Ona tili o'qitish metodikasining ilmiy asoslari o'zaro bog'liq fanlarini dalillash



Yüklə 110,7 Kb.
səhifə10/28
tarix04.04.2023
ölçüsü110,7 Kb.
#92926
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Ona tili o\'qitish metodikasining ilmiy asoslari o\'zaro bog\'liq f

To'rtinch usul:
L harfini o'rganish uchun ilgari o'rganilgan va o'rganilmagan harflardan 7-8 tasi doskaga yozib qo'yiladi. Masalan,
A, N, I, L, M, K, 0
O'quvchlar diqqatini jalb qilib ulardan so'raladi. Mana shu harflardan qaysi biri - L ?
O'qituvchi harflarni birma-bir ko'rsatadi.
- Mana bumi?

  • Yo'q bu-A -
    Oqituvchi A harfini o'chiradi.

  • Mana bumi?

  • Bu - N

  • O'qituvchi N harfini o'chiradi

  • Qaysi biri - L?

  • O'rtasida turgan harf L

  • O'qituvchi L harfini ko'rsatib so'raydi:

  • Bumi, L harfi?

  • Ha!

O'quvchilar L hsrfini ko'rib, uning shaklini eslab qoladilar.
Beshinchi usul:
Dars boshlanishidan oldin o'quvchlar sinfga kirishguncha o'qituvchi yangi o'rganiladigan harflardan 3-4 ta yozib o'chradi va yana yozadi. O'quvchilar darsga kirganlaridan keyin doskaga qaysi harf yozilganligi haqida o'zaro bahslashadilar.
- Qani aytinglarchi, bugun qaysi harf bilan tanishar ekansiz? O'quvchilar doskaga yozilgan harfni birgalikda o'qiydilar. Keyin ayrim o'quvchlarga_ yakka tartibda o'qitiladi va uni puhta o'zlashtirishga oid mashqlar o'tkaziladi.
Amonashvilining harf tanitish usullari dastlabki qarashda juda qiziqarli, o'yin tarzida tashkil etilganday tuyulsa, bu tartibni o'quvchilarga ommaviy targ'ib qilish yaramaydi. Chunki, o'quvchilar harfni turlicha o'tashlari mumkin. Har bir tovushning sof holatdagi talaffuzini o'zlashtirmay turib o'qishni o'rgatish mumkin emas. Bundan tashqari olti yoshli bolalarga darslarni qiziqarli, o'yin tarzida tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo'lsada, dars bilan o'yin jarayonining farqi sezilib turishi kerak. Eng muhim darsda o'quvchilarga o'qishni o'rgatish bilan bir qatorda ularning nutqlarini o'stirish va tarbiyaviy ta'sir etish masalalariga ham e'tibor talab qilinadi.


Yüklə 110,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin