kun tug‘adi, olam yorug‘ bo‘ladi, U yorug‘ligini hammaga yetkazadi, o‘z-o‘zicha
yo‘qolmaydi. Mening ham qoidam (odatim) shunday, o‘zim yo‘qolmayman, Fe’lim va muomalam barcha xalq uchun birdekdir Tuqqan kun (chiqqan kun) yaxshi yoki
yomon demaydi, Barchaga birdek nur sochadi, o‘zi kamaymaydi. Yusuf Xos
Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida qaysi ramziy qahramon o‘z sifatlarini ana shu tarzda, ya’ni kun (quyosh)ning xususiyatlariga qiyoslagan holda ifodalab bergan?
qanoat (ofiyat) ramzi bo‘lgan adabiy qahramon
adolat ramzi bo‘lgan adabiy qahramon
davlat ramzi bo‘lgan adabiy qahramon
aql va zakovat ramzi bo‘lgan adabiy qahramon
“Yigitlik chog‘i − o‘yin-kulgi, rohat qilish davri, qarilik esa mehnat va toat-ibodat davridir. Yoshlikda qilingan hamma gunohlar kechiriladi, keyinchalik mehnat va
ibodat qiladigan vaqt ham keladi, o‘shanda qilamiz”, − deya umrini behuda o‘tkazgan, ammo qarib, o‘lim tushagida qolganda: “Qarigach, shunday kunlar
boshimga tushajagini bilsam edim, yigitlik davrimni uvol qilib behudaga o‘tkazmagan bo‘lar edim”, − deya afsuslangan g‘ofil kishi haqidagi hikoyat qaysi asarda keltirilgan?
“Zarbulmasal” (Muhammadsharif Gulxaniy)
“Qisasi Rabg‘uziy” (Nosiruddin Rabg‘uziy)
“Saddi Iskandariy” (Alisher Navoiy)
“Qutadg‘u bilig” (Yusuf Xos Hojib) 21.Hajringda, ey pariro‘, ko‘zumdin qochdi uyqu,
Har kecha tongga degru, ishimdur oh-u nola. Qaysi shoir o‘zining "Xating aro uzoring − sabza ichinda lola" deb boshlanuvchi g‘azalining ushbu baytida asosiy qofiyadan tashqari uch o‘rinda ichki qofiyadan ham foydalangan holda misralar jarangdorligi, ohangdorligini yanada oshirgan?
Zahiriddin Muhammad Bobur
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat
Alisher Navoiy D)Boborahim Mashrab
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani voqealari haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
Xon Anvarlarning qochishida uning do‘sti Sultonalini aybdor sanab, garov
tariqasida hibsga oladi va agar Anvar taslim bo‘lmasa, o‘limga hukm qilishini aytib jar soldiradi.
Qobil do‘stlari Sharif va Rahimlar bilan birgalikda ellik nafar yigit qo‘riqlab turgan o‘rda qo‘rg‘onidan o‘tib, zindonband qilingan Sultonalini qatldan qutqarib qoladi. C)Anvarning mirzaboshi darajasiga erishganini ko‘ra olmagan mulla Abdurahmon, Shahodat mufti va Kalonshoh mirzo kabi kimsalar Anvar bilan xonning orasini buzish uchun Ra’noning go‘zalligi ta’rifini hukmdorga yetkazadilar.
D)Jasorati, xonga qarshi isyoni, hatto ma’yus qolgan Anvarni yo‘lga solishi o‘z zamonasi uchungina emas, bizning hozirgi asrimiz uchun ham tahsinga loyiq bo‘lgan Ra’no Qo‘qon bilan vidolashish oldi, tahlikali bo‘lsa ham, onasi bilan uchrashish fikriga tushib qoladi.
“Jaloliddin Manguberdi” tragediyasidagi qaysi adabiy qahramon o‘z otasining qotili bo‘lgan Temur Malikdan o‘ch olishni poylab yurgan Yaroqbekni: “Ammo sen-chi? Burgutlar boshlig‘iga xanjar ur, So‘ngra xoqon qasrida sultonlarcha davron sur!”, − deya avval Jaloliddin Manguberdini o‘ldirishga da’vat qiladi?
Chol (devona)
Elbors pahlavon (cho‘pon)
Qodog‘on no‘yon (Chingizning sarkardalaridan)
Amir Badriddin (Sultonbegimning qaylig‘i) 24.Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda,
Dostları ilə paylaş: |