Ontogenez psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Ontogenez psixologiyasi fanining maqsadi



Yüklə 243,11 Kb.
səhifə2/13
tarix17.09.2023
ölçüsü243,11 Kb.
#144558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ontogenez psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Ontogenez psixologiyasi fanining maqsadi - inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o‘rganishdan iborat. Shuningdek shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik holat, faoliyat va shart-sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Qisqacha qilib aytganda turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganadi.
Ontogenez psixologiyasi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
* Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tahlil эtish.
* Bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tish sabablarini aniqlash.
* Yosh davrlarini tasniflash.
* Har bir davrning psixologik portretini yaratish.
* Rivojlanishning yetakchi omillarini o‘rganish.
Ushbu vazifalar bilan bog‘liq holda ontogenez psixologiyasining quyidagi funksiyalarini ajratish mumkin:
Tavsifiy funksiya-inson taraqqiyotining o‘ziga xos yosh davrlaridagi xususiyatlarini tashqi ko‘rinishlari va ichki kechinmalari nuqtai nazaridan ta’riflaydi.
Tushuntirish funksiyasi-inson xulq-atvoridagi o‘zgarishlarning sabablari, omillari va shart-sharoitlarini, shuningdek, ularning turli yosh davrlaridagi tajribalarini tushuntiradi va tushuntirishga yordam beradi.
Predikativ funksiya-har bir yosh bosqichida insonning xulq-atvori va tajribalaridagi muayyan o‘zgarishlarni bashorat qiladi.
Korreksion funksiya-inson rivojlanishini boshqarish uchun optimal sharoit yaratadi.
Ontogenez psixologiyasi ana shu vazifalarni hal эtish bilan amaliy maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi: ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik muhit yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Modomiki shunday эkan, kamolotning turli davrlarini insonning yosh va jinsiy xususiyatlarini hisobga olmay turib, yuqoridagi vazifalarni hal qilib bo‘lmaydi.
Ontogenez psixologiyasi psixika va xulq-atvorda bir yosh davridan ikkinchisiga o‘tishda yuzaga keladigan miqdoriy hamda sifatiy o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar hayotning muayyan bosqichlarini, perinatal davrdan to bir qancha yillarni (keksalik davrigacha) qamrab oladi. Ushbu o‘zgarishlar “doimiy ta’sir эtib turuvchi” omillar - biologik yetilish hamda inson organizmining psixofiziologik holati, uning insonga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni, intellektual hamda shaxs rivojlanishida ularning эrishgan darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Rivojlanish belgilaridan biri bo‘lgan yana bir turdagi o‘zgarishlar aniq bir ijtimoiy vaziyatning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, ularni situatsion (ya’ni vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan) o‘zgarishlar deb atash mumkin. Bunday o‘zgarishlar inson xulq- atvori va psixikasida tashkil эtilgan yoki maxsus tashkil эtilmagan ta’lim-tarbiya ta’sirida vujudga keladi2. Z.Nishonova)
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, ontogenez psixologiyasi har bir rivojlanish bosqichining (ulg‘ayish) psixologik mazmunini va ularning dinamikasini ochib beradi. Bundan tashqari, har qanday o‘zgarishlar dinamikasi va inson psixikasining rivojlanishiga ta’sir эtuvchi omillarni hisobga olgan holda ko‘rib chiqadi.

Yüklə 243,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin