№4 2022 55
- asarni tahlil qilish va talqin qilish;
- rejalar tuzish;
- adabiy qahramonning xarakterlari;
- asarga sharh yozish;
- insho yozish.
Ona tili darslarida matn bilan ishlashning maqsadi - qurilish qonuniyatlarini
tushunish, tilning stilistik, fonetik, morfologik, sintaktik va imlo resurslari bilan
tanishish. Bu maqsadlarga quyidagi tadbirlardan foydalanish jarayonida erishiladi:
matndan jumlalar chegaralarini topish;
matnni paragraflarga ajratish;
deformatsiyalangan matnni tiklash;
parchalardan matn yig‘ish;
mavzuni, asosiy g‘oyani aniqlash;
matn oxirini qo‘shish;
har xil uslubdagi, har xil nutq turidagi matnlarni yaratish.
Ona tili darslarida nega aynan mumtoz adabiyot namunalari ustida ishlash
kerak? Mumtoz asar ustida ishlash murakkab jarayon bo‘lib, undan ko‘zlangan
maqsad ta‘limni tarbiya bilan birga olib borish, o‘quvchining jamiyatga shaxs bo‘lib
shakllanishida yordam berishdan iboratdir. Bolaning ongi rivojlanishi bilan birga
uning lingvistik bilimlari ham kengayadi, sof turkiy so‘zlarni, arxaik (eskirgan)
so‘zlar, fors tilidan kirib kelgan so‘zlar bilan tanishishadi. Chunki mutoz adabiyot
namunalarida anday shunday leksik birliklarni uchratish mumkin.
O‘quvchining ishi, V.G. Marantzman, – o‘qish miqdori bilan emas, balki matn
ustida mulohaza yuritish, savollar berish, javob topish va quvonish qobiliyati bilan
o‘lchanadi. Bu o‘quvchi taassurotidan asar muallifiga, o‘z matningizni yaratishga olib
boradigan yo‘l. O‘qishning faol shakllari bu yo‘lni to‘g‘ri tashkil etishga yordam
beradi, bu erda talabalarning mustaqillik darajasi oshadi va har bir talabaning ijodiy
qobiliyatlari rivojlanadi.
Tadqiqotimiz davomida ona tili darslarida mumtoz matn bilan ishlashning bir
necha turlarini keltirib o‘tamiz.
Matnni har tomonlama tahlil qilish. Matnni tahlil qilish bo‘yicha ishlar ona tili darslarida 5-sinfdan boshlanadi va
yoshi va olgan bilimlarini hisobga olgan holda 11-sinfgacha turli xil metodlardan
foydalanilgan holda davom etadi. O‘quvchilar lingvistik murakkab matn tahliliga
moslashtirib boriladi.
Matnga sarlavha qo‘ying.
Matn mavzusi
Matnning asosiy g‘oyasi
Matn uslubi