Ona tili ta’limida mumtoz matnlar ustida ishlash bekmurodova Dilrabo Botirovna



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix29.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104539
1   2   3   4   5   6
ona-tili-ta-limida-mumtoz-matnlar-ustida-ishlash

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
56 
Matn turi 
Tushub qoldirilgan harflarni kerak bo‘lganda joylashtiring. 
So‘zning fonetik tahlilini o‘tkazing 
8. Matndan epitetlarni toping va yozing 
Ma‘nodosh yoki antonim so‘zlarni ajratib oling 
Matnni morfologik tahlil qiling. 
Shu kabi topshiriqlar orqali badiiy matnni til ta‘limida qo‘llash mumkin. 
Xalq maqollari asrlar davomida o‘zining shakl va mazmun jihatdan benazirligi 
bilan buyuk va taniqli adiblar e’tiborini jalb qilib keldi. Yusuf Xos Hojibdan tortib 
Muqimiygacha, Alisher Navoiydan tortib Abdulla Qahhorgacha xalq maqollaridan 
samarali foydalanganlar. Hatto xalq o‘zi yaratgan maqollaridan doston, ertak, rivoyat 
va naqllarda unumli foydalangan. Maqollar uzoq o‘tmishda bo‘lgani kabi bugungi 
kunda ham mustaqillikka erishgan o‘zbek xalqining yosh avlodini ajdodlar havas 
qilgan barkamol inson darajasiga yetaklovchi asosiy tarbiya vositalaridandir. 
Munis Xorazmiy ijodiga qaytar ekanmiz g‘azallarida yana bir qancha folklor 
unsurlaridan unumli foydalanganligiga guvoh bo‘lamiz. 
Boqma el aybig‘ayu o‘z aybinga nazzora qil 
Ko‘rmay o‘z aybin, kishi aybini ko‘rmak keldi ayb. 
Ushbu baytda “Avval o‘zingga boq, keyin nogòra qoq” degan o‘zbek xalq 
maqoliga yaqin ma’no bor. Yani elning, odamlarning aybiga boqma, avval 
o‘zingning aybingga nazar sol, o‘z aybini ko‘rmay, o‘zgani aybini ko‘rmoq aslida 
haqiqiy aybdir deydi shoir. 
Xulosa: Xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki, dars davomida foydalanilgan har 
qanday mumtoz asar namunasi bir qancha sabablarga ko‘ra tanlanadi. Birinchidan
matnni tanlash uning soddaligi va aniq tili bilan oqlandi. Biroq, til hali ham 
zamonaviy va tabiiy. Ikkinchi sabab, mumtoz adabiyotda o‘quvchilar har doim 
aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan universal mavzular (sevgi va do‘stlik; sevgi va pul; 
oilaviy munosabatlar; avlodlar orasidagi farq) mavjud. Nihoyat, aksariyat mumtoz 
asarlar boblarga bo‘lingan, bu ishni tartibga solish va rejalashtirishni osonlashtiradi. 
Ish jarayonida biz adabiyot lug‘at va grammatikani mashq qilish uchun katta 
imkoniyatlar berishini ko‘rishimiz mumkin. Bu o‘quvchilarni muhokama qilish va 
fikr almashishga undaydi, shu bilan ularning tafakkurini rivojlantiradi va nutq 
qobiliyatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, hikoya qilish, tasniflash, taqqoslash va 
bahslashish bo‘yicha adabiyotga asoslangan vazifalar o‘quvchilarning yozish 
qobiliyatini rivojlantiradi. Nihoyat, adabiyot o‘quvchilarga til ko‘nikmalarini 
rivojlantirish uchun norasmiy, ammo qo‘llab - quvvatlovchi muhitni taqdim etadi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin