№4 2022 56
Matn turi
Tushub qoldirilgan harflarni kerak bo‘lganda joylashtiring.
So‘zning fonetik tahlilini o‘tkazing
8. Matndan epitetlarni toping va yozing
Ma‘nodosh yoki antonim so‘zlarni ajratib oling
Matnni morfologik tahlil qiling.
Shu kabi topshiriqlar orqali badiiy matnni til ta‘limida qo‘llash mumkin.
Xalq maqollari asrlar davomida o‘zining shakl va mazmun jihatdan benazirligi
bilan buyuk va taniqli adiblar e’tiborini jalb qilib keldi. Yusuf Xos Hojibdan tortib
Muqimiygacha, Alisher Navoiydan tortib Abdulla Qahhorgacha xalq maqollaridan
samarali foydalanganlar. Hatto xalq o‘zi yaratgan maqollaridan doston, ertak, rivoyat
va naqllarda unumli foydalangan. Maqollar uzoq o‘tmishda bo‘lgani kabi bugungi
kunda ham mustaqillikka erishgan o‘zbek xalqining yosh avlodini ajdodlar havas
qilgan barkamol inson darajasiga yetaklovchi asosiy tarbiya vositalaridandir.
Munis Xorazmiy ijodiga qaytar ekanmiz g‘azallarida yana bir qancha folklor
unsurlaridan unumli foydalanganligiga guvoh bo‘lamiz.
Boqma el aybig‘ayu o‘z aybinga nazzora qil Ko‘rmay o‘z aybin, kishi aybini ko‘rmak keldi ayb. Ushbu baytda “Avval o‘zingga boq, keyin nogòra qoq” degan o‘zbek xalq
maqoliga yaqin ma’no bor. Yani elning, odamlarning aybiga boqma, avval
o‘zingning aybingga nazar sol, o‘z aybini ko‘rmay, o‘zgani aybini ko‘rmoq aslida
haqiqiy aybdir deydi shoir.
Xulosa: Xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki, dars davomida foydalanilgan har
qanday mumtoz asar namunasi bir qancha sabablarga ko‘ra tanlanadi. Birinchidan,
matnni tanlash uning soddaligi va aniq tili bilan oqlandi. Biroq, til hali ham
zamonaviy va tabiiy. Ikkinchi sabab, mumtoz adabiyotda o‘quvchilar har doim
aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan universal mavzular (sevgi va do‘stlik; sevgi va pul;
oilaviy munosabatlar; avlodlar orasidagi farq) mavjud. Nihoyat, aksariyat mumtoz
asarlar boblarga bo‘lingan, bu ishni tartibga solish va rejalashtirishni osonlashtiradi.
Ish jarayonida biz adabiyot lug‘at va grammatikani mashq qilish uchun katta
imkoniyatlar berishini ko‘rishimiz mumkin. Bu o‘quvchilarni muhokama qilish va
fikr almashishga undaydi, shu bilan ularning tafakkurini rivojlantiradi va nutq
qobiliyatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, hikoya qilish, tasniflash, taqqoslash va
bahslashish bo‘yicha adabiyotga asoslangan vazifalar o‘quvchilarning yozish
qobiliyatini rivojlantiradi. Nihoyat, adabiyot o‘quvchilarga til ko‘nikmalarini
rivojlantirish uchun norasmiy, ammo qo‘llab - quvvatlovchi muhitni taqdim etadi.