QO‘SHMA GAP BO‘YICHA SINTA К TI К TAHLIL Tahlil uchun berilgan gap tuzilishiga ko‘ra qo‘shma gap bo‘lsa,
uning qo‘shma gapning qaysi turiga kirishi, shu qo‘shma gapning
qismlari (sodda gaplar), undan so‘ng qo‘shma gap tarkibidagi sodda
gaplarning o‘zaro bog‘lanish yo‘li aniqlanadi.
I. Bog‘langan qo‘shma gap quyidagicha tartibda tahlil qilinadi:
1. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar va ularning mazmun
jihatdan bog‘lanishi.
2. Sodda gaplarning bog‘lanish yo‘li, bog‘lovchilarning turi.
3. Sodda gaplar orasida qo‘llangan tinish belgilari.
4. Gap bo‘laklari.
296
N a m u n a : Urushdan boylar manfaat topdi, ammo kambag‘allar xonavayron bo‘ldi. 1) ikki sodda gap (qism) bor:
urushdan boylar manfaat topdi, kambag‘allar xonavayron bo‘ldi: qiyoslang: zidlash mazmun
munosabati bor; 2) sodda gap (qism)lar o‘zaro vergul bilan ajratilgan;
3) gap bo‘laklarini aniqlash:
Urushdan
boylar manfaat topdi, ammo
kambag‘allar xonavayron bo‘ldi. II. Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplar quyidagicha tahlil
qilinadi:
1.Qo‘shma gap tarkibidagi qismlar va ularning mazmun jihatidan
bog‘lanishi.
2. Qismlarning bog‘lanish yo‘li.
3. Qismlar orasida qo‘llangan tinish belgilari.
4. Gap bo‘laklari.
Qalandarov smetani o‘qimasdan ovozga qo‘ymoqchi bo‘lgan edi. Saida unga majlis raisi borligini eslatdi (A.Q.)
1) gapdagi qismlar (sodda gaplar): 1.
Qalandarov smetani o‘qimasdan ovozga qo‘ymoqchi bo‘lgan edi; 2. Saida unga majlisda raisi borligini eslatdi; qiyoslash mazmuni; 2) ohang orqali
bog‘langan; 3) ohang yozuvda vergul bilan ifodalangan; 4) gap
bo‘laklarini aniqlash:
Qalandarov smetani o‘qimasdan
ovozga qo‘ymoqchi bo‘lgan edi, Saida unga
majlis raisi borligini
eslatdi. ~ ~ ~ ~ ~ ~
III. Ergash gapli qo‘shma gaplar quyidagicha tahlil qilinadi:
1. Bosh gap va ergash gap. 2. Ergash gapning turi.
3. Ergash gapning o‘rni va tinish belgilari. 4. Ergash gapning bosh
gapga bog‘lanish yo‘li. 5. Gap bo‘laklari.
Agar ergash gapli qo‘shma gapning tarkibidagi sodda gaplar
ikkidan ortiq bo‘lsa, ularning har biri shu tartibda tahlil qilinadi:
Shuni bilib qo‘yingki, xodimlar bir joyda qotib qolgan rahbarni yoqtirmaydilar. 1) bosh gap–
xodimlar bir joyda qotib qolgan rahbarni yoqtirmaydilar; ergash gap–
shuni bilib qo‘yingki ; 2) to‘ldiruvchi
ergash gap; 3) ergash gap gapning boshida kelgan, bosh gapdan vergul
297
bilan ajratilgan; 4) ergash gap bosh gapga
-ki bog‘lovchisi vositasida
bog‘langan; 5) gap bo‘laklarini aniqlash:
Shuni
bilib qo‘yingki, xodimlar bir joyda qotib qolgan rahbarni
yoqtirmaydilar. ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~