OQ QOG‘OZ VA QORA DOG‘
Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan
ajoyib bir testga
tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga
tushgan holda test
boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib
chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida
bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar
bir-birlariga hayron qarab qolishdi.
Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda
nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, – dedi. Talabalar
ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar.
Darsning oxiriga kelib,
professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaninng
yozgan javobini ular
oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida,
uning qog‘oz o‘rtasida
joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edi.
Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib
professor
talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman.
Sizlarni mulohazaga
chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa
yozmabdi. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski,
xuddi shu holat
bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor
beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida, qog‘ozning
oq joyi qora nuqtaga
qaraganda ancha ko‘p. Tiriklik – bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan
sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri,
o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor
qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak.
Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan
juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, – dedi.
(
Mirnosir Hasanov tarjimasi)
Dostları ilə paylaş: