon negiziga به [be]- prefiksi va oxiriga shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish orqali yasaladi:
بخواند [bexānad] – o‘qisin
کار کنم [kār ko’nam]– ishlasam, ishlay.
Bo’lishli shakli
خواندن [xāndan] fe’lining tuslanishi
Birlik مفرد
I بخوانم [bexānam] - o’qiymi? o‘qitaymi
II بخوانی [bexāni] - o‘qisang, o‘qigin
III بخواند [bexānad] - o‘qisa, o'qisin
Ko‘plik جمع
I بخوانیم [bexānim ] - o‘qiylik, o'qisak
II بخوانید [bexānid] - o'qisangiz, o'qingiz
III بخوانند [bexānand] – o’qisalar, o’qisinlar
نویشتن [naveshtan] fe’lining tuslanishi
Birlik مفرد
I بنویسم [benavisam] - yozsam, yozay
II بنویسی [benavisi] – yozsang
III بنویسد [benavisad] - yozsa, yozsin
Ko‘plik جمع
I بنویسیم [benavisim] - yozsak, yozaylik
II بنویسید [benavisid] - yozsangiz
III بنویسند [benavisand] - yozsalar, yozsinlar
Aoristning bo’lishli shaklida ikkita urg’u bo’lib, asosiy urg’u به [be] - old qo’shimchasiga tushadi, ikkinchi zaifroq urg’u shaxs-son qo’shimchalariga tushadi.
بنویسم [benavisam] - yozsam, yozay
بخوانم [bexānam] - o’qiymi? o‘qitaymi
Fors tilidagi shart-istak maylining shakllari buyruq-istak maylining I va III shaxsga xos ma’nolarini ifodalaydi:
بنویسم [benavisam] – yozsam, yozay,
بنویسد [benavisad] – yozsa, yozsin.
Murakkab fe’llardan hozirgi-kelasi zamon shart-istak mayli yasalganda به [be]- old qo’shimchasi qo’shilishi ham, qo’shilmasligi ham mumkin
Bo’lishli shakli
کار کردن [kār kardan] fe’lining tuslanishi
Birlik مفرد
I کار بکنم [kār beko’nam] - کار کنم [kār ko’nam] - ishlasam, ishlay
II کار بکنی [kār beko’ni] - کار کنی [kār ko’ni] - ishlasang, ishla
III کار بکند [kār beko’nad] - کار کند [kār ko’nad] - ishlasa, ishlasin
Ko‘plik جمع
I کار بکنیم [kār beko’nim] - کار کنیم [kār ko’nim] - ishlasak, ishlaylik
II کار بکنید [kār beko’nid] - کار کنید [kār ko’nid] - ishlasangiz
III کار بکنند [kār beko’nand] - کار کنند [kār ko’nand] - ishlasalar, ishlasinlar
Old qo’shimchali (prefiksli) fe’llardan aorist yasalganda به [be] old qo’shimchasi odatda tushib qoladi. Masalan; فرا گرفتن [farā gereftan] fe’li. Uning hozirgi zamon negizi فرا گیر [farā gir].
Bo’lishli shakli
فرا گرفتن [farā gereftan] fe’lining tuslanishi
Birlik مفرد
I فرا گیرم [farā giram] - qamrab olsam
II فرا گیری [farā giri] - qamrab olsang
III فرا گیرد [farā girad] - qamrab olsa
Ko‘plik جمع
I فرا گیریم [farā girim] - qamrab olsak
II فرا گیرید [farā girid] - qamrab olsangiz
III فرا گیرند [farā girand] - qamrab olsalar
Prefiksli fe’llarda urg’u prefiksga, qo‘shma fe’llarda esa qo’shma fe’lning ot qismidagi so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. Masalan:
بر خیزم [bar-xizam] استراحت کنم [esterohat ko’nam]
Ushbu maylning bo’lishsiz shaklida به [be] - prefiksi o’rniga نه [na] - prefiksi inkor yuklamasi qo’yiladi: ننویسم [nanevisam] - yozmasam, بر نگردم [barnagardam] – qaytmasam, qaytmay.
Inkor shakli
خواندن [xāndan] fe’lining tuslanishi
Birlik مفرد
I نخوانم [naxānam] - o‘qimasam
II نخوانی [naxāni] - o'qimasang
III نخواند [naxānad] - o‘qimasa
Ko’plik جمع
I نخوانیم [naxānim] - o'qimasak
II نخوانید [naxānid] - o‘qimasangiz
III نخوانند [naxānand] - o‘qimasalar
Bu yerda ham asosiy urg‘u نه – [na] inkor yuklamasiga tushadi, shaxs-son qo‘shimchalariga esa kuchsizroq urg‘u tushadi.
مضارع التزامی ning bo’lishsiz shaklida fe’lning sodda, prefiksli yoki qo‘shma fe’l bo’lishligidan qat’i nazar, urg‘u نه [na] - inkor yuklamasiga tushadi.
Eslatma:
1.بودن –[budan]- bo’lmoq, emoq fe’li aorist shaklida kelganda به -be old qo‘shimchasini olmaydi.
Bolishli shakli
Birlik مفرد
I باشم [bāšam] - bo’lsam
II باشی [bāši] - bo’lsang
III باشد [bāšad] - bo’lsa
Ko‘plik جمع
I باشیم [bāšim] - bo’lsak
II باشید [bāšid] - bo’lsangiz
III باشند [bāšand] - bo’lsalar
2.Hozirgi zamon negizi unli tovush bilan boshlanuvchi yoki tugovchi fe’lning aoristdagi imlo qoidasi xuddi hozirgi-kelasi zamon fe’li kabi bo’ladi.
Hozirgi-kelasi zamon shart-istak mayli (aorist) majhul nisbatda
Bo’lishli shakl
Birlik مفرد
I دیده بشوم [dide bešavam] - ko‘rinsam, ko'rinay
II دیده بشوی [dide bešavi] - ko‘rinsang
III دیده بشود [dide bešavad] - ko‘rinsa, ko‘rinsin
Ko‘pIik جمع
I دیده بشویم [dide bešavim] - ko'rinsak, ko‘rinaylik
II دیده بشوید [dide bešavid] - ko‘rinsangiz
IIIدیده بشوند [dide bešavand] - ko'rinsalar, ko'rinsinlar
Inkor shakli به – [be] old qo‘shimchasi o‘rniga نه – [na] inkor
yuklamasini qo'shish orqali yasaladi.
FORS TILIDA HOZIRGI ZAMON SHART-ISTAK MAYLINING ISHLATILISH HOLATLARI
1. Orzu-istak bildirilgan sodda gaplarda.
2. Modal fe’l va modal so'zlardan so‘ng.
3. Maqsad ergash gaplarda.
4. To’ldiruvchi ergash gaplarda.
5. Shart ergash gaplarda.
Bundan tashqari پیش از اینکه [pish az inke], قبل از اینکه [qabl az inke], …dan avval, …dan ilgari; پس از آنکه [pas az onke] بعد از آنکه [bad az onke], ...dan keyin, ...dan so‘ng; بی آنکه [bi onke], بدون اینکه [bedun-e inke] ...masdan bog‘lovchilaridan so‘ng kelgan gapning kesimi ham مضارع التزامی shaklida bo‘ladi.
Fors tilida aorist modal so’z va iboralar hamda modal fe’llar bilan qo’llanadi va ish-harakatni bajarish-bajarmaslik haqida istak, gumon, imkon, zaruriyat kabi ma’nolardan tashqari bilvosita buyruq, chaqiriq, harakatga qo’zg’atish, da’vat ma’nolarini ham ifodalaydi:
بگذار جواب بدهد [begozār javāb bedehad] - Uning o‘zi javob bersin!
بخواند [bexānad] - O‘qisin!
1. Orzu-istak bildirgan sodda gaplar
Orzu-istak ma’nosini bildirgan sodda gaplar tarkibida مضارع التزامی quyidagi holatlarda ishlatiladi:
1. Harakatga undash, yumshatilgan buyruq ma’nolarida. Bu turdagi sodda gaplar ko’proq I shaxs ko’plik formada bo’ladi.
بنویسیم [benavisim] – (kelinglar) yozamiz, yozaylik(mi);
بگوئیم [benavisim] – (kelinglar) aytamiz, aytaylik(mi)
Shu yuqoridagi manoni ifodalash uchun fe’lning مضارع التزامی shakli oldidan ﺑﻴﺎ [beyā] – kel, بیائید [beyāyid] - keling yuklamalari ishlatilishi mumkin.
ﺑﻴﺎ ﺑرویم [beyā beravim] – kel, ketdik; kel, ketaylik.
بیائید برویم [beyāyid beravim] - kelinglar, ketamiz; qani, ketaylik.
III shaxs birlikda بگذار [begozār] - qo‘y, qo‘yaver yuklamalari kelishi mumkin
. بگذار بخواند [begozār bexonad] – qo’y,o.’qisin; qo’yaver, o’qiyersin
ﺑگذﺍر ﺑرود [begozār beravad] – qo’y, ketaqolsin; qo’yaver, ketaversin, mayli ketsin.
2. Xohishni, ikkilanishni bildirayotgan sodda so’roq gaplarda ishlatiladi:
بخوانم؟ [bexānam] – o’qiymi?
او هم بیاید؟ [u ham beyāyad] - u ham kelsinmi?
ایىجا باشیم؟ [injā bošim] - shu yerda bo’laylikmi?
Ba’zi hollarda به [be] - old qo‘shimchasi tushib qolishi ham mumkin. Masalan:
چه کنم، کجا روم درد خود را به که گویم؟ [che ko’nam, ko’jo ravam va dard-e xo‘d rо be ke guyam?] - Qayerga boray, nima qilay va dardimni kimga aytay?
2. Modal fe’llar va modal so‘zlardan so‘ng
Modal fe’llar deb gapning tarkibida ishlatilganda o‘z mustaqil ma’nosini yo‘qotib, asosiy ish-harakatni ifodalovchi fe’lga nisbatan qo'shimcha ma’no anglatuvchi fe’llarga aytiladi.
Modal fe’llar va modal so'zlar ishlatilgan gapning kesimi hozirgi-kelasi zamon shart-istak mayli (aorist)da bo’lishi shart.
Ya’ni modal fe’l (so‘z) + aorist shaklida ishlatiladi. Aoristning o‘zida ma’nolar turli tuman bo’ladi (xohish, istak, shart, majburiyat, gumon va boshqa.) Modal fe’l yoki modal so‘z ana shu ma’nolardan qay biri ishiatilayotganligini ko‘rsatadi.
Fors tilida asosan 3ta modal fe'l bor:
خواستن - خواه [xāstan, xāh] – xohlamoq, istamoq
توانستن - توان [tavānestan, tavān] - qodir bo’lmoq, qila olmoq
بایستن - بای [bāyestan, bāy] kerak bo’lmoq, zarur bo’lmoq
Bu modal fe’llar ma’lum bir fe’lning aorist shakli bilan birga ishlatilib, tegishii ma’nolarni ifodalaydi.
خواستن [xāstan] modal fe’lini ishlatganda, u hozirgi-kelasi zamon fe’li shaklida yoziladi va ish-harakatni bildiruvchi yetakchi fe’l aorist shaklida turadi.
Modal fe’l bilan aoristda turgan fe’l shaxs va sonda o‘zaro moslashadi.
توانستن [tavānestan] modal fe’li ishlatilganda u ham hozirgi-kelasi
zamon fe’li shaklida bo’ladi. Asosiy fe’l aorist shaklida turadi
بایستن [bāyestan] fe’li gap tarkibida kelganda tuslanmaydi, ya’ni
hech qanday shaxs-sonni ko‘rsatmaydi. Uning باید [bāyad] shakli
barcha shaxs va sonda turgan aorist bilan moslashaveradi
Bu fe’ldan shaxssiz iboralar yasash uchun بایستن [bāyestan] fe’lining III shaxs birlik bo’lishli yoki bo‘lishsiz shakllariga asosiy fe’lning qisqa infinitiv shakli qo'shiladi. Fe’lning qisqa infinitiv shakli noaniq shakldan ن - an qo‘shimchasini olib tashlash yo‘li bilan yasaladi:
رفتن [raftan] — رفت [raft]; گفتن [go’ftan] - گفت [go’ft] va h.k.
Masalan:
باید گفت [bāyad go’ft] - aytish kerak
نباید گفت [nabāyad go’ft] - aytish kerak emas
من می خواهم فردا به تاتر بروم
[man mixāham fardā be teātr beravam.]
Men ertaga teatrga bormoqchiman.
دوستم می خواهد زبان فارسی را یاد بگیرد
[dustam mixāohad zabān-e fārsiri yād begirad.]
Do‘stim fors tilini o‘rganmoqchi.
. من می توانم به زبان فارسی حرف بزنم
[man mitavānam be zabān-e fārsi harf bezanam.]
Men fors tilida gaplasha olaman.
او می تواند این جمله را به فارسی ترجمه بکند
[u mitavānad in jomlerā be fārsi tarjome bekonad.]
U bu jumlani forschaga tarjima qila oladi.
ما باید ساعت چهار به ورزشگاه برویم
[mā bāyad sāat-e čahār be varzešgāh beravim.]
Biz soat to‘rtda stadionga borishimiz kerak.
Quyidagi modal so’zlardan keyin kelgan gapning kesimi doimo مضارع التزامی shaklida bo’ladi:
شاید [šāyad] - ehtimol, shoyad, bo’lsa kerak
ممکن است [momken ast ] – mumkin
ممکن نیست [momken nist] – mumkin emas
احتمال میرود [ehtemāl miravad] – ehtimol
احتمال نمیرود [ehtemāl namiravad] – bo’lishi mumkin emas.
هوا سرد است شاید برف ببارد
[havā sard ast šāyad barf bebārad.]
Havo sovuq, ehtimol qor yog`ar.
ممکن است بعد از چند ماه کار علمی خود را بپایان برساند
[momken ast ba'd az čand māh kār e'lmi-ye xodrā bepāyān berasānad.]
Bir necha oydan so‘ng o‘z ilmiy ishini tamom qilishi mumkin.
ممکن نیست او هر روز درس خود را حاضر نکند
[momken nist u har ruz dars-e xod rā hāzer nakonad.]
U har kuni darsini tayyorlamasligi mumkin emas.
احتمال دارد موقه تعتلات زمستانی به شهر دوشنبه برویم
[ehtemāl dārad mouqe'e ta'tilāt-e zemestāni be šahr-e dušanbe beravim.]
Ehtimol, qishki ta'tilda Dushanbe shahriga borarmiz.
خواهش کردن - [xāheš kardan] – xohlamoq (h. z. neg. کن), میا داشتن [meyl dāštan] (h. z. neg. دار) fe’li ham modal fe’llar sirasiga kirib, xohlamoq, istamoq ma’nolarini beradi.
Bu fe’l ishlatilgan gapning kesimi ham aoristda turadi.
میل دارم این کتاب را بخواهم
[meyl dāram in ketāb-rā bexānam]
Bu kitobni o‘qimoqchiman(o‘qish istagim bor).
Bunday jumlalarning tuzilishi quyidagicha bo’ladi:
1. Modal fe’l egadan so‘ng turadi, aorist shaklidagi yetakchi fe’l gapning oxirida keladi. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari ikki fe’l oralig’iga joylashadi:
تو می خواهی با دوستان خود برای گردش به پارک بروی
[to mixāhi bā dustāne xod barāye gardeš be pārk beravi]
Sen o‘z do‘stlaring bilan sayr qilish uchun parkka bormoqchimisan?
2. Modal fe’l va aorist shaklidagi yetakchi fe’l yonma-yon holatda gapning oxirida turishi mumkin.
تمام افراد خانواده ی ما می خواهند استراحت کنند
[tamām-e afrād-e xānevāde-ye тo’ mixāhand esterāhat ko’nand]
Oilamizning hamma a’zolari dam olmoqchilar.
Modal fe’l va aorist juftligidagi bo’lishsiz ma’no نه -na inkor
yuklamasini modal fe’liga qo‘shish orqali yasaladi.
من نمی خواهم بنویسیم
من نمی توانم بنویسیم
من نباید بنویسیم
3. Maqsad ergash gapda
Maqsad ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning maqsadini bildirib keladi. Fors tilida avval bosh gap, so’ng maqsad ergash gap keladi va ergash gapning kesimi مضارع التزامی shaklida bo’ladi.
من به مغازه ی کتابفروشی رفتم که رباعیات عمر خیام را بخرم
[man be maγāze-ye ketābforuši raftam ke robāiyāt-e omar xayyāmro bexaram.]
Men Umar Xayyom ruboiylarini sotib olish uchun kitob magaziniga bordim.
او پنجره را باز کرد تا هوای اطاق عوض شود
[u panjarerā bāz kard tā havaye otāq avaz šavad.]
Uyning havosi almashsin deb, u derazani ochdi
آنها هر روز ورزش میکنند برای آنکه سالم باشند
[ānhā har ruz varzeš mikonand baroyi ānke sālem bāšand.]
Ular sog`lom bo‘layin deb, har kuni badantarbiya qiladilar.
این لغت را به او دادم که او هم از آن استفاده کند
[in log`atrā be u dādam ke u ham az ān estefāde konad.]
Bu lug`atni u ham foydalansin deb, unga berdim.
4. To‘ldiruvchi ergash gapda
To’ldiruvchi sodda gap tarkibida ishtirok etsa, kesimni to’ldiradi, ya’ni o‘sha ish-harakatning nimaga yo'naltirilganligini, nima vositasida bajarilganligini yoki bajarilishini bildiradi. Xuddi shuningdek, to’ldiruvchi ergash gap ham bosh gapdagi kesimni shunday usulda to’ldiradi. To’ldiruvchi ergash gap umumiy kimni? nimani? kim? nima? so‘roqlariga javob bo’ladi. Fors tilida oldin bosh gap keyin to’ldiruvchi ergash gap keladi va ular faqat که -[ke] bog’lovchisi orqali bog’lanadi.
To’ldiruvchi ergash gap bosh gapning kesimini to’ldirib keladi.
Agar bosh gapnig kesimi modal fe'llarning biri bilan ifodalangan bo’lsa, to’ldiruvchi ergash gapning kesimi مضارع التزامی da turadi:
تو میخواهی که مادرت پیش استاد تو برود
[to’ mixāhi ke mādarat piš o’stād-e to’ beravad.]
Onang o‘qituvching oldiga borishlarini xohlaysan.
من از او خواهش کردم که ساعت هفت شب بییاید
[man az u xāhesh kardam ke soat haft-e šab biyāyad.]
Undan soat yettida kelishini so‘radim.
To’ldiruvchi ergash gap talaffuz qilinayotganda bosh gapdan pauza - to'xtalish orqali ajratiladi. Bosh gap balandroq ohangda o‘qiladi.
5. Shart ergash gaplarda
Shart ergash gap bosh gapdagi ish-harakat yoki holatning bajarilish shartini bildiradi.
Shart-ergash gapda ish-harakat kelasi zamonga oid bo’lsa, shart ergash gapning kesimi shaklida keladi:
اگر او را ببینید به او بگویید که من مریضم و نمیتوانم امروز سر درس بیایم
[agar u rā bebinid be u beguyid ke man marizam va namitavānam emruz sar-e dars biyāyam.]
Agar uni ko’rsangiz, men kasalligimni va bugun darsga bora olmasligimni aytib qo‘ying.
اگر باران نبارد فردا به گردش میریم
[agar bārān nabārad fardā be gardeš miravim.]
Agar ertaga yomg`ir yog`masa sayrga chiqamiz.
اگر پیش من بیایید، این کتاب را به شما میدهم
[agar piš-e man biyāyid, in ketābrā be šomā mid,eham.]
Agar mening oldimga kelsangiz, bu kitobni sizga beraman
اگر شما دوست مرا پیش فردا ببنید، به خانه ی خود دعوت بکنید
[agar šomā dust-e marā pas fardā bebinid, urā be xāne-ye xod da'vat bekonid.]
Agar indinga siz mening do’stimni ko’rsangiz, uyingizga taklif qiling.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, fors tilida shart-istak mayli biror ish- harakatning yuzaga chiqishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo’lgan ish-harakatni bajarilish-bajarmaslik haqida istak, maslahat, gumon, imkon, faraz hamda zaruriyat kabi ma’nolarni anglatadi.
O’z navbatida shart-istak mayli ikki zamonga ega: hozirgi-kelasi zamon (aorist) va o‘tgan zamon.
Fors tilida aorist modal so’z va iboralar hamda modal fe’llar bilan qo’llanadi va ish-harakatni bajarish-bajarmaslik haqida istak, gumon, imkon, zaruriyat kabi ma’nolardan tashqari bilvosita buyruq, chaqiriq, harakatga qo’zg’atish, da’vat ma’nolarini ham ifodalaydi. Hozirgi zamon shart-istak mayli majhul nisbatga ham ega.
Hozirgi zamon shart-istak mayli asosan, orzu-istak bildirgan sodda gaplar, modal fe’llar va modal so’zlardan so’ng, maqsad ergash gapda, to’ldiruvchi ergash gapda, shart ergash gaplarda ishlatilishini kuzatdik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. A. Хожиев. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Т., Ўқитучи. 1980 й
2. Ю.А. Рубинчик. Основы фразеологии персидкого языка. М., Наука. 1981 г
3. М. Ламзден. Grammar of the Persian language. Грамматика персидского языка. Калькутта 1910 г
4. Рубинчик Ю.А. Грамматический очерк современного персидского языка. Приложение к Персидско-русскому словарю в 2-х томах под ред. Ю.А.Рубинчика. Изд. 3-е, стереотипное. – М.: Русский язык, 1985.
5. Рубинчик Ю.А. Грамматика современного персидского литературного языка. – М.: Восточная литература РАН, 2001
6. У. Мирзаев. Ўзбек тили. Т.,1970 йил
7. Л. С. Пейсиков. Вопросы синтаксиса персидского языка. М., 1959 г
8. Ю. А. Рубинчик. Грамматический очерк персидского языка. М., 1983 г
9. Пейсиков Л.С. Лексикология персидского языка – М 1959
10. Пейсиков JI.C. Очерки по словообразованию персидского языка. МГУ, Москва, 1973.
11. Рубинчик Ю.А. Грамматика современного персидского литературного языка. Москва, 2001.
12. A. Qur’onbekov, A. Vohidov, T.Ziyayeva.”Fors tili”,Toshkent, 2020.
13. Malik Abdusamatov. “Fors tili”, Toshkent, 2020.
Dostları ilə paylaş: |