1) Musa Jalil “Xat tashuvchi”;
2) G`afur G`ulom “To`y”; 3) G`afur G`ulom “Ko`kan”; 4) Turob To`la “Samarqand afsonasi”; 5) Zulfiya “Quyoshli qalam”;
6) M.Shayxzoda “Loyiq soqchi”
A) 1,2,3,5,6 B) 1,3,5 C) 1,3,4,5 D) 1,3,5,6
55. “Ulus ichinda turur o`z begim qiyo ko`zluk,
Xayoli to`qtamish andin ko`ngil saroyinda”.
Baytda qanday badiiy san`at qo`llangan?
A) tajnis B) iyhom C) takrir D) tashbeh
56. Uvaysiyning “Ki bulbul nola, afg`on aylamakni mendin o`rgandi” misralari bilan boshlanuvchi g`azaldagi raviy qaysi?
A) d B) k C) n D) i
57. “Qutadg`u bilig”ning Vena nusxasi qayerda, qaysi yozuvda ko`chirilgan?
A) Hirotda, arab yozuvida
B) Hirotda, uyg`ur yozuvida
C) Venada, uyg`ur yozuvida
D) Turkiyada, arab yozuvida
58. Nosiruddin Rabg`uziyning “Qisasi Rabg`uziy” asarida qaysi obraz Rasul Alayhissalomga “Ummatingga salom tegurgil, bo`g`iz uchun imonni ilikdin chiqarmasunlar, ... o`limni unutmasunlar” deydi?
A) Abu Bakr B) Jabroil C) Ukosha D) Azroil
59. Alisher Navoiy quyidagi g`azal turlaridan qaysi birini qattiq tanqid qilgan?
A) yakpora g`azal B) musalsal g`azal
C) parokanda g`azal D) voqeaband g`azal
60. “Kelin ichki-tashqi dang`illama hovlida, saroyday hashamatli, boy bezakli uylarda uni hech narsa qiziqtirmas, bu xonadonning odamlari ham, narsalari ham dushman, yot, sovuq ko`rinar edi”. Ushbu parchadagi kelin kim?
A) Zebi “Kecha va kunduz”
B) Gulnor “Qutlug` qon”
C) Unsin “Dahshat”
D) Kumush “Otkan kunlar”