Ona tili va adabiyoti
31.Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida faqat lablanmagan unlilar ishtirok etgan?
A) To`p-to`p ko`k koptok, har bir to`pda ko`k koptok.
B) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga artalab eplaydi.
C) O`tkir otkir o`roqda o`t o`rdi.
D) Hali Vali, Soli sholi o`rdi.
32. Quyidagi gapdan yordamchi so`z turkumlariga kiruvchi birliklar soni va turini aniqlang.
Kamolotga erishgan vazir ulkim, davlat muomalalarini tartibga keltirib, mulkiy va moliyaviy ishlarni to`g`rilik bilan, asli-nasli tozaligini ko`rsatgan holda bajaradi.
A) 1 ta boglovchi, 2 ta ko`makchi
B) 1 ta bog`lovchi, 1 ta ko`makchi
C) 2 ta bog`lovchi, 2 ta ko`makchi
D) 2 ta bog`lovchi, 1 ta ko`makchi
33. Yordamchi so`zlar quyidagi qaysi vazifalarni bajaradi?
1) mustaqil so`zlarni va gaplarni tobe munosabatda bog`laydi; 2) mustaqil so`zlar va gaplarni teng munosabatda bog`laydi; 3) mustaqil so`zlarga qo`shimcha ma`no yuklaydi; 4) gaplarga qo`shimcha ma`no yuklaydi; 5) so`zlarga yangi ma`no beradi.
A) 1,2,3 B) 1,2,3,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4
34. Allo, Azimjon, salom! Iya, yashang, tanimadingizmi? Ha, shukur, menman, albatta!
Ushbu matnda qo`llangan undov so`zlar miqdorini aniqlang.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
35. Bobolarning buyuk ishlarini ijodiy rivojlantira olsang, sen baxtlisan.
Ushbu gapdagi ismlar guruhiga kirmaydigan so`zlar tarkibida nechta ko`makchi morfema qatnashgan?
A) 9 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 13 ta
36. Ushbu to`plamda tinchlikni, Vatanni ulug`lovchi she`rlar bor. Berilgan gapdagi so`zlar tarkibida nechta so`z yasovchi qo`shimcha bor?
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 7 ta
37. Odamlar g`urur, foydasiz manmansirash tufayli juda ko`p kulfatlarga yo`liqishgan, shuning uchun islom tafakkurining buyuk natijasi bo`lgan tasavvufda inson kibrdan kechmay turib o`zligini anglamaydi, Ollohni tanimaydi degan aqida bor edi.
Berilgan gapdagi so`z yasovchi qo`shimchalar haqida berilgan hukmlardan nechtasi noto`g`ri?
1) otdan sifat
yasashga xizmat qilgan; 2) sifat- dan fe`l yasashga xizmat qilgan; 3) olmosh- dan fe`l yasashga xizmat qilgan; 4) olmosh- dan ot yasashga xizmat qilgan; 5) otdan fe`l yasashga xizmat qilgan?
A) 2 tasi B) 1 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi
38. Yo`liqmaslik so`zi tarkibida nechta ko`mak- chi morfema bor?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
39. Bolalarimiz urush davrining azob-uqubatla- rini, o`kinch-alamlarini ko`rmaganligi biz- ning baxtimizdir. Matnda qaratqich kelishi- gining qo`llanishi haqidagi qaysi fikr to`g`ri?
A) ikki o`rinda belgili, ikki o`rinda
belgisiz
B) ikki o`rinda belgili, bir o`rinda belgisiz
C) bir o`rinda belgili, ikki o`rinda belgisiz
D) ikki o`rinda belgili, uch o`rinda belgisiz
40. Qaysi qatorda omonim qo`shimchalar qo`llanmagan?
A) chiziq – tiniq, bosqin – sotqin
B) yozgi – qadimgi, otashin – erkin
C) qirg`in – so`lg`in, chirik – elak
D) Dilafro`zxon – kitobxon, do`sti - boyi
41. Quyida nechta qo`shimcha sifat, ravish va ot yasovchi sifatida o`zaro omonim bo`la oladi?
-
lik, -lab, -siz, -in, -larcha, -ona, -ki
A) 3 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 2 ta
42. Etikdo`zning “Biroz sabr qiling” deyishiga ham qaramay, qiziqqon savdogar masalani uzil-kesil hal qilishga qaror qilib uni o`zi bilan olib keldi. Mazkur gap tarkibidagi yasama so`zlar sonini aniqlang.
A) 9 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 10 ta
43. Qaysi qo`shma otlarning ikkala qismi ham bir xil so`z turkumidan hosil bo`lgan?
1) tog`olcha; 2) sheryurak; 3) sizbop; 4) sovuqmijoz; 5)
muzyorar; 6) ilonquyruq
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,6 C) 1,6 D) 1
44. Dimariq hali hech kim va hech nima loyqalatib ulgurmagani uchun tip-tiniq, mayin oqmoqda. Ushbu gapda ismlar guruhiga kiradigan birliklar soni nechta?
A) 4 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 3 ta
45. Voqealar tizimidan sal ilgarilab ketdim, shekilli, bu haqda maktubimning keyingi sahifalaridan birida alohida to`xtab o`tarman. Berilgan gapda mustaqil so`z turkumlaridan qaysi biri ishtirok etmagan?
A) sifat B) son D) olmosh
D) mustaqil so`z turkumlarining
barchasi ishtirok etgan
46. ot+ot kompozitsiyasidan hosil qilingan, narsani boshqa narsaga qiyoslash ma`nosini anglatuvchi, tarkibida undoshlar va og`izning ochilish darajasiga ko`ra birlashtiruvchi belgiga ega bo`lgan unlilargina qatnashgan otlarni aniqlang.
1) ko`zoynak; 2) oshqovoq; 3) oybolta; 4) qo`yko`z; 5) toshbag`ir
A) 2,3,4 B) 3 C) 2,3 D) 1,2,3
47. Me`yorni ko`p buzar odam bolasi,
Uning kattasidan kichigigacha ... Ushbu parchadagi otlar tarkibida kelishiklar qay tarzda qo`llangan?
A) 3 o`rinda belgili, 2 o`rinda belgisiz
B) 1 o`rinda belgili, 1 o`rinda belgisiz
C) 2 o`rinda belgili, 2 o`rinda belgisiz
D) 2 o`rinda belgili, 1 o`rinda belgisiz
48. Qaysi gapdagi so`zlarda egalik qo`shimchasi harakat bajaruvchining shaxsi va sonini bildirgan?
A) Kunduz kunlari aniq ko`rinadi.
B) Toshkent shahri osmono`par zamonaviy binolar bilan sayqal topgan.
C) Vatan tuprog`i muqaddas.
D)
Boqqaning ikki echki, o`shqirganing yer tebratar.
49. Quyida berilganlardan nechtasi yasama sifat hisoblanadi? xushmanzara, xushnud, xushxabar, xushomad, xushovoz, xushfe`l, xushbichim
A) 3 B) 5 C) 4 D) 6
50. Ko`p yillar avval nimadandir qattiq iztirobga tushib, hech kim bilan gaplashmay qo`ydim. Bir kuni onam ko`zimga uzoq termulib o`tirib, hech yodimdan chiqmaydigan shu so`zlarni aytdi: – O`g`lim, sening dog`ingda jon-u jahonim otash-alangaga aylanib yonib ketganida birovlar etagining uchi ham tutamaydi. Nega meni kuydirasan, bolam?! Onamning o`sha gaplarini eslasam, har gal tomog`imga bir nima tiqilib qolaveradi.
Ushbu matndagi olmoshlarning sonini toping.
A) 8 B) 11 C) 9 D) 10
51. Berilgan qaysi maqollar o`zaro ma`nodosh hisoblanadi? 1) Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kiradi; 2) Yolg`iz baloga indamasang, ko`payadi; 3) Shamol bo`lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi; 4) Oz-oz o`rganib dono bo`lur.
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2
52. “Podshoh deganning marhamatidan qahri ortiqdir. Podshoh bilan she`rga yaqin yurmoq hikmatdan emasdir ...” Ushbu parcha “Uch og`a-ini botirlar” ertagida kimning tilidan aytilgan?
A) kenja botir B) to`ng`ich
botir
C) o`rtancha botir D) bir to`ti
53. ... suzilib, buyiri-buyiriga qapishib, qorni qorniga yopishib ter bilan qotgan changlar yong`oqday dumaloq bo`lib... – qaysi otning ta`rifi?
A) Boychibor B) G`irko`k
C) Ko`kdo`nan D) Jiyronqush
54. Quyida berilgan qaysi asarlar poema janrida yozilgan?