Bobaniyazova Zaripa Xudayberganovna Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 32 sonli maktab ona tili va adabiyot oʻqituvchisi
Annotatsiya: O’quvchilarning o’zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirishi, mustaqil fikrlash, fikr-mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko’nikmasini shakllantirish, ya’ni interfaol tushunchasini yuzaga keltirishi kerak. Bu usulda o’quvchi o’zi faol ishtirok etgan holda, yakka juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so’zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo’yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o’quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzuni o’zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondosha oladi. O’qituvchi faqat yorug’ ko’rsatuvchi, kuzatuvchi vazifasini bajaradi, xolos. Kalit so’zlar:ona tili, ta’lim, prinsip, tarbiyaviy
Modomiki, maktab ta’limida ona tili eng asosiy va etakchi o`quv fanlardan ekan, oily ta’limning bakalavr tizimida “Ona tili o`qitish metodikasi” ham huddi shunday mavqega ega. Ta`lim prinsiplari jamiyatimizning maktab oldiga qo`ygan talablaridan kelib chiqadi. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, o`qitish prinsiplarini amalda qo`llash bilan chambarchas bog`langan.