Ona tili o‘qitish tamoyillari



Yüklə 18,62 Kb.
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü18,62 Kb.
#181272
1   2   3   4   5
2-mavzu

«Ona tili o‘qitish metodikasi» xususiy pedagogik sikldagi fan bo‘lganligi uchun ham, ijtimoiy fanlar guruhiga kiradi va ijtimoiy fanlarning asosini tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas bog‘langan. Mazkur fanning falsafa bilan aloqadorligi ona tilining maqsad va vazifalarini tushunishingizga, bu fanning ta’lim mazmunini to‘g‘ri belgilashingizga, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri uyushtirishin- gizga, o‘qitishning eng samarali metod, vosita va usullarini tanlashingizga, faoliyat mahsulini nazorat qilishingizga yor- damlashadi. O‘quvchiga o‘z ona tilini o‘rgatish tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Chunki til hodisalarining o‘quvchi ongida voqelanishi tafakkur orqali yuzaga chiqadi. Til va tafakkurning aloqadorligi ona tili darslarida ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash muammosini hal qilishga ko‘maklashadi. Ma’lumki, falsafada har bir umumiy tushuncha yakka, juz’iy tushunchalar yig‘indisidan tarkib topadi, degan qoida mavjud. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi faoliyatini tashkil etishda ham biz xuddi shu qoidaga asoslanamiz. Muayyan bo‘laklarga ajratilgan til hodisalarini kuzatish, ularning birini ikkinchisi bilan taqqoslash orqali o‘quvchi umumiy ta’rif, qoida va xulosalarga keladi. Falsafa fikrlash va rivojlanishga o‘zaro uyg‘unlikda qaraydi. Sharqning buyuk ensiklopedist olimlari (Umar Xayyom, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va h.k.) rivojlanishni fikrlashning mahsuli deb biladilar. Masalan, Umar Xayyom o‘zining «Matematik traktatlar»ida «Ozgina o‘yla, o‘zing topasan»,»Ozgina fikrla, bilib olasan» singari xitoblari orqali ma’lumdan noma’lumga borish g‘oyasini ilgari surgan. Til materiallari o‘quvchi tomonidan ijodiy fikrlash orqali egallangan bo‘lsa, u amaliy ahamiyatga molik bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lib sanaladi. 

  • «Ona tili o‘qitish metodikasi» xususiy pedagogik sikldagi fan bo‘lganligi uchun ham, ijtimoiy fanlar guruhiga kiradi va ijtimoiy fanlarning asosini tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas bog‘langan. Mazkur fanning falsafa bilan aloqadorligi ona tilining maqsad va vazifalarini tushunishingizga, bu fanning ta’lim mazmunini to‘g‘ri belgilashingizga, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri uyushtirishin- gizga, o‘qitishning eng samarali metod, vosita va usullarini tanlashingizga, faoliyat mahsulini nazorat qilishingizga yor- damlashadi. O‘quvchiga o‘z ona tilini o‘rgatish tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Chunki til hodisalarining o‘quvchi ongida voqelanishi tafakkur orqali yuzaga chiqadi. Til va tafakkurning aloqadorligi ona tili darslarida ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash muammosini hal qilishga ko‘maklashadi. Ma’lumki, falsafada har bir umumiy tushuncha yakka, juz’iy tushunchalar yig‘indisidan tarkib topadi, degan qoida mavjud. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi faoliyatini tashkil etishda ham biz xuddi shu qoidaga asoslanamiz. Muayyan bo‘laklarga ajratilgan til hodisalarini kuzatish, ularning birini ikkinchisi bilan taqqoslash orqali o‘quvchi umumiy ta’rif, qoida va xulosalarga keladi. Falsafa fikrlash va rivojlanishga o‘zaro uyg‘unlikda qaraydi. Sharqning buyuk ensiklopedist olimlari (Umar Xayyom, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va h.k.) rivojlanishni fikrlashning mahsuli deb biladilar. Masalan, Umar Xayyom o‘zining «Matematik traktatlar»ida «Ozgina o‘yla, o‘zing topasan»,»Ozgina fikrla, bilib olasan» singari xitoblari orqali ma’lumdan noma’lumga borish g‘oyasini ilgari surgan. Til materiallari o‘quvchi tomonidan ijodiy fikrlash orqali egallangan bo‘lsa, u amaliy ahamiyatga molik bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lib sanaladi. 

Yüklə 18,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin