Ona tili va adabiyot darslarini innovasiyon yondashuv asosida tashkil etish mavzusida tayyorlagan maqolasi



Yüklə 227,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix03.08.2022
ölçüsü227,76 Kb.
#62998
1   2   3
ona-tili-va-adabiyot-darslarini-innovasiyon-yondashuv-asosida-tashkil-etish-mavzusida-tayyorlagan-maqolasi

Texnologiyaning afzalliklari. O`quvchilar hamkorlikda faoliyat olib boradilar.
Muammoni aniqlash ko`nikmalari shakllanadi. Diqqatni idrok qilishni. mantiqiy
fikrlashni o`rganadi. Muammolar ichidan dolzarbini ajratib olishni o`rganadi. 
Kamchiliklari. Vaqt ko`p sarflanadi. Barcha ishtirokchilarning fikrlari to`liq
inobatga olinmasligi mumkin. O`zaro bir to`xtamga kelish uchun ortiqcha
mulohazalar qayd etilishi kuzatiladi va h.k.
Muammoli vaziyat va muammoning bayoni. Tafakkur - inson oldida turgan
masala va muammolarni yechishga olib keladigan idrok bo`lib, tafakkur muammoli
vaziyatdan kelib chiqadi hamda muammoni yechishga qaratilgan bo`ladi. 
Muammoning qo`yilishi. Muammonining bir necha yechim yo`llari mavjud
ekanligi va ular ichidan eng optimal variantini tanlash shuningdek, muammoning
yechimini topish.
Muammoli vaziyatni shakllantirish tamoyillari. 
Muammoli o`quv
toshiriqlari.Muammoli vaziyatlarni yaratish metodi orqali o`quvchilarni turli
muammolardan chiqib ketish yo`llarini axtarishga, kezi kelganda ana shu
muammoning yechimini topishga yo`naltirish lozimligi tushuntiriladi. Masalan,
G’.G’ulomning "Mening o`g’rigina bolam" hikoyasi asosida o`quvchilarni asar
matnidan kelib chiqib, muammoni topishga, muammoni keltirib chiqargan sabablar
hamda ushbu muammoni hal etish yo`llari haqida fikrlar bildiriladi.Masalan,
hikoyadagi o`g’ri haqiqatan ham o`g’rimi, muammosi qo`yilsa, ushbu muammoni
keltirib chiqaruvchi sabablar - xalqning og’ir hayotga giriftor bo`lishi, mahalliy
sharoitning og’irligi, noto`g’ri davlat boshqaruvi, ishsizlik, xalq boyligi huzurini
boshqalar ko`rishi, urushning xalqqa yetkazgan zarari, deya mulohazalar bayon etilsa,
muammoni hal etish yo`llari - mamlakat aholisini savodxon qilish, yurtni
bosqinchilar zulmidan ozod etish, mingboshi, ellikboshi kabi chalasavod rahbarlar
o`rniga savodli xalq vakillaridan tayinlash, ishsizlikni bartaraf etish, jamiyatni yanada
rivojlantirishga o`z hissasini qo`shish kabilar nazarda tutiladi.
Muammoli vaziyat yaratish usullari:
- o`qituvchi o`quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni
tushuntiradi va uni yechish yo`lini topishni taklif qiladi;
- bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;
- hal etish uchun yetarli bo`lmagan, ortiqcha ma'lumotlar bo`lgan yoki savolning
qo`yilishi noto`g’ri bo`lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar. 
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:
- o`qituvchi muammoni qo`yadi va o`zi yechadi;
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
184
http://oac.dsmi-qf.uz


- o`qituvchi muammoni qo`yadi va uning yechimini o`quvchilar bilan birgalikda
topadi;
- o`quvchilarning o`zlari muammoni qo`yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qo`llaniladigan usullar:
- muammoni turli nuqtai-nazardan o`rganish, tahlil qilish;
- solishtirish, umumlashtirish;
- faktlarni aniqlash va qiyoslash;
- vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish;
- o`quvchilarning o`zlari aniq savollar qo`yishi va boshqalar.
Bu amaliy mashg’ulotda tinglovchilar quyidagi vazifalarni bajarishlari tavsiya
qilinadi:
- O`qituvchilar o`z mutaxassislik fanlari bo`yicha o`zlari tanlagan mavzuda
darsni eng maqsadga muvofiq muammoli o`qitish turlaridan foydalanib o`tkazish
yuzasidan dars ishlanmasi tayyorlaydilar va uning asosida guruh ishtirokida shu
mashg’ulotni qisqa bayon qilib beradilar va tegishli muhokama o`tkaziladi.
- Bunda o`quvchilarning quyidagi masalalar bo`yicha bilim, ko`nikma
malakalarini yanada mustahkamlash nazarda tutiladi: 
- O`quv fani va darslar mavzusini o`rgatishda ular bilan bog’liq muammoli
masalalarni belgilash, ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda
foydalanishni oldindan rejalashtirib borish. O`quvchilarning tayyorgarlik darajasini
hisobga olish. Zarur o`quv vositalarini tayyorlash. 
- Muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko`rsatish, topshiriqni va uni yechish
uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish. 
- O`quvchilarning muammoni hal etishda yo`l qo`yayotgan xatolarini, ularning
sababini va xususiyatini ko`rsatish. O`quvchilarning noto`g’ri taxminlari asosida
chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, to`g’ri yo`lni topishlariga
ko`maklashish va boshqalar. 
Dars ta’limning mazmuni, metodi va shakli kabi tushunchalar doirasida
chegaralanib qolmaydi. Maktabdagi ta’lim, tarbiya va rivojlanishni pedagog va
o`quvchilarni o`zaro hamjihat, hamkorlikdagi faoliyatlari orqali amalga oshirishni
nazarda tutadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni alohida ta’kidlash joizki, darsning
sifati, samaradorligi o`qituvchi tomonidan unga puxta tayyorgarlik ko`rishiga
bog‘liqdir. Bunda dars ishlanmasining hozirgi zamon ilg‘or texnologiyalariga
muvofiq holda loyihalanishi alohida o`rin tutadi.

Yüklə 227,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin