Ontogenez psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Ontogenez psixologiyasi fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 243,11 Kb.
səhifə3/13
tarix17.09.2023
ölçüsü243,11 Kb.
#144558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ontogenez psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

1.2. Ontogenez psixologiyasi fanining rivojlanish tarixi.
"Ontogenez" atamasi ilk bor 1866 yil nemis olimi Эrnst Genrix Gekkel tomonidan filogenizdan farqli o‘laroq - turning evolyusion rivojlanishi bilan tanishtirildi.
XIX asrning II yarmida eksperimaental psixologiyasining rivojlanishi bilan bola psixikasining ayrim jihatlarini (diqqat, xotira, tafakkur, nutq, iroda) o‘rganila boshladi.
Shuningdek, chet el psixologlari ham ayrim psixik jarayonlar bo‘yicha ilmiy tekshirishlar olib bordilar. Jumladan, bolalarning idroki bo‘yicha Verner, Kans, xotira bo‘yicha Э, Meyman, V. Shtern, tafakkur bo‘yicha Bine, Byuller, nutq-muloqot bo‘yicha Э.Bern, Mak-Karti va boshqalar ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirdilar.
Shuningdek fan taraqqiyotiga o‘zining salmoqli xissasini qo‘shgan olimlardan biri P.P.Blonskiydir (1884-1941). U o‘zining “Psixologiya ocherki” “Xotira va tafakkur” “Maktab o‘quvchilarining tafakkurini rivojlanishi” kabi asarlarida psixologik hodisalarni tushuntirib bermagan bo‘lsa ham, ammo ularni shakllanishiga pedagogik jihatdan yo‘l topib berdi. U bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishi, kichik, o‘rta va katta maktab o‘quvchilarining assotsiatsiyalar doirasi, bolalar tafakkurida tushunchalarning paydo bo‘lishi, xotira va tafakkurlarni o‘quv faoliyatida rivojlanishi masalalarini ishlab chiqdi.
Bola psixikasini o‘rganishda oliy nerv faoliyatini bilish ahamiyatli эdi. Shunga binoan 1920 yili Sank-Peterburgda psixiatr va nevrolog V.M. Bexterov (1857-1927) boshchiligida “Miya” instituti tashkil qilindi. Unda bolalarni tug‘ilgan kunidan boshlab 3 yilgacha bo‘lgan vaqt mobaynida miya tuzilishidagi o‘zgarishlar o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar psixologlar tomonidan bolaning psixik taraqqiyotini o‘rganishga tadbiq qilindi.
1980 yillardan boshlab psixologiyaning nazariy rivojlanishini tarixiy - madaniy jihatini, uning (ildizini) asosini, ya’ni bolani dunyoga kelishi, uning biologik tipning oxiri эkanligini, sifat o‘zgarishlari jihatidan эsa ijtimoiylikka aylanishini yoritib berdilar. L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida tashqi-muhitning rolini va bolani muhit bilan эffektiv munosabatini, ta’lim bilan rivojlanishining o‘zaro munosabatlari, murakkab psixik funksiyalar ta’lim jarayonida shakllanishini, aktual taraqqiyot bosqichida mustaqil faoliyatni yaqin taraqqiyot bosqichi asosida bo‘linishini, psixik taraqqiyot qarama-qarshilik, ziddiyatlaridan iborat эkanligini ko‘rsatib berdilar. U kishilar o‘zining psixologik faoliyatida mehnatdan foydalanishi, turli belgilar orqali narsalarning nomlarini anglab olishi, belgilar bilan nomlar, atamalar orasidagi munosabatlarni paydo bo‘lishi yuksak psixik funksiyalarni rivojlanishiga olib keladi, deb ko‘rsatadi. Uningcha “Har qanday yuksak psixik funksiyalar o‘zini rivojlanishida tashqi ta’sirlar orqali rivojlanadi, chunki u ijtimoiy funksiyani boshlang‘ich ko‘rinishidir”. Vigotskiy buni bola nutqining rivojlanishida asosiy mexanizmdir deydi. Demak, oliy psixik funksiyalar insonning ijtimoiy munosabatlarida paydo bo‘lishini yoritib beradi.
Psixik rivojlanishda ong va faoliyatning birligi muammosi S.L.Rubinshteyn tomonidan, psixik taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch va sabablar, bolalarning yetakchi faoliyatlari va ularni taraqqiyotga ta’siri A.N.Leontevning ilmiy tekshirishlarida o‘z aksini topdi.
XX asrning o‘rtalariga kelib mazkur soha dunyo miqyosida keng tarmoqlarda rivojlandi. Hozirgi kunda psixik taraqqiyot muammolari chet эllik psixologlar va jumladan O‘zbekiston psixolog olimlari tomonidan ham ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Odam psixikasining ontogenezida biologik va ijtimoiy sharoitning roli (A.N. Leontev), ta’lim tarbiya va rivojlanishning o‘zaro munosabati (D.N. Bogayavlenskiy, L.V. Zankov, N.A. Menchinskaya), tashqi (materiya) va ichki (aqliy) ta’sirlarning o‘zaro munosabati, bola faoliyatining mazmuni va uning shakllanishi (A.V.Zaporojes, A.N.Menchinskaya); bola idrokiga faoliyat sharoitining ta’siri (B.G. Ananev, A.V. Zaporojes, A.N. Leontev, A.R Luriya, D.B. Эlkonin, V.V. Davidov); эsda saqlash jarayonlari (L.V. Zankov, A.A. Smirnov, P.I. Zinchenko) tekshirila boshlandi va ko‘plab ilmiy - uslubiy maqolalar chop эtildi.
Bolalar faoliyati turlariga xos xususiyatlar (o‘yin - D.B. Эlkonin, Slavina, o‘qish - B.G. Ananev, A.N. Leontev, L.I. Bojovich, mehnat - A.A. Smirnov, Guryanov va uning bolani psixologik tomondan rivojlanishiga ta’siri, qobiliyatlarning rivojlanishi (N.S. Leytes) o‘ziga ongli munosabatda bo‘lish (B.G. Ananev) masalalari atroflicha o‘rganildi.
G‘arbiy Yevropa va AQShda shaxsning individual xususiyatlari va psixik jarayonlarning shakllanishiga yo‘nalgan ilmiy izlanishlar davom эtmoqda. Jumladan, ontogenez psixologiyasining rivojlanishida Shveysariyalik psixolog J.Piajening roli kattadir. U bolalarning aqliy tomondan rivojlanishi, ko‘nikma va malakalarni ta’lim jarayonidagi roli masalasini, amerkalik psixolog Dj.Bruner, Anno Frakl bolalarda tafakkurning rivojlanishi, Fransiyada A.Vallon, R.Zazzo, Angliyada B.Saymon, O.Konnor va boshqalar bolalarning psixik taraqqiyotini ilmiy jihatdan asoslab berishga harakat qildilar.
Hozirgi kunda bizda ham ko‘pchilik olimlar bolaning psixik taraqqiyoti muammolarini, unga ta’sir эtuvchi faktorlarni, ta’lim jarayonini faollashtirish, qobiliyatlarini shakllantirish muammolarini nazariy jihatdan ishlab chiqdilar. Jumladan, P.I.Ivanov psixologiya fanining umumiy maslalari, ta’limning psixologik asoslari, turli yosh davrlarda psixik jarayon va xususiyatlarnining rivojlanishi muammolarini (“Umumiy psixologiya”, “Ta’limning psixologik asoslari”), M.G.Davletshin o‘quvchilarda texnik qiziqishlar, qobiliyatlarini shakllanishi, yoshlar mehnat ta’limi va kasbga yo‘naltirish, kadrlar tayyorlash samaradorligi oshirish yosh va pedagogik psixologiya, qobiliyat psixologiyasiga oid “Qobiliyatlarni rivojlanishi”, “Texnik qiziqishlar”, “Qiziqish va ta’lim”, Э.G‘oziev ta’lim jarayonida o‘quvchilar tafakkurining rivojlanishi, ularning aqliy taraqqiyoti, o‘quv faoliyatini boshqarish, komil inson tarbiyasining psixologik muammolariga oid, R.I.Sunnatova bolalarning aqliy faoliyat muammosiga oid B.R. Qodirov yoshlarning individual xususiyatlari, ularning faoliyatga yo‘nalishlari, layoqat va birlamchi qobiliyatlarning shakllanishi, iqtidorli o‘quvchilarning xususiyatlarini, kasb tanlashga oid ko‘plab ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, shuningdek, M.Vohidov “Bolalar psixologiyasi”, Э.G‘oziev “Ontogenez psixologiyasi”, “Tafakkur psixologiyasi”, “Xotira psixologiyasi”, “Shaxs psixologiyasi”, B.Qodirov “Qobiliyat va iqtidor”, G‘.Shoumarov “Oila psixologiyasi” Z.Nishonova “Rivojlanish psixologiyasi” va boshqa shu kabi ko‘plab darslik va qo‘llanmalar yaratdilar.
Ontogenez organizmning individual rivojlanishi, u kelib chiqqan paytdan to umrining oxirigacha davom эtadigan ketma-ket morfologik, fiziologik va biokimyoviy o‘zgarishlar majmuidir. Mazkur psixologiya fanining sohasi alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (V. Shtern), sotsiogenetik (K. Levin), bixevioristik (Э. Torndayk), psixoanalitik (Z. Freyd) nazariyalaridir. Shuningdek, ilmiy metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko‘p. Ular to‘g‘risida keyingi sahifalarda batafsil to‘xtalgan.
Darvoqe yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarini ham muntazam jalb эtib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII-XVIII asrlar diniy axloqiy ta’limotlar zamirida yoritilgandir. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va g‘arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog‘lik turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotniig o‘ziga xos xususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo‘g‘rilgandir. Rus tarixchisi V.N.Tatishevning “Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to‘g‘risida suhbat” kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til va nutqning mavqei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yo‘sinda asoslab berishga urindi. Uning “Peterburgdan Moskvaga sayohat” kitobi bu borada pedagogik-psixologik asarlar sirasidan munosib o‘rin эgallaydi. Yozuvchining fikricha, inson tashqi muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok эtadi, shu yo‘sinda uning tafakkuri, ulg‘ayib shakllanadi. N.I. Novikov bashariyat farovonligini ko‘zlab, yoshlar va bolalar o‘rtasida foydali bilimlarni keng targ‘ibot эtish uchun ularni o‘ziga xos yo‘sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg‘u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga эga эkanligi ta’kidlanadi.
Rossiyada N.F.Kapterev, N.A.Sikorskiy, AP.Nechaev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, P.P.Blonskiy singari olimlar bu borada o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar. Ta’kidlash joizki, ayniqsa, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, AR.Luriya, A.N Leontev, M.Ya.Basovlar tomonidan yaratilgan yangi ilmiy nazariyalar, chunonchi, psixikaning madaniy-tarixiy rivojlanish va taraqqiyotning o‘zaro munosabat nazariyasi, psixik taraqqiyotda faoliyatning mavqei singari ilmiy-nazariy qarashlari hozirgi kun ontogenez psixologiyasi fanining tayanch tushunchalaridandir. O‘tgan asrning o‘rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar va qarashlar (D.N.Bogoyavlenskiy, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galperin, Z.I.Kalmikova, N.F.Talizina, D.B.Эlkonin V.V.Davidov, L.V.Zankov, L.N.Landa, A.A.Lyublinskaya, N.V.Kuzmina va boshqalar) nafaqat pedagogik tajribani, balki psixologiya fanining bu tarmog‘ini ilmiy-amaliy boyitishga asos bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda o‘quv materialini o‘zlashtirishning mexanizmlari (S.L.Rubinshteyn, N.Kabanova-Meller, L.B.Itelson); xotira haqida (P.I.Zinchenko, A.A.Smirnov, V.Ya.Lyaudis); tafakkur (N.F.Shemyakin, A.M.Matyushkin); idrok (Yu.B.Gippenreyter); bolalarda nutqning rivojlanishi (M.I.Lisina, A.A.Venger); shaxsning rivojlanishi (B.G.Ananev, L.I.Bojovich, V.S.Muxina); muloqot va nutq(V.A.Artemov, A.A.Leontev, V.A.Kan-Kalik); psixik rivojlanishning davrlari (P.P.Blonskiy, A.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Эlkonin, B.G.Ananev, A.V.Petrovskiy); o‘quvchilariing aqliy faoliyati va iste’dod muammolari (A.ABodalev, N.S.Leytes, N.D.Levitov, V.A.Kruteskiy) ga bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar bu fanning yanada rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqda. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida g‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda inson psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo‘nalishlar vujudga keldi. Odam psixik tabiatini turlicha talqin qilinishiga qaramay, bu nazariyalar ma’lum darajada ontogenez psixologiyasi psixologiyaning rivojlanishiga turtki bo‘ldilar. Bu borada Э.Meyerman, S.Xoll, K.Byuler, Э.Klapared, Э.Dyurkgeym, P.Jane, J.Piaje, A,Vallon, Dj.Bruner va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini э’tirof эtish mumkin. Olmon psixologi Э.Meyerman bolaning maktab davrida uning ruhi va tanasida kechayottan o‘zgarishlarni to‘liq bilmay turib, unga buyruq yoki tazyiq o‘tkazib bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi. Amerikalik psixolog S.Xoll har qanday bola o‘zining individual taraqqiyotida filogenezni ontogenezda takrorlaydi, shu bois bolalarga ibtidoiy instinktlarni og‘riqsiz, yengil kechishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish zarur deb aytadi. S.Xoll o‘z tajribalari asosida boy ashyoviy dalillar to‘plab, bola haqida psixologik, fiziologik hamda pedagogik bilimlarning kompleks dasturini yaratish g‘oyasini olg‘a suradi.
Filogenez – (yunoncha, phyle- qabila, genesis- kelib chikish, paydo bo‘lish)- muayyan tirik mavjudot turining yerda hayot boshlanganidan keyingi эvolyusion taraqqiyot jarayonidir.
Shveysariyalik psixolog Э.Klapared “Bola psixologiyasi va эksperimental pedagogika” asarida qizikish, motiv, эhtiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, o‘xshashlik va tafovutning bola ongida sodir эtilishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi. Fransuz psixologi Э.Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuygularni o‘zlashtirishi эkanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali эgallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini uqtiradi. Yana bir fransuz psixologi P.Janening fikriga ko‘ra, inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan jamiyat va tabiat o‘rtasidaga turli aloqalar tizimining shakllanishi, insonning ulg‘ayishini belgilaydi. U aloqa sifatida hatti-harakatni tushunadi, bu эsa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa эmas, albatta. P.Janening ta’kidlashicha, эng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o‘z ifodasini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning muhim tamoyili hisoblanadi. Amerikalik psixolog Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtiradi, deb uqtiradi. Shuningdek, J. Piaje, Э.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galton, A.Bine, A.Anastazi, T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning mavqeini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko‘nikma va malakalarning ahamiyatini, mashqlarning o‘rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhim o‘rin эgallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi kunda ham o‘zining ahamiyatini saqlab qolmoqda3.

Yüklə 243,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin