Mahmud Qoshg‘ariy— (Parda ortidan)- Mahmud Qoshg‘ariy. “Devoni lug‘otit-turk” asarini yaratish bilan turkiy tilning shakllanishiga asos soldi.
(M.Q ning gapi) Men turklar, turkmanlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘atlarini to‘pladim, turli xil so‘z xususiyatlarini o‘rganib chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni aniqlash uchun qildim.
Alisher Navoiy—(Parda ortidan)- Alisher Navoiy. Navoiy so‘z mulkining sultoni deya e’tirof etildi. Turkiy tilning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
(A.Nning gapi) So‘zdurki nishon berur o‘likka jondin,
So‘zdurki, berur jonga xabar jonondin.
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin.
Uvaysiy-(Parda ortidan)- Jahon otin Uvaysiy. Uvaysiy o‘z g‘azallarini turkiy tilda yaratdi.
(U.ning gapi) O‘z tilin sevganlarga mahliyo Uvaysiyman,
Qayda o‘z elim bo‘lsa, oshno Uvaysiyman.
Bulbulsifat nutq aylab, zabonimni rost etgum,
Til qadrin bilganlarga jonfido Uvaysiyman.
Nodira-(Parda ortidan)- Nodirabegim. Jahon mamlakatlarini Bilqisi deya ta’riflandi.
(N.ning gapi) Maqsad na edi jahona kelding?
Kayfiyatini bayon etib ket.
Fosh etma ulusqa ishq sirrin,
Ko‘ngulda ani nihon etib ket.
Abdulla Qodiriy- (Parda ortidan)-Abdulla Qodiriy. O‘zbek romanchilik maktabining asoschisi. O‘zining “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlari bilan o‘zbek tilining boy til ekanligini yana bir bor isbotladi.
(A.Qning gapi) Assalom, Abdulla Qodiriydurman,
So‘z mulkida daho, Qodiriydurman.
Bir bulbuli go‘yo Qodiriydurman,
Netay, baxti qaro Qodiriydurman.
Men yaratgan mayoq “Otkan kunlar”im,
Bir bor varaqlab boq “O‘tkan kunlar”im
Mirtemir-(Parda ortidan)-Mirtemir. O‘zbek tili naqadar ulug‘ligini e’tirof etdi.
Ona tilim, onajonim tili bu.
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.
El-u yurtim xonumonim tili bu,
Qadimlikda o‘xshar ona tuproqqa.
Muhammad Yusuf-(Parda ortidan)- Muhammad Yusuf. Uning qalbidan otilib chiqqan she’rlar ona tilining zojibasini yana bir bor isbotladi.
(M.Yusuf gapi) Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdim-u bo‘lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag‘ri dilim,
Ona tilim kechir meni ona tilim.
1-boshlovchi: Sen o‘sha Navoiy qalbiga solgan vola,
Sen shoh Mashrab satrlaridan tomgan jola.
Sen Bobur ash’orlaridan to‘kilgan nola,
Orombaxsh, nazikta’b nuktadonim mening,
Bol kabi shirin turkiyzabonim mening.
2-boshlovchi: Bizga ma’lumki, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotini yuqori pog‘onaga ko‘tarish bilan birga, o‘zbek adabibiy tiliga ham asos soldi. Bu tilning rivojida, uning betakror jozibaga ega ekanligini isbotlashda Navoiyning xizmati beqiyos. Navoiy yoshligidanoq turkiy tilga –ona tilimizga kuchli mehr qo‘ygan edi.
Sahna ko‘rinishi. Sahnada ustoz Lutfiy va yosh Alisherbek.
Sahna ko‘rinishi:
Alisher – Assalomu alaykum, ustoz!
Lutfiy – Vaalaykum assalom, bo‘tam, keling. Qanday, o‘g‘lim, ota-onangiz sihat-salomatmi?
Alisher – rahmat ustoz, sizga duoyi salom aytdilar.
Lutfiy – rahmat, rahmar. O‘zingiz yaxshi tahsil olib, she’rlar mashq qilyapsizmi.
Alisher – oz-oz mashq qilib turibman.
Lutfiy – Qani menga yangi mashqlaringizdan o‘qib bering.
Alisher – xo‘p, ustoz.
Orazin yopqach ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim paydo bo‘lur, yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh.
Lutfiy – borakallo bo‘tam, borakallo. Ajoyib tashbeh etibsiz. Qani endi mumkin bo‘lganida erdi men o‘zimning 10-12 ming bayt ash’orimni shu g‘azalg‘a alishg‘on bo‘lar erdim.
Alisher – rahmat ustoz. Meni juda ham maqtab yubordingiz.
(Lutfiy mehr bilan yelkasiga qo‘l tashlab)
Lutfiy – Alisherbek, o‘g‘lim, oqil yigitsiz,
Go‘yo so‘z tog‘ida uchmish burgutsiz.
Lafzingiz bezamish turkiy gavhari,
Nazmingiz bezamish el-u yurt zari.
Faqir nazmi sizga yoshlikdan ayon,
Dil rozin turkiyda etdim namoyon.
Turkiyga baxshida etdim o‘zimni,
Vasfida xok-i sor tutdim o‘zimni.
Jon kabi ardoqlab ona tilimni,
O‘zdin rizo etdim, balki elimni.
Kimki ona tilin yetmas qadriga,
Kelajak naslining uchrar qahriga.
Armonli dunyoda umidim sizdan,
Qadr-u kamol toping el aro so‘zdan.
Alisher – Ustoz, toki tanda bor ekan jonim,
Ona sutidek pok o‘lg‘ay iymonim.
Sut birla kirmishdir turkiy qonimga,
Qon ila hayotbaxsh etmish jonimga.
Turkiyda cheksamda qancha alam-ranj,
Aning maxzanig‘a qo‘shg‘aymen dur-ganj.
Lutfiy – borakallo, o‘g‘lim, xudo yor bo‘lsin.
Raqs (E’lon qilinmaydi)
1-boshlovchi: Ona tilim sen borsan shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
2-boshlovchi: Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitobida ona tilimiz haqida g‘oyatda sermazmun fikrlar bildirilgan. “Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong-tafakkurning ifodasi ajdodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili- bu millatning ruhidir”.
1-boshlovchi: Darhaqiqat, bugun davlat tili maqomiga ega bo‘lgan o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylangani har bir zamondoshimiz qalbida faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.
2-boshlovchi: Ona tilimizning betakror jozibasi shoirlar tomonidan go‘zal tashbehlar ila madh etilganligini, Ona tili va adabiyot kursi tinglovchilari tomonidan aytiladigan she’rlar misolida tinglaymiz. Marhamat.