Ona tilim jarangi olam uzra taralgay



Yüklə 27,55 Kb.
səhifə1/4
tarix16.12.2022
ölçüsü27,55 Kb.
#75403
  1   2   3   4
Ona-tilim-jarangi-olam-uzra-taralgay-mavzusida-bayram


21-oktyabr (Til bayrami) Ona tilim jarangi olam uzra taralgay mavzusida bayram ssenariysi
 
“Ona tilim jarangi olam uzra taralgay”
 

  1. Madhiya

  2. Hikmatli so‘zlar

  3. So‘zdurki nishon berur o‘likka jondin,

So‘zdurki berur jonga xabar jonondin.
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin. (Alisher Navoiy).________________.

  1. Til tufayli ko‘zlarga taralar ziyo,

Shuning uchun tilni qadrlar dunyo. ______________

  1. Har kimni chuchuk so‘z elga izhor aylar,

Har negaki ag‘yor durur yor aylar.
So‘z qattig‘i el ko‘nglini ozor aylar,
Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar. (Alisher Navoiy) ____________

  1. Ko‘ngil mahzanining qulfi til,

Va ul mahzanning kalitin so‘z bil. (Alisher Navoiy) _____________

  1. Qachonki, bir millat tilini yo‘qotsa, u muqaddas dinini va millatini ham yo‘qotur

(________________)

  1. O‘z tilining qadriga yetgan har odam,

Izzat-u hurmatda yashaydi har dam. _____________________

  1. Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oyinai hayoti-til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak, millatning ruhini yo‘qotmakdir. (Abdulla Avloniy) ______________.

  2. Tilingni avayla, omondir boshing,

So‘zingni avayla, uzayar yoshing.
Kishi so‘z tufali bo‘ladi malik,
Ortiq so‘z qiladi bu boshni egik. (Yusuf Xos Hojib)_________________.

  1. Qilichdan ham o‘tkir, olmosdan ham keskir,

Daryodan qudratli, buyuk kuchdir – til. _________________.

  1. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. (Islom Karimov) ___________________

  2. Shuning uchun ona tiliga,

Qattiq mehr qo‘yaylik, do‘stlar.
Ona tili gulshanlarida.
Kezmoqlikni suyaylik, do‘stlar.
III. 1-boshlovchi: Asl o‘zbegimning o‘chmas nomidan
Shoirlar e’zozda xush kalomidan.
So‘zim boshlayurman, qaddim tutib tik,
O‘zbekning o‘zbekcha assalomidan.
2-boshlovchi: Dunyoda eng buyuk muqaddas so‘zni,
Shu tilda aytganim bilan baxtliman.
Yurak mahzanining ochqichi, sensan,
Sening borliging-la men qudratliman.
 
1-boshlovchi: Assalomu alaykum qalblari bilim va mehrga, dillari sehrga to‘la hurmatli ustozlar. Yana bir ulug‘ bayram bahonasida siz bilan ajoyib davrada yig‘ilib turganimizdan benihoya xursandmiz.
 
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, xush kelibsiz deymiz , „Ona tilim jarangi olam uzra taralgay“ mavzusidagi adabiy-badiiy kechamizga. Mana bugun o‘zbek tiliga „Davlat tili“ maqomi berilganiga ham 24 yil to‘ldi. Ana shu bayram, shodiyona munosabati bilan barcha ta’lim fidoyilari, qalbi quyosh, mehri daryo ustozlarimizni muborakbod etib, ishlariga omad, ulkan zafarlar tilaymiz.

1-boshlovchi: Tadbirimiz avvalida ilk so‘zni _______________________________________________ beramiz.
1-boshlovchi: Mir Alisher, Bobur uni maqtadi ko‘p.
Jahon ahli hayratidan lol qoldi xo‘p,
Xalqimizning iftixori, yuragi bo‘p,
Kelgan tilim, jon-u dilim, dur-gavharim.
Onajonim tilidir bu, mening tilim.
2-boshlovchi: Endi tabrik uchun so‘z __________________________________
___________________________________________________marhamat ustoz!
Onam aytgan allalarda taralgan til,
Bobom aytgan hikmatlarda yo‘g‘rilgan til.
Hofiz qo‘shiq kuylaganda yangragan til,
So‘zlaganda so‘zlarimdan bolday tomgan
Onajonim tilidir bu, mening tilim.
1-boshlovchi: Inson go‘zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi hatto olam barqarorligining asosi ham bu – tildir. Til ijtimoiy – siyosiy, ruhiy hodisa. Tilni xalq yaratadi. Milliy til millatning bir belgisidir.
2-boshlovchi: Dunyoda turli-tuman xalqlar yashaydi. Demakki, bu xalqlarning o‘zlari uchun topilmas merosi, bir-biridan ko‘rkam ona tili mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatdagi barcha tillarning tengligi va erkinligini ta’minlaydi.
1-boshlovchi: Mustaqil O‘zbekistonimizda 130dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilib, jumladan, Navoiy viloyatimizda 80dan ortiq millat vakillari totuv va inoq yashab kelmoqdalar.
Millat vakillari 5 ta (rus, qozoq, ingliz, tojik, o‘zbek).
1-boshlovchi: Men tinglagan allalar yodi,
Yuragimga ildizdek botgan.
Ilk so‘zimni aytganim chog‘i.
Boshim uzra oppoq tong otgan.
2-boshlovchi: Qo‘shiq. “Vatanimiz, chamanimizsan” Ijro etadi Musiqa kursi tinglovchilari
1-boshlovchi: Barchamizga ma’lumki 1989-yil 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilgan. Bu o‘zbek tili bayramini o‘tkazish uchun barcha ta’lim muassasalarida, turli idora va tashkilotlarda katta tayyorgarlik ko‘riladi.
2-boshlovchi: Azizlar, bilasizki, barchamiz uchun qadrli bo‘lgan o‘z ona tilimizning tarixi naqadar buyuk. Keling, endi e’tiboringizni o‘zbek tili tarixiga qaratsak. Buyuk ajdodlarimiz yaratgan til haqidagi ibratli so‘zlarga bir nazar tashlasak.
Buyuk allomalar chiqishi. (Mahmud Qoshg‘ariy, Alisher Navoiy, Uvaysiy, Nodira, Abdulla Qodiriy, Muhammad Yusuf )

Yüklə 27,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin