Ona tili o‘qitish metodikasi “Metod” so‘zi qaysi tildan olingan?


Harakat nomi otlar kabi qanday qo‘shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo‘laklari vazifasida keladi?



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə55/195
tarix26.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#102733
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   195
Ona tili o‘qitish metodikasi “Metod” so‘zi qaysi tildan olingan

68. Harakat nomi otlar kabi qanday qo‘shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo‘laklari vazifasida keladi?
A) egalik, kelishik va ko‘plik
B) egalik, kelishik va zamon D) egalik, mayl va ko‘plik
69. Fe’lning sifatga xoslangan shakli nima deyiladi?
A) Ravishdosh B) Sifatdosh D) Harakat nomi
70. Sifatdoshlar fe’l asoslariga qanday qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi?
A) -gan (-kan, -qan), -ydigan (-adigan ), -(a)yotgan, -(a)r
B) -(i)l, -(u)v, -moq D) (-adigan ), -(a)yotgan, -(a)r
71. Sifatlar shaxs va narsaning turg‘un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar qanday belgisini ifodalaydi?
A) harakat B) o‘zgarish D) A va B javoblar to‘g‘ri
72. Sifatdoshlar fe’l shakli bo‘lgani uchun fe’lga xos bo‘lgan qanday ma’nolarini ifodalaydi?
A) kelishik, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat
B) zamon, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat
D) Egalik, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat
73. Sifatdoshning qaysi qo‘shimchasi shaxs-narsalarning o‘tgan zamonga xos harakat belgisini ifodalaydi?
A) -gan (-kan, -qan) B) -sh, -ish D) -ir, -ar, -iz
74. Hozirgi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga qaysi -(a)yotgan qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi?
A) -sh, -ish B) -ir, -ar, -iz D) -(a)yotgan
75. Kelasi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga qanday qo‘shimchalarini qo‘shish bilan yasaladi?
A) -(a)yotgan B) -ydigan, -adigan, -(a)r D) -ir, -ar, -iz
76. Sifatdoshning bo‘lishsiz shakli sifatdosh hosil qiluvch qo‘shimchalardan oldin qanday qo‘shimchasini keltirish orqali yasaladi?
A) -ma B) -mas D) -dir
77. Fe’lning ravishga xoslangan shakli nima deyiladi?
A) Ravishdosh B) Sifatdosh D) Harakat nomi
78. Ravishdoshning 1 ... shakllari ko‘proq harakatning holatini, ba’zan payt, sababini, 2 ... shakli holatini, 3 ... shakllari paytini, 4 ... shakli maqsadini anglatadi.
Nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni qo‘ying.
A) 1) -(i)b, -a//-y 2) -gancha (-kancha, -qancha) 3) -gach,
(-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha) 4) -gani (-kani, -qani,
-gali)
B) 1) -(i)b, -a//-y, 2) -gancha (-kancha, -qancha) 3) -gani (-kani,
-qani, -gali)
4) gach, (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha)
D) 1) gach, (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha)
2) -gancha (-kancha, -qancha) 3) -gani (-kani, -qani, -gali) 4) -(i)b, -a//-y
79. Ravishdoshning -a//-y, -(i)b shakllariga qo‘shilib, o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi) va tarzi (tezligi, imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq, olmoq, yubormoq, turmoq, chiqmoqsingari fe’llar qanday fe’llar hisoblanadi?
A) Sof fe’l B) Ko‘makchi fe’l D) A va B javoblar to‘g‘ri

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin