Ona tokzorlarning vigetatsiyadagi o'rni mundarija: Kirish I bob. Tokzor barpo qilish va yosh toklar agrotexnikasi


II bob. Tokzorlarni remont, rekonstruksiya qilish va sovuqdan saqlash



Yüklə 464,73 Kb.
səhifə4/6
tarix20.02.2023
ölçüsü464,73 Kb.
#85119
1   2   3   4   5   6
ONA TOKZORLARNING VIGETATSIYADAGI O\'RNI

II bob. Tokzorlarni remont, rekonstruksiya qilish va sovuqdan saqlash
2.1. Uzumning sharobbop navlarini fenologik fazalarini o‘tishi va hosildorlik ko‘rsatgichlari
Respublikamizning xo‘jaliklarida yosh tokzorlardan tashqari eski (keksa) tokzorlar ham bo‘lib, ular ayrim hollarda siyrak, har xil nav ekilgan, qatorlar noto‘g‘ri joylashtirilgan, yerni mexanizatsiya yordamida ishlash qiyin bo‘lgan mayda uchastkalardan iborat; ayrim hollarda tok tuplari katta (qari) asosiy zangi ko‘p mexanik shikastlangan; ko‘pincha tok o‘stirish usuli eskirgan bo‘lib, so‘riga ko‘tarmasdan ishkomda o‘stiriladi va hokazo. Bu kamachiliklarni tugatish va mo‘l hosil olish uchun tokzorni maydon birligida tuplar miqdori normal bo‘lgan, sof navli bir xil yoshdagi tok ekilgan yirik massivlar barpo qilishga yordam beradigan, ishlab chiqarish protsesslari mexanizatsiyalashtirilgani holda so‘rida o‘stirishga moslab qayta tiklash zarur.
Qayta tiklash oldidan xo‘jalik geodezik syomka qilinadi, ayrim maydonlar bo‘yicha tokzorlar puxta inventarizatsiya qilinadi va qayta tiklashning umumiy rejasi tuziladi, bunga quyidagilar: maydonning nomi va nomeri, tokzorning yoshi, asosiy nav ekilgan maydon, aralash navlar va ular egallagan maydon, toklarning siyrakligi, o‘tqazish usuli (qator qilib, har xil) va tuplar hamda qatorlar orasidagi masofa, tok tuplarini o‘stirish usuli (so‘riga ko‘tarmay, ishkomda va boshqa), tuplarga shakl berish, so‘ngi uch yilda tokzorning hosildorligi, tokzorni sug‘orish usullari (ariqdan, bostirib va egatdan sug‘orish) kiradi.
Tekshirish ma’lumotlariga qarab, ayrim maydonlarning holati aniqlanadi va tokzor butunlay yoki qisman qayta tiklanadi.
. Tokzorlar territoriyani yangidan tashkil etish umumiy rejasiga muvofiq ravishda to‘liq qayta tiklanganda, juda eski, juda siyrak, har xil navlar to‘plamidan iborat, qator oralarini mexanizatsiya yordamida ishlash qiyin va hosildorligi past bo‘lgan maydonlardagi toklar asta – sekin kundakov qilinadi. Maydon tekislangandan va yer tegishlicha tayyorlangandan keyin reja bo‘yicha yangi ko‘chat o‘tqaziladi. Batamom qayta tiklash rejasi yalpi hosil tinimsiz ortib boradigan qilib tuziladi.
Qayta tiklash usuliga ko‘ra mavjud tokzorlarni taxminan uch guruhga bo‘lish mumkin:
To‘g‘ri qator qilib o‘tqazilgan va tuplari yaxshi holatda bo‘lgan sof navli maydonlar. Bunday maydonlarni so‘ri o‘rnatib va tuplarga yelpig‘ichsimon shakl berib tartibga solish kerak, bunda qator oralariga mexanizatsiya yordamida ishlov berish osonlashadi.
Tekis joylarda qatorlarning yo‘nalishi bu maydonlardan kattakatta massivlar barpo etishga imkon beradigan bir-biriga yaqin joylashgan va hajmi 0,25 ga hamda undan katta maydonli uchastkalar.
Bir-biridan ancha uzoq joylashagan, maydoni ko‘pi bilan 0,25 ga bo‘lgan mayda uchastkalar. Bularning relyefi noteks, tok tuplari yomon joylashtirilgan bo‘ladi. Bunday uchastkalarni qayta tiklash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas va u yerga yangi ko‘chatlar ekish kerak.
Tok tuplari olib tashlanmaydigan maydonlarda siyraklikni yo‘qotish, qator oralarini kengaytirish yoki toraytirish, tuplarni boshqa joyga ko‘chirish, navlarni almashtirish maqsadida qisman tiklash ishlari, bajarilishi mumkin.
Tokzor barpo qilingandan keyin birinchi yili kuzda yoki ikkinchi yili bahorda tutib ketmagan yoki olib tashlangan aralash navlar o‘rniga qo‘shimcha ravishda ko‘chat o‘tqaziladi. Bu ishni ko‘chatlar o‘tqazilgandan may oyi oxirida iyun oyi boshlarida ham bajarish mumkin. Buning uchun o‘sha navning birinchi nav ko‘chatlaridan foydalaniladi, ular tuprog‘i bilan o‘tqaziladi va albatta sug‘oriladi. Bunda o‘simlik yaxshi tutadi va rivojlanishda asosiy o‘tqazilgan tuplardan orqada qolmaydi.
O‘tqazilgandan keyin ikkinchi yili yosh tokzorlar o‘sha navning yaxshi rivojlangan ikki yillik ko‘chatlari bilan remont qilinadi. Ko‘chat ekish oldidan qoziqchalar qoqib tuplar o‘rni belgilanadi, so‘ngra diametri va bo‘yi 70-80 sm bo‘lgan chuqurlar kovlanadi, unga 10 kg gacha chirindi solinadi.
Ko‘chatlar oddiy o‘tqaziladi va sug‘oriladi.
O‘tqazilgandan keyin uchinchi yildan boshlab yoppasiga qurigan yoki ko‘chat o‘tqazilmagan va katta to‘plardan parxish qilish qiyin yerlardan tashqari joylarda, o‘simliklarni parxishdan xatosini to‘g‘irlash maqsadga muvofiq.
Tokzor xatolarining to‘g‘irlashda parxish (novda parxish, tup parxish), va payvand qilish usullaridan foydalaniladi.
Ba’zi joylarda katta tok to‘plarini ham ko‘chirib o‘tqazish mumkin. Tokzorlarni qayta tiklashda yoki ulardan boshqa maydonga ko‘chirishda b’zan katta to‘plarni ko‘chirib o‘tqazish zarurati tug‘iladi. Ular kuzda, tinim davrida ekilganida tuprog‘i bilan ko‘chirib olinib, boshqa uchastkaga o‘tqaziladi. Tuproqsiz yoki tuprog‘ini tushirib o‘tqazilsa, yomon natija beradi. Ko‘chirib o‘tqazilgandan keyin tuplar qondirib sug‘oriladi. Tok tuplari 100x80x80 sm o‘lchamli qisimlarga ajratiladigan yashiklarda yoki yashiksiz tashiladi, ammo oldin ildizlari tuproq, chirindi, mineral ug‘itlar aralashtirib tayyorlangan «atalaga» botirib olinadi. Ko‘chirib o‘tqazishda tupda kamroq novda qoldiriladi, yer yaxshilab o‘g‘itlanadi, sug‘oriladi va yumshatiladi. Ana shunday qilingan ko‘chirib o‘tqazilgan tok ko‘chatlari 95 % va undan ham ko‘prog‘i tutib ketadi va ularning ba’zilari ko‘chirib o‘tqazilgan birinchi yildayoq hosil beradi.
Tok tuplarini yoshartirish usullari. Tokning yer ustki qismlari yer ostki qismlariga qaraganda kam yil yashaydi. Ildizlari muhitning va odamning tashqi ta’siridan himoyalangan bo‘ladi. Tokning yer ustki qismlari har yili kesib turiladi, ko‘pincha mexanik shikastlanadi, tuplar ko‘milayotganda va ochilayotganda sinadi, yerga ishlov berishda shikastlanadi, sovuq uradi, zararkunanda, kasallik va boshqalardan zararlanadi. Shuning uchun tanasi va ko‘p yillik shoxlarining hayoti ko‘pincha ularning tabiiy qariligi boshlangunga qadar tugaydi. Masalan, O‘zbekistonda tuplarga kalta qilib shakl berilganda uzum zanglar 8-12 yoshida, o‘rtacha shakl berilganda esa to‘rtinchi-oltinchi yili eng ko‘p hosil beradi. Shundan keyin hosili kamaya boshlaydi. Bu davrda ularni yangisi bilan almashtirish kerak. Zangning novdalari ham tez qariydi va vaqtivaqti bilan almashtirib turish kerak bo‘ladi.
Yoshartirish muddatlari tupning holatiga qarab belgilanadi. Zangning uchidagi novdalar sust o‘sishi va tupning asosida ko‘p bachki novdalar paydo bo‘lishi bilanoq yoshartirishga kirishiladi.
O‘z vaqtida yoshartirish yo‘li bilan tuplardan ko‘p bachki novdalar chiqishining oldi olinadi va tegishli agrotexnikani qo‘llab, hatto qari tuplardan ham har yili muttasil hosil olish ta’minlanadi.
Tuplar to‘liq yoki qisman yoshartiriladi. Tuplar to‘liq yoshartirilganda ularning hamma yer ustki qismlari shakllantiriladi. Bu usul kam, tupning barcha yer ustki qismlari sovuqdan zararlanganda yoki tup juda qari, shuningdek, noto‘g‘ri kesish sababli xunuklashgan zang va kunda hosil bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Tup parxish qilish yo‘li bilan ham to‘liq yoshartiriladi. Ko‘pincha tok qisman yoshartiriladi, buning mohiyati qo‘yidagicha:
Tok tupining asosida yon zangining pastki qisimlarida tupning eski qismidan o‘sib chiqqan, qulay joylashgan novdalar qoldiriladi. Kelgusi yili bahorda ular ikki-uchta kurtak qoldirib kesiladi, eski (qari) zangga tegilmaydi va u hosil berishda davom etadi. Meva halqalari chiqarishi uchun uchinchi yili yoshartirish butog‘i kesiladi va eski zang arralab tashlanadi. Kesilgan joyidagi to‘qimalar qurib qoladi, ularning sirti gummi yelim (himoya modda) bilan qoplanadi.
. Toklarni sovuq va qora sovuqlardan saqlash. Tokdan mo‘l hosil olish ko‘p jihatdan uni sovuq, qora sovuqlardan saqlash uchun olib boriladigan tadbirlarga bog‘liq. Tok ko‘pincha erta kuzgi (oktabrdagi birmuncha kuchsiz -6, -8 gr qora sovuqlardan), ayniqsa, issiq kunlardan keyingi sovuqdan zararlanadi, bu vaqtda hali tok uncha chiniqmagan bo‘ladi. Bunday holda ko‘p ko‘zchalar nobud bo‘ladi, novdalarning va tupdagi ko‘p yillik qismlarning to‘qimasi zararlanadi.
Noyabr, dekabr oylarida bo‘ladigan 16-18 gradusli sovuqlarga Rkatsiteli, Risling, Saperaviy, Kaberni navlari ko‘proq chidamli, mahalliy navlarning ko‘pchiligi, shu jumladan Husayni, Nimrang, Kattaqo‘rg‘on kamroq chidamli bo‘ladi.
Quruq yerlarda qora sovuqlar ko‘p va nam yerdagiga qaraganda juda zararli bo‘ladi. Pastliq joylardagi maydonlarda qora sovuqlar tez-tez va juda kuchli bo‘ladi. Chunki qishda va erta bahorda u yerga sovuq havo yig‘ilib qoladi. Qora sovuqlar vaqtida yer yuzasiga yaqin joyda 1-2 m balandlikdagina qaraganda harorat past bo‘ladi, shuning uchun ham ochiq tuplarning pastki qismi ancha kuchli zararlanadi.
Yoz-kuzda toklar ahyon-ahyonda sug‘orilsa, azotli o‘g‘itlar kech berilsa, tuplarning kuzgi o‘sishi, novdalarning pishishi va qishga tayyorlanishi ancha kechikadi, bu esa ularning sovuqqa chidamliligini pasaytiradi.
Yerda nam yetarli bo‘lsa, ular yangi novda va barglarni kam chiqaradi, buning natijasida tok qishki tinim davriga oziq moddalar zaxirasini kam to‘playdi va bu bilan ularning past haroratga chidamligi pasayadi.
Yer haddan tashqari nam bo‘lsa va azotli o‘g‘itlar katta normada berilsa, ayniqsa tupda kurtaklar yetishmaganda surx novdalar, qo‘ltiq novdalar o‘sib ketadi, tuplarning qalinlashishiga va sovuqqa chidamliligining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Toklarni parvarish qilishda yuqori va o‘z vaqtida o‘tkaziladigan agrotexnika (sug‘orish, o‘g‘itlash, xomtok, qo‘ltiq novdalarni olib tashlash, chilpish, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish va boshqalar) tuplarning yaxshi o‘sishiga va novdalarning pishishiga, tupning qishlaydigan qismlarida plastik moddalar zaxirasining ko‘p to‘planishiga yordam beradi, bu bilan tok kurtaklari hamda novdalarining sovuqqa chidamliligi ortadi.
Toklarning noyabrning boshlaridan kechiktirmay ko‘mib bo‘lish lozim. Mexanizatsiyadan foydalanish qiyin bo‘lgan kichik tokzorlardagi toklar ketmon yordamida ko‘miladi. Katta maydonlardagi toklarni ko‘mishda mashinalardan foydalaniladi.
O‘zbekistonda ko‘milgan toklar qattiq sovuqlar o‘tishi bilan, mart oyining ikkinchi yarmida ochiladi, lekin yilning kelishiga qarab bu muddatni o‘zgartirish ham mumkin.
Qishki, bahorgi qora sovuqlardan toklarni asrashda sug‘orib turishning ham ahamiyati katta.
Uzumning texnik navlari ko'pincha sharobbop navlar deb ataladi, ular asosan vino ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Sharobbop uzum navlari xo'raki va kishmishbop navlaridan quyidagi xususiyatlar bilan farqlanadi.
Xususan, uzumning sharobbop navlarida uzum boshlari og'irligi yengil, uzum boshlari kichik, turli shakl va rangda bo'ladi, shakli ko'pincha konussimon. Uzum boshlar soni ko'p, g'ujumi kichik va o'zaro zich. Uzum boshi g'ujumini sharobbopning qandliligi va kislotaliligi yuqori bo'ladi. Bunday navlardan musallas, shampan, kuchli hamda desert musallas tayyorlanadi.
Uzumning sharobbop navlarida qishlovchi kurtaklar may-iyun oxirlarida, mahalliy xo'raki hamda kishmishbop navlarda iyulning oxirlarida boshlab.
shakllanadi. Xo'raki va kishmishbop navlardagi markaziy qishlovchi ko'zlarda to'pgullar sharobbop navlarnikiga nisbatan kechroq shakllanadi. Tokning yillik rivojlanish davri o'suv va tinim davrini o'z ichiga oladi. O'suv davri o'z navbatida 6 ta fenologik fazalardan iborat bo'lib ular quyidagilardir: birinchi faza shira harakati (tokda shira harakati boshlanib, kurtaklarning ochilish davrigacha, ya'ni ular yozilgunga qadar davom etadi); ikkinchi faza kurtaklar yozilgandan gullashgacha davom etadi; uchinchi faza gullash (gullarning ochilib gultoj qalpochqalarining to'kilishidan boshlanadi va to'pgullar to'kilgungacha davom etadi); to'rtinchi faza g'ujumlarning tugishi va o'sishi (g'ujum tugunchalarining paydo bo'lishidan boshlanib, ularning pishishigacha davom etadi); beshinchi faza g'ujumlarining pishishi (g'ujumlar pisha boshlashidan to ular to'liq pishgungacha davom etadi); oltinchi faza barglarning to'kilishi - xazonrezgilik (g'ujumlarning to'liq pishishidan to barglarning to'kilishigacha davom etadi).
Tokning fenologiyani o'rganishdan maqsad- turli hodisalar ta'sirida turlicha o'zgarishlarni keltirib chiqaradigan vositalarni tavsiflash. Uzumchilikda tadqiqotlar yillik o'sish bosqichlarining muddatini belgilaydi. Ular tokzorni barpo qilishni loyihalashda va ekishni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan turli xil inson, moddiy va iqtisodiy resurslarni rejalashtirishda ishlatilishi mumkin. Tokning yil davomida rivojlanish xususiyatlarini xususan har bir fenologik fazasi uchun zarur bo'lgan agrotexnik tadbirlarni bilish va shu asosida ish tutish, tokning barqaror o'sib rivojlanishini ta'minlash, yuqori va sifatli hosil yetishtirishni talab darajasida boshqarish imkonini beradi.
Tokning yillik rivojlanish davri bilan bog'liq masala yetarli darajada ilmiy o'rganilmagan. O'suv davrining alohida fazalari davomiyligi yetarli darajada aniq emas va farqlanish ko'p hollarda asosan o'simliklarning morfologik belgilariga ko'ra tavsiflanadi. Xo'jalikning muayyan sharoitida tok o'simligining rivojlanish davrlari fazalarini o'tish muddatlarini bilish nafaqat nazariy, balki ishlab chiqarish ahamiyatiga ham ega bo'lgan muhim xo'jalik belgi hisoblanadi. Tokda rivojlanish fazalarini o'tishi meteorologik omilarga ham bog'liq bo'lib, ularning boshlanish va tugallash muddatlarini hisoblash, tashqi muhitning muayyan sharoitida uzumning turli navlarini joylashtirishga mos kelishini aniqlash va mazkur navlar agrotexnikasining asosiy yo'nalishlarini belgilash imkonini beradi.
Turli vaqtlarda tokning o'suv fazaralarini o'tish masalalari bilan ko'pgina MDH va xorijiy tadqiqotchilar shug'ullangan. A.M.Negrul va Ye.I.Moxovalarning fikricha, navlarning biologik xususiyatlarini, ularning muhitga bo'lgan talablarini bilish uchun doimiy ravishda har bir uzumchilik xo'jalikda fenologik kuzatishlar olib borish kerak bo'ladi.
Sh.Temurov muhit sharoitlarga nisbatan eng yaxshi uzum navlarini tanlash, agrotexnik tadbirlarni olib borish muddatlarini aniqlashtirish uchun o'suv fazalarini o'tish muddatlarini ahamiyatli ekanligini bir necha marta qayd qilgan edi.
Uzumning eng yaxshi navlarini aniqlash uchun tokzorlarda muayyan sharoitlarda fenofazalarni o'rganish juda muhim hisoblanadi.


Yüklə 464,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin