Ona tili va adabiyot fanlaridan metodik tavsiya va materiallar



Yüklə 186,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix11.06.2023
ölçüsü186,98 Kb.
#128574
1   2   3   4   5   6
[@ustoz] ONA TILI VA ADABIYOT 9-SINF 2023

ONA TILI 
9-SINF 
 
Ona tili fanidan o‘quvchilarning DTSda belgilangan bilim, ko‘nikma, malaka 
va kompetensiyalarning elementlari qay darajada shakllanganligini hamda fikrini mantiqiy 
izchillikda, ona tilining keng imkoniyatlaridan o‘rinli foydalangan holda ravon va to‘g‘ri 
bayon eta olish malakasi, fikr bayon etilayotgan soha bo‘yicha o‘quvchining bilimlari 
kengligi va chuqurligi, tuzgan matnining imloviy, uslubiy, savodlilik darajasini aniqlash 
maqsadida 9-sinf bitiruvchilari ona tili fanidan yakuniy attestatsiyada ijodiy bayon 
yozadilar. 
Bayon matnlari 3 ta variantda tayyorlanadi. Har bir variantda bittadan matn 
beriladi. Bir o‘quvchi 3 ta variantdan (konvertdan) bittasini tanlab oladi. Tanlab olingan 
konvertdagi matn mavzusi doskaga yozib qo‘yiladi. Ijodiy bayon uchun berilgan topshiriq 
ham doskaga yozib qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan ijodiy bayon matni bir marta (lozim 
bo‘lsa, ikki marta) o‘qib eshittiriladi. O‘quvchilar eshitgan matn mavzusidan berilgan 
topshiriq asosida ijodiy bayon yozadilar . 
Ijodiy bayon hajmi 9-sinf uchun 3,5 – 4 bet bo‘lishi mumkin. Belgilangan vaqt 
2 soat (120 daqiqa) bo‘lib, 5 ballik tizimda baholanadi. Tasviriy vositalardan foydalanib 
bayon yozishda o‘quvchi matn mazmuniga bog‘lab, mustaqil ravishda ayrim narsa, voqea-
hodisalarni tasvirlaydi. Boshlab berish yo‘li bilan bayon yozishda boshlanishi berilgan 
matnni o‘quvchilar ijodiy davom ettirib, uni to‘liq matn shakliga keltiradilar. 
O‘quvchining yozgan bayoni mazmun izchilligi va lisoniy qurilishi jihatidan talab 
darajasida bo‘lishi bilan birga, savodli bo‘lishi kerak. Shuningdek, bayonning reja asosida 
yozilishiga erishilishi zarur. Aniq tuzilgan reja o‘quvchi bayonining izchil mantiqiy 
bo‘lishini ta’minlaydi. 
Ijodiy bayon uchun ikkita baho (mazmuniga va savodxonligiga 5/5 tarzida) 
qo‘yiladi. 



Yüklə 186,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin