Ona tokzorlarning vigetatsiyadagi o'rni mundarija: Kirish I bob. Tokzor barpo qilish va yosh toklar agrotexnikasi


I bob. Tokzor barpo qilish va yosh toklar agrotexnikasi



Yüklə 464,73 Kb.
səhifə2/6
tarix20.02.2023
ölçüsü464,73 Kb.
#85119
1   2   3   4   5   6
ONA TOKZORLARNING VIGETATSIYADAGI O\'RNI

I bob. Tokzor barpo qilish va yosh toklar agrotexnikasi
1.1. Yosh toklarni parvarishlash
Tokzordagi ishlarni qiyinligini hisobga olib, maydonlarni aholi yashaydigan punktlarga yaqin joylardan ajratish ma’qul. Uzoqdagi tokzorlarda dala shiyponlari qurish lozim. Tokzordan temir yo‘l stansiyalarigacha qulay yo‘l bo‘lishi juda muhim.
Tokzor uchun joy ajratilgandan so‘ng rejada bo‘limlar chegarasi, xo‘jalik qurilishlari (navlarga ajratish va joylash bostirmalari, qurilish maydonlari, omborlar va boshqalar) uchun joy belgilanadi, kvartal va kartalarning kattaligi, shakli aniqlanadi, sug‘orish va zovur tarmoqlari, yo‘llar, tokzorni himoya qiluvchi daraxtzorlar loyihasi tuzildi. Reja tuzishda navlarning tarkibi va ularni joylashtirish, olinadigan mahsulotdan foydalanish, zanglarni parvarish qilish tizimi, ko‘chat ekish qalinligi, agrotexnika va shunga o‘xshashlar aniqlandi.
Katta tokzorlar maydoni (ixtisoslashgan xo‘jaliklarda) 350-500 ga va undan ortiq keladigan bo‘limlarga ajratiladi. Maydonlarni ishlash oson bo‘lishi uchun ular kvartallarga, kvartallar esa, o‘z navbatida, kartalarga bo‘linadi. Kartalar asosiy maydon birligidir. U yo‘llar oralig‘idagi 3-5 ta maydonni egallaydigan yaxlit tokzorlardan iborat. Tekis joylarda kartalar to‘g‘ri burchakli shaklda bo‘ladi, hosilni va kesilgan zanglarni olib chiqib ketish qiyin bo‘lmasligi uchun uning kengligi ko‘chat ekilgan qatorlar bo‘ylab 100 m dan oshmasligi lozim. Kartalarning uzunligi (300500m) ko‘ndalang qatorlarga qarab aniqlanadi. Kartalar orasida tok qatorlariga tik qilib 5 m kenglikda yo‘l qoldiriladi.
Har bir kvartal 3-5 ga kartalardan iborat bo‘ladi. Kvartallar orasida qatorlar bo‘ylab 8 m kenglikda asosiy yo‘l qoldiriladi, bu yo‘l yerni ishlash vaqti traktorning aylanishiga, transport o‘tishi va sug‘orish tarmoqlarini joylashtirishga imkon beradi. Past baland joylardagi kvartal va kartalar kichikroq bo‘lishi mumkin.
Tok ekiladigan qatorlar kelgusida sug‘orish egatlari bo‘ylab, imkon bo‘lsa, shamol esadigan tomon bo‘ylab joylashtiriladi. Tog‘li hududlarda tokzorlar qatori yon bag‘irlarga ko‘ndalang qilib olinadi , bundan maqsad tuproqning yuvilib ketishi va yog‘in-sochin suvlarining oqib ketib nam yo‘qolishi oldini olishdir. Doimiy sug‘orish kanallari kvartallar chegarasi bo‘ylab vaqtincha sug‘orish tarmoqlari (o‘q ariqlar) esa kartalar orasidagi yo‘l bo‘ylab kovlanadi. Bunda ariqlar yerni mexanizatsiya yo‘li bilan ishlashga xalaqit bermasligi hisobga olinadi.
Toklarni shamolning zararli ta’siridan himoya qilish uchun tokzorlar atrofiga ihota daraxtlari o‘tqaziladi. Ularni tok o‘tqazishdan 2-3 yil oldin o‘tqazish maqsadga muvofiq, chunki yosh daraxtlar tokni shamoldan himoya qila olmaydi. Hech bo‘lmaganda bu ish tok o‘tqazish yilida bajariladi. Ihota daraxtlari yoki o‘rmonlar cheti balandlik yerlarda tokzorlarning tashqi chegarasida, suv xavzalari chegarasida, jarliklar, katta yo‘llarning shamol doim esib turadigan chegarasida bo‘lishi kerak. Ihota daraxtzorlarining kengligi joyning relyefi va shamolning kuchiga bog‘liq. Odatda bunday polosalar 5-6 qator ekilgan daraxtdan iborat bo‘ladi. Baland o‘sadigan va uzoq yil yashaydigan, nisbatan sekin o‘sadigan daraxt navlari polosalarga tez o‘sadigan va ularga yetib oladigan navlar bilan galma-galdan almashtirib o‘tqaziladi. Yorug‘sevar daraxtlar polosalar chekkasiga, soyaga chidamlilari esa o‘rtasiga o‘tqaziladi. Ixota daraxtlarining oxirgi qatori tok tupidan 10-12 m uzoqda bo‘lishi kerak, aks holda ularni yaqin bo‘lishi tokni zaiflashtirib qo‘yadi.
Uzum navlarini tanlashda birinchi navbatda xo‘jalik hududining tuproq-iqlim sharoiti, yo‘nalishi hisobga olinadi. Umuman, O‘zbekiston 27 xil xo‘raki va mayizbop navlar va 25 xil vinobop navlar o‘stiriladi. Respublikamiz uchun umumiy ko‘rsatkich, uzumchilik xo‘jaliklarida 65% maydonga mayizbop navlar, 25% maydonga xo‘raki navlar va 10-15% maydonga vinobop navlarni ekish tavsiya etiladi. Lekin, bu ko‘rsatkichlar ayrim xo‘jaliklarda nisbatan o‘zgarib turadi.
Assortiment tanlashda funksional urg‘ochi tip gulli navlar normal hosil berishi uchun ularning bir-ikki qatoridan so‘ng bir qator changlovchi nav o‘tqaziladi. Standart navlardan Charos, Nimrang, Kattaqo‘rg‘onda funksional urg‘ochi guli bo‘ladi. Charos navi uchun Qora kishmish, Pushti Parkenti, Pushti toyfi, Chillaki, Rkatsiteti; Nimrang navi uchun Qora kishmish, Pushti toyfi, Saperavi; Katta qo‘rg‘on navi uchun Qora va Oq kishmish, Pushti toyfi, Sultoni, Vassarg‘a, Saperavi eng yaxshi changlovchi bo‘ladi. Tokning shu navlar bilan bir vaqtda gullaydigan boshqa navlari ham changlovchi bo‘la oladi.
. Tok ko‘chatining tutib ketishi, yosh tok ko‘chatlarining o‘sishi, hosilga kirish vaqti, hosildorligi, uzoq yashashi va muhit sharoitiga chidamliligi yerni ekin ekishdan oldin ishlashning sifatiga bog‘liq. Yerni tayyorlash quyidagilardan: tekislash, oldin ekilgan ekinni o‘g‘itlash, tik yon bag‘rlarini terrasalash, sug‘orish va drenaj sistemalari qurish, kartalarni mustaxkamlashda yerni ag‘darib haydash va daraxt hamda butalar bo‘lsa ularni kovlash va boshqalardan iborat.
Zarur ishlar bajarilgandan so‘ng yer 50-60 sm chuqurlikda palaxsalarni to‘la ag‘darib haydaladi. O‘zbekistonda tok sug‘oriladigan sharoitda yerni ko‘chat o‘tqazishdan oldin ag‘darib haydash, chuqur qilib yumshatish va oddiy haydashga qaraganda tuproqning fizik xossalarini bir muncha yaxshilanishiga yordam beradi va shu bilan zanglarning yaxshi tutib ketishini va baquvvat bo‘lib rivojlanishini ta’minlaydi.
Yerni yilning istalgan vaqtida ag‘darib haydash mumkin, uni kamida 34 oy qolganda bajarish ma’qul, bunda tuproqning yumshatilgan qavati cho‘kadi va ularning kapillyarlari tiklanadi. Agar ko‘chatlar bahorda o‘tkaziladigan bo‘lsa, yerni kuzda haydash ma’qul, bahorda esa diskalash yoki boronalash kerak.
Tosh yuzaga chiqib qolmasligi uchun shag‘alli qatlamli yer yuzasiga yaqin joylashgan yerlarda ag‘darib haydalmaydi.
Unumsiz tuproqli yerlarga ag‘darib haydashdan avval gektariga 30-40 t go‘ng, 600-1000 kg superfosfat va 250 kg kaliyli o‘g‘itlar solinishi lozim. Quruq va bo‘z yerlarga tok ekishdan oldin o‘g‘it solmasa ham bo‘ladi.
Maydonni ko‘chat ekish uchun taqsimlashdan oldin tok tupining oziqlanish maydoni, ya’ni qatordagi tuplar va qatorlarning orasi (ekish qalinligi) belgilanadi. U tuplarning o‘sishi va hosilga kirishi uchun eng qulay sharoit yaratishi va yerni hamda toklarni parvarish qilish bo‘yicha kompleks mexanizatsiyani qo‘llashga imkon berishi kerak. Tok o‘tqazish qalinligi tabiiy sharoitga, nav tarkibiga, tuplarning o‘sish kuchiga va ularni parvarish qilishga bog‘liq. Yer qancha unumdor bo‘lsa, tuplar qancha kuchli o‘ssa, ularning oziqlanish maydoni shuncha katta bo‘ladi. Unumsiz (shag‘alli va boshqa xil) tuproqli yerlarda oziqlanish mexanizatsiyadan foydalanish imkoniyati xisobga olinadi. Shuning uchun yerni maxsus bog‘tokzorlar traktori (KDP-35, KD-35) bilan ishlashda qatorlar orasi tik simbag‘azlar uchun kamida 2-2,5 m,tok o‘stirishning boshqa usullari uchun va kuchli traktorlar bilan ishlaganda 3-3,5 m gacha bo‘ladi. O‘zbekistonning toklarni qishda qalin ko‘mish talab etiladigan shimoliy tumanlarda qatorlar orasi 3 m bo‘ladi. Sug‘oriladigan tokchilik sharoitida esa qatorlar orasi 2,5-3 m bo‘lishi kerak, deb qabul qilingan.
Tok ildizining rivojlanish tezligi va tarqalish xarakteri ko‘p jixatdan o‘tqazish qalinligiga bog‘liq. Tuplar oralig‘i 1,5 m bo‘lganda ildizlarning ko‘p qismi qo‘shni tuplar tagiga joylashadi va ko‘pincha ularning ildizi bilan chirmashib ketadi. Tuplar oralig‘i 3 m bo‘lganda ildiz ildizi odatda oziqlanish maydonida joylashadi.
Tokning o‘sish kuchiga qarab maydon taqsimlanib chiqadi. Taqsimlash uchun 2 ta 105 m li tross, 2 ta temir qoziqlar, o‘lchov metrlari, ko‘chat joyini belgilash uchun cho‘p qoziqchalar (talab qilingan sonda) kerak bo‘ladi.
Maydon taqsimlab chiqilgandan so‘ng, belgilangan joylarda ko‘chat o‘tqazish uchun chuqurlar (o‘ralar) kovlanadi. Ularning diametri 60 sm, chuqurligi esa tuproqning mexanik tarkibiga qarab yengil tuproqli, qumoq yerlarda 60 sm, og‘ir tuproqli yerlarda 45-50 sm bo‘lishi lozim.
Tokni kuzda va bahorda ekish mumkin. Kuzda oktabr oyidan boshlab, sovuq tushguncha davom ettiriladi. Bahorda esa tuproq holati ekish uchun yaroqli bo‘la boshlagandan to ko‘chatda kurtaklar yozila boshlaguncha ya’ni aprelning ikkinchi o‘n kunigacha davom ettiriladi. Ko‘chatlar qancha kech o‘tqazilsa, ular yomon ko‘karadi. Agar yer muzlamagan bo‘lsa, tok ko‘chatlarini qishda harorat noldan yuqori bo‘lgan iliq kunlarda ham o‘tqazish mumkin. Umuman ko‘chatlarni kuzda ekish maqsadga muvofiq, lekin qishda qor va yomg‘ir suvlari ko‘llab qoladigan sug‘orish imkoniyati bo‘lmagan maydonlarda bahorda ekish lozim.
Ekish uchun standart bo‘lgan sog‘lom ko‘chatlarni tanlash kerak. Saqlanayotgan joydan kovlab olingan, bir kunda ekishga mo‘ljallangan ko‘chatlar o‘tqazilishidan bir kun oldin yangilanishi uchun bir necha soat suvga solib qo‘yiladi. Agar ko‘chatlar boshqa xo‘jalikdan olib kelingan va bir oz qurib qolgan bo‘lsa, ularni 2-3 kun suvda saqlash lozim. So‘ngra ko‘chatning asosidagi pastki ikkita bo‘g‘imdan rivojlangan ildizlar 10-15 sm gacha qisqartiriladi, qolganlari tok qaychi bilan kesib tashlanadi. Qoldirilgan novdalarning har biri 2-3 ta kurtagidan kesib qisqartiriladi. Kesish vaqtida ko‘chatlarning sifati tekshiriladi, qurib qolganlari (eskilari), kasallangan, nimjonlari, shikastlanganlari yoki standart talablariga javob bermaydiganlari brak qilinadi. Kesib olingandan so‘ng ko‘chatlar nam tuproqga ko‘miladi.
O‘tqaziladigan kuni ko‘chatlar ekish joyiga eltib beriladi, bunda ular qurib qolmasligi kerak, buning uchun esa ustiga ho‘l qop yoki brezent yopib qo‘yiladi. Bu yerda ham ular yer yuzasiga bir-ikkita kurtak qoldirib nam tuproqga ko‘miladi. Bevosita o‘tqazishdan oldin ko‘chatlar ildizi suv,tuproq va mol go‘ngidan tayyorlangan aralashmaga (bo‘tqaga) botiriladi. Bu ildizlarni qurib qolishdan saqlaydi.
Tok ko‘chatlari qo‘lda, yarim mexanizatsiya va mexanizatsiya yordamida ekiladi. Agarda qo‘lda ekilsa 1 gektarga ko‘chat ekish uchun 50 kishi kuni, yarim mexanizatsiya yordamida ekilsa 8 k/kuni, mexanizatsiya yordamida ekilsa 2 kishi kuni sarflanadi. Lekin, O‘zbekiston sharoitida yilma-yil tokzorlar barpo etilib, ham sifatli, ham xatosi kam bo‘lishi uchun asosan qo‘lda ekiladi.
Ko‘chatlar to‘g‘ri va sifatli ekilsa ularning ko‘karishi 95-98%ni tashkil qiladi.
. Tok ko‘chatlari o‘tqazilgandan so‘ng ularning yaxshi tutib ketishini hamda yaxshi o‘sishini, ularning hosilga tez kirishini ta’minlash lozim. Shu maqsadda o‘sayotgan novdalar qoziqlarga bog‘lab qo‘yiladi, tokzor tuprog‘i doimo yumshoq, begona o‘tlardan tozalangan bo‘ladi. Tok o‘tqazilgan yili joyning relyefiga qarab yosh toklarni ikki tomonlama ishlash mumkin. Bu qo‘l mexnatini anchagina kamaytiradi. Kelgusi yili bahor-yoz davomida qator oralarini 3-4 marta kultivatsiya qilinadi yoki ag‘darmasdan haydaladi, qatorlardagi zanglar orasi ikki-uch marta qo‘lda chopiq qilinadi. Dastlabki ikki yilda sug‘oriladigan tokzorlarda qator oralariga poliz ekinlari, ertagi kartoshka va ertagi sabzavotlar ekish mumkin. Oraliq ekinlar tokni siqib qo‘ymasligi uchun ular tok qatoridan 0,5 m nariga ekiladi va ular qo‘shimcha o‘g‘itlanadi, hamda sug‘oriladi. Tok novdalari qishgacha pishishi uchun sentabr oyidan boshlab qator oralaridagi ekinlar sug‘orilmasdan qo‘yiladi.
Yosh toklar birinchi yili 10-12 marta, ikkinchi yili 8-10 marta va uchinchi yili 6-8 marta sug‘oriladi. Nam to‘plash uchun qish oylarida birikki marta nam to‘plash uchun ham sug‘oriladi.
Yosh tokzorlarni o‘rtacha o‘g‘itlash meyori quyidagicha: azot-90, fosfor50-60, kaliy-30 kg gektariga ta’sir etuvchi modda hisobida beriladi.
Qator oralariga 3-4 martagacha ishlov beriladi, agarda qator oralariga boshqa ekinlr ekiladigan bo‘lsa, uning agrotexnikasi tok agrotexnikasiga mos kelishi kerak. Umuman olganda qator oralariga tokka konkurent bo‘lgan ekinlar ekilmaydi.
Shunday qilib, tok ko‘chatlari ekilgandan so‘ng 3 yil davomida o‘tqaziladigan barcha agrotexnika tadbirlari tok ko‘chatini tutqazishga va tok tupini tashkil qilishga qaratilgan bo‘ladi.




Yüklə 464,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin