Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimni bir ma’yuslik, sokinlik uyg‘otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim. Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.
Har bir o‘zbek kitobxoni qalbidan joy olgan ushbu jozibador satrlar bilan boshlanuvchi “Birinchi muhabbatim” she’ri qaysi ijodkor qalamiga mansub?
A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov
C) Muhammad Yusuf D) To‘ra Sulaymon
O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva o‘zining qaysi she’ri yaratilishi haqida yozar ekan, she’rning yozilishiga turmush o‘rtog‘ining uylanishiga rozi bo‘lgan ayolning ikki uy oralig‘idagi katta masofada butun hovli yuziga mix qoqib chiqqani haqidagi bir rivoyat turtki bo‘lganini xotirlab: “Dastlabki turtki shu − “Mixning,
tig‘ning zahrini sezmay yonib boraman” satri bo‘lib, ko‘nglimni qizdirdi. Qolgani ijodkorning xayoloti. . . ”, − deydi?
“Dorilomon kunlar keldi. . . ”
“Shunchaki”
“Bir o‘rim soch tarixi”
“Begim, sizni tabiat”
Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma’lumotlar mos ravishda berilgan?
|
Badiiy asarlar
|
Adabiy
qahramonlar
|
Adabiy qahramonlarga berilgan
ta’riflar
|
1.
|
“Navoiy”
|
shoir Binoiy
|
Turkiy tilni nihoyatda sevadigan, uni “forsiyparast”lardan qattiq himoya qiladigan, bu tilning jozibadorligini har joyda isbot eta oladigan jonkuyar
timsol
|
2.
|
“Yulduzli tunlar”
|
Qosimbek
|
Boburni ota kabi asragan sadoqatli beklardan biri bo‘lib, umri davomida uni himoya qilib kelgan, Humoyun mirzoni ham jangovarlik va otaga
muhabbat ruhida tarbiyalashda katta hissa qo‘shgan timsol
|
3.
|
“O‘tkan kunlar”
|
Mirzakarim qutidor
|
Xalq uchun kuyib-pishgan, uning tinchligi, birdamligi uchun kurashgan, Toshkent hokimi Azizbekning zulmiga qarshi xalqni otlantirgan
timsol
|
4.
|
“Navoiy
|
Sultonmurod
|
Otasi shahrisabzlik sangtarosh usta bo‘lib, uning vafotidan keyin tarbiyasi onasi qo‘lida qolgan, voyaga yetgach Hirotga kelgan, o‘z ilmi, aqli-u tafakkuri bilan mudarris darajasiga
ko‘tarilgan olim shaxs
|
A) 2, 4
B) 2, 3
C) 1, 4
D) 1, 2
Qaysi javobda O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub “Dunyoning ishlari” qissasiga oid ma’lumot keltirilgan?
Ushbu asarda o‘zi nabirasiga so‘zlab bergan ertagidagi kabi bug‘u avlodidan ekanligi bilan faxrlanadigan, to‘y va ma’rakalarda xokisorlik bilan xizmat qiladigan, ammo bu fazilatlari qadrlanmaydigan bobo obrazi mavjud.
Ushbu asarda o‘g‘li Oltmishvoy urushga ketgan, xotini Habiba buvi o‘g‘lining diydorini ko‘rmay olamdan o‘tgan, bu ayriliqqa chidolmay esdan og‘ib qolgan Ermon buva haqidagi hikoya mavjud.
Ushbu asarda ota-bobolarining urf-odatlari unutilib ketayotganidan iztirobga
tushadigan, kolxoz raisi bo‘lgach, onasining vafoti munosabati bilan gazetada yozilgan ta’ziyani or bilgan polvon obrazi uchraydi.
Ushbu asarda pochchasining avaylab boqayotgan qimmatbaho qushlariga qatiq (suzma) ichirib o‘ldirib qo‘ygan bolaning holati hajv bilan tasvirlangan.
Qaysi asarda xalqni birlashmoqqa, o‘zaro diniy e’tiqodlar nizosidan xalos bo‘lib, qabih mustamlakachilik zulmiga qarshi jang qilmoqqa chorlagan hamda o‘z e’tiqodi yo‘lida yosh jonini ayamagan, tinimsiz tazyiqlar, hibs, qiynoqlarda yashagan shoir qismati aks etgan? A)“Ruhlar isyoni” (Erkin Vohidov)
B)“Sohibqiron” (Abdulla Oripov) C)“Mardlik afsonasi” (Shuhrat)
D)“Mambet botirning qatl oldidan aytganlari” (O‘ljas Sulaymon)
Quy, mezbonim, ammo had bilan, Bog‘ing aro turfa gullar bor, Oqshom menga niqob ostidan,
Ohu ko‘zin suzdi gulruxsor.
Ohu ko‘zli Sharq go‘zaliga oshiqlik tasviri bo‘lgan ushbu misralar qaysi shoir qalamiga mansub.
A) To‘ra Sulaymon B) Muso Jalil
C) Sergey Yesenin D) O‘ljas Sulaymonov
Nomlanishi arabcha bo‘lsa ham, bu she’riy shakl dastlab forsiy va turkiy she’riyatda paydo bo‘lgan bo‘lib, “to‘rtlik”, “to‘rttadan” degan ma’nolarni bildiradi va to‘rt satrli kichik hajmli she’riy janr sanaladi. Navoiyning qaysi misralar bilan boshlanuvchi she’ri ushbu nazariy ma’lumotga mos keluvchi janrda yozilgan?
“Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz. . . ”
“Men − sinuq, ko‘nglum − sinuq, sabrim uyi xud − yerga past. . . ”
“Ulki, sanga eldin erur aybgo‘. . . ”
“Tig‘i ishqing yorasidur butmagan. . . ”
Tayyorladi: Sherzod Rustamov
Dostları ilə paylaş: |