Onore de Balzak reja o‘zbekistonda buxgalteriya hisoblni me’yoriy-huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari



Yüklə 71,27 Kb.
səhifə5/5
tarix25.12.2023
ölçüsü71,27 Kb.
#194354
1   2   3   4   5
Buxgalteriya hisobining moxiyati, huquqiy asoslari va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar uchun axamiyati.

To‘rtinchi pog‘ona - korxonaning hisob schoti № 1 - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli O‘zbekiston Respublikasi buxgal- teriya hisobi milliy standard (BHMS)ga. muvofiq hisob siyosati xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun foydalaniladigan maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to‘plain ini ifodalaydi.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati korxona rahbari tomonidan № 1-BHMS asosida tuzilib, xojalik yurituvchi subyektning har xil yillar uchun taqdim qilingan moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchan hamda boshqa aloqador BXMSlar asosida shakllantirilgan bo‘lishi lozim.
Korxonaning hisob yuritish siyosati bosh buxgalter tomonidan ishlab chiqiladi va rahbar buyrug'i bilan tasdiqlanadi.
Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat:

  • tekshiriladigan korxonaning hisob siyosati to‘g‘risida buyruq (farmoyish);

  • buxgalteriya hisobining ishchi schotlar rejasi;

  • tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari va ichki buxgalteriya hisobotlari shakllarining ro‘yxati;

  • hujjatlar aylanish reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyalari;

  • ayrim ko‘rsatkichlami hisobga olish bo'yicha tasdiqlangan uslubiyat va' tekshiriladigan korxona hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqqa boshqa ilovalar;

  • quyidagi masalalami bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish xati:

  • Hisob siyosati №1 BXMS talablaridan kelib chiqqan holda korxona buxgalteriya hisobining ishonchliligini ta’minlashi lozim.

№1 BHMS 56-bandiga muvofiq hisob siyosati kalendar yili davomida o'zgartirilmaydi. Faqat xo'jalik yurituvchi subyektni qayta tashhil etilishi (birlashish, bo‘linishi, qo‘shib olish), mulkdorlar almashishi, 0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobininig yangi usullari ishlab chiqilgan hollarda hisob siyosati o'zgartirilishi mumkin. ( №1 BHMS 56.1, 56.2, 56.3, 56.4)
Hisob siyosatiga kiritilgan o'zgartirishlar asoslangan bo'lishi va tegishli tartibda rasmiylashtirilishi lozim. (№1 BHMS 55-bandiga muvofiq) O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo'lmagan hisob siyosatidagi o'zgartirishlar oqibatlari xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobining o‘zgartirilgan usullari qo‘llanilib boshlanadigan sanaga (oyning birinchi sanasiga) tekshirilgan ma’lumotlar asosida qiymat ifodasida baholangan bo‘lishi lozim.
Hisob siyosatida quyidagi masalalar o‘z aksini topishi lozim:
Tashkiliy - texnikaviy masalalar:

  • Hujjatlar aylanish qoidalari va reja-grafigi.

  • Ichki hisobot (tarkibi, shakllari, davriyligi, tuzish va taqdim qilish muddatlari, foydalanuvchilar).

  • Ichki nazorat tizimi (ichki audit xizmati, mutaxassis, shaxsan rahbarning o‘zi, taftish komissiyasi).

  • Buxgalteriya (yoki moliya-hisob markazi) to‘g‘risidagi Nizom va buxgalteriya (MHM) xodimlarining xizmat vazifalari taqsimoti.

  • Inventarizatsiya o’tkazish tartibi.

Uslubiy masalalar:

  • Materiallar haqiqiy sarfining normadan chetga chiqishini nazorat qilish usullari.

  • Umumishlab chiqarish xarajatlari va boshqa bilvosita xara- jatlami taqsimlash tartibi.

  • Davr sarflarini hisobdan o‘chirish tartibi.

  • Tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash.

Soliqqa oid masalalar:

  • Alohida hisob yuritishni tashkil etish tartibi (faoliyat turlari' bo’yicha, sotilgan tovarlar bo‘yicha, har xil stavkalarda QQS solina- .digan, QQS solinmaydigan va hokazo).

  • Ijtimoiy soha obyektlarini hisobga olishni tashkil etish (mulklar imtiyoz berilgan va imtiyoz berilmagan ishlab chiqarishda birga qo’shib ishlatilgan hollarda rnulk solig’i bo’yicha imtiyozga huquq olish uchun).

«Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»nomli №1 BXMSga muvofiq xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan hisob siyosatini shakllantirish chog’ida tanlangan buxgalteriya hisobi usullari tegishli tashkiliy-farmoyish hujjatlari rasmiylashtirilgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan qo’llaniladi. Hisobot yili davomida yangidan tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasnodir.
Hisob siyosatida ko’rsatilgan buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari xo’jalik yurituvchi subyektning barcha tarkibiy bo’linmalarida qo’Haniladi(Hisob siyosatining mohiyati, me’yoriy-huquqiy asoslari, tarkibi, ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi, o‘zgartirish kiritish masalalari 15-bobda batafsil bayou qilingan).
Nazorat savollari

  1. O’zbekistonda buxgalteriya hisobini me’yoriy-huquqiy tartibga solish tizimi qanday?

  2. O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g’risida»gi qonuni- ning mazmuni va ahamiyati nimadan iborat?

  3. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari nima va ulaming ahami­yati qanday?

  4. Nechta buxgalteriya hisobi milliy standard mavjud va ulami qisqacha ta’riflang?

  5. Korxona hisob siyosatining mazmuni nimadan iborat?

Yüklə 71,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin